211-Milliy tarbiya musiqa va ashulalar qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega?


-Sog’lom bo’lish omillari qaysilar


Download 23.23 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi23.23 Kb.
#1186261
1   2   3   4
Bog'liq
211-220

214-Sog’lom bo’lish omillari qaysilar:
Me'yoriy uyqu: Uyquning me'yorida bo'lmasligi immunitet tizimini sezilarli darajada susaytiradi, umumiy holatga, soch, teriga salbiy ta'sir o'tkazadi.
Stress nazorati: Stress gormoni kortizol – kuchli immunitet tizimining asosiy dushmanlaridan biridir. Tana stressli vaziyatlarni bartaraf etish uchun juda ko'p energiya sarflaydi, shuning uchun sezilarli darajada zaiflashadi va viruslarga qarshi kurashishga kuch topa olmaydi. 
Harakat bu – hayot: Kuchli immunitet va faol turmush tarzi o'rtasidagi bog'likni tasdiqlagan tadqiqotlar sonini hisoblash qiyin, ammo natijasi hamma uchun bir xil.
215-Nima uchun ilm-fan ahlini e’zozlaymiz?
О‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О‘zbekiston olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib, о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qо‘shmoqdalar.
IX-X asrlarda О‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga о‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
216-Diniy-axloqiy ta’limotning asasiy manbai?
Komil insonni tarbiyalash milliy mafkuraning asosiy g‘oyasi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani ijtimoiy hayotga tatbiq etish davlat tashkilotlari, muassasalari va jamoat birlashmalarining doimiy diqqat markazida turadi. Zero, yosh avlod nafaqat bizning kelajagimiz, balki hozirgi dolzarb muammolarni hal etishda ilg‘or g‘oyalar bilan ishtirok etuvchidir. Ma’lumki, ma’naviy yetuk, bilimli, mustaqil fikrga ega va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash ilg‘or maorif tizimi va malakali mutaxassis kadrlar tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy hayotning turli sohalarida, shu jumladan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda katta yutuqlarga erishildi.



Download 23.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling