211-guruh Ahrorqulova Malika Ta'limning umumiy usullari Reja
Download 1.05 Mb.
|
Ta\'limning umumiy usullari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‘limhning ko’rgazmali usullari.
O’quv ma‘ruzasi. Ushbu usuldan yangi bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun foydalaniladi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza odatda, ularni to’la qamrab oladi. Ma‘ruza asosan, umumiy o’rta ta‘lim maktablarining yuqori sinflarida, o’rta maxsus kasb-xunar kollejlari va akademik litsey hamda oliy o’quv yurtlarida o’qiladi.
Ta‘limhning ko’rgazmali usullari. O’qitish jarayonida ko’rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o’qituvchining o’rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o’quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, shuningdek, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgata bilishi bilan izohlanadi. O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish - o’qituvchi faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo rag’batlantirish kishining faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. Shu bilan birga yana bunday ichki undash faqat tashqi rag’batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o’quvchilarning o’z-o’zining ta‘sirida ham, uning oldingi tajribasi, ehtiyojlari va hokazolar ta‘sirida yuzaga keladi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling