2. Hissiy barqarorlik-beqarorlik. - Ballar yig‘indisi: 2, 12, 22, 32, 42, 52, 62, 72, 82, 92
- 1-3 ball (3.5 ball). Bunday kishilarning asablari charchagan, injiq, charchagan, tez hayajonlanadi, o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradi., kuydi-pishdi, qiziqishlari o‘zgaruvchan va beqaror. Holatlarni boshdan kechirishda chidamsiz bo‘lib, bu uning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada “Men”ini zaifligini namoyon qiladi. Siz uchun maktabda ishlash qiyin, lekin kim bilan ishlayotganingizni o‘ylab ko‘ring.
- 5-6 ball (4, 4,5. 6, 7 ball) Umuman olganda siz o‘z hislaringizni va kayfiyatingizni boshqara olasiz. Agar sizni “ Men” ingizin “kuchli yoki zaifligi” haqida fikr bildirish kerak bo‘lsa, u holda sizning “Men” ingizni kuchi yuqoriroq bo‘lib, “Men” konsepsiyasini ijobiy bo‘lshiga olib keladi. Siz pedagogik faoliyatda ma’lum darajada muvaffaqiyat bilan ishlashingiz mumkin. Agarda sizda, hissiy barqarorlik yanada yuqori darajada bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
- 8-10 ball (7,5 ball). Bu saranjomlik, kuchli iroda, xotirjamlik. Bunday shaxslar asabiylashishdan ozodlar, qiziqishlari barqaror, hayotga real qaraydilar, qat’iylar. Sizdagi o‘z holatingizni tartibga keltira olish qobiliyatingiz, ba’zi salbiy psixologik xususiyatlaringizga qaramay, faoliyatingizni muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi.
3.Hukmronlikka intilish-tobe’lik. - Ballar yig‘indisi: 3, 13, 23, 33, 43, 53, 63, 73, 83, 93.
- 1-3 ball (3,5ball). Siz odatda atrofingizdagi odamlarning xohish va istaqlariga yon berasiz; itoatkor va moslashuvchansiz (bu odamning tendensiyasi o‘zgalar ta’sirida hulqini o‘zgartirish). Ko‘proq siz tobe’siz, ochiq ko‘ngilsiz, sizga qo‘yilayotgan va bajarilishi zarur bo‘lgan va talablarning to‘g‘ri bajarilayotganini havotirlanib, zo‘r etibor berib tekshirib borasiz. O‘zini nuqtai nazarini himoya qila bilmaslik, o‘ziga va o‘zini imkoniyatiga yetarli ishonmaslik ko‘proq ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
- 5-6 ball (4,5 ball). Sizni atrofingizdagi odamlar ta’siriga to‘la beriladi deb aytib bo‘lmaydi. Ko‘proq sizni tutgan yo‘lingiz “Men konsepsiyasi” ni ijobiy namoyon bo‘lishini talab qiladigan kasbingiz ta’siri bilan. Shu bilan bir vaqtda atrofdagilar talabini ham hisobga olasiz. Mustaqilligingizni belgilovchi huquqingizni himoya qilishda siz agressiv emassiz, shu bilan birga sizda juda yuqori turuvchi shaxslar oldida quldek bo‘lishni ham xohlamaydi.
- 8-10 ball. Siz da’vogar odamsiz, o‘zingizga ishonasiz, fikrlashingiz mustaqil, qattiqqo‘lsiz, o‘z qonunlaringizni o‘rnatasiz, har doim o‘z holingizcha ish tutasiz. Deyarli har doim ustunlikni yaxshi ko‘rasiz. Obro‘lisiz, lekin odatda rahbarlarga bo‘ysunmaysiz. Humronlikka intlish yuqori darajada bo‘lgan shaxslar odatda, dadil, faol va g‘ayratli bo‘ladilar. Boshqa shaxslarga qaraganda bunday shaxslar janjalkash bo‘lib, agressiv holatlarni ko‘proq boshdan kechiradilarki, bu o‘z navbatida ularning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday shaxs o‘z obro‘sini doim saqlab qolsada, bu holat oxir oqibatda undagi “Men-konsepsiyasi”ning pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |