211-guruh Ahrorqulova Malika Ta'limning umumiy usullari Reja


Download 1.05 Mb.
bet4/4
Sana31.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1735682
1   2   3   4
Bog'liq
Ta\'limning umumiy usullari (2)

O’quv ma‘ruzasi. Ushbu usuldan yangi bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun foydalaniladi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza odatda, ularni to’la qamrab oladi. Ma‘ruza asosan, umumiy o’rta ta‘lim maktablarining yuqori sinflarida, o’rta maxsus kasb-xunar kollejlari va akademik litsey hamda oliy o’quv yurtlarida o’qiladi.
    • Suhbat. Suhbat ta‘limning keng tarqalgan usuli bo’lib, darsning istalgan bosqichida qo’llanishi mumkin. Ko’pincha, bu usul savol-javob usuli deb ham yuritiladi. Suhbatning to’rt xil turi mavjud bo’lib, ular: yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o’tilgan materiallarni takrorlashda qo’llanadigan suhbatlardir. O’qitish jarayonida o’rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo’llaniladi. Suhbat mustahkamlovchi metod sifatida bilimlarni tekshirish va baholashda ham o’tkaziladi.

Ta‘limhning ko’rgazmali usullari. O’qitish jarayonida ko’rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o’qituvchining o’rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o’quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, shuningdek, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgata bilishi bilan izohlanadi.

O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish - o’qituvchi faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo rag’batlantirish kishining faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. Shu bilan birga yana bunday ichki undash faqat tashqi rag’batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o’quvchilarning o’z-o’zining ta‘sirida ham, uning oldingi tajribasi, ehtiyojlari va hokazolar ta‘sirida yuzaga keladi.

  • O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish - o’qituvchi faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo rag’batlantirish kishining faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. Shu bilan birga yana bunday ichki undash faqat tashqi rag’batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o’quvchilarning o’z-o’zining ta‘sirida ham, uning oldingi tajribasi, ehtiyojlari va hokazolar ta‘sirida yuzaga keladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling