- (Yuqori darajadagi vijdoniylik-vijdonsizlik, ongsizlik). Ballar yig‘indisi: 4, 14, 24, 34, 44, 54, 64, 74, 84, 94.
- 1-3 ball (3,5 ball) –Vaqtdan foydalanib vaziyatdan foyda izlaysiz. Qoidalardan o‘zingizni olib qochasiz. Jamoat topshiriqlarini bajarish uchun kup kuch sarflamaysiz, tez-tez o‘zingizni jamoaga qarshi qo‘yasiz va ko‘pincha undagi janjallarning boshlovchisi bo‘lib qolasiz. Umuman olganda, sizga o‘zingiz haqingizda yuqori fikrlar halal bermaydi, aksincha, Ehtimol, siz o‘zingizni “Men” ingizni faol himoya qilsangiz kerak. Onglilikni ko‘rsatish ustida ishlash kerak.
- 5-6 ball (4; 4,5;6,5;7). Afsuski, siz hayotga va ishga yengil qarash, javobgarlikni his qilmaslik, tejamsizlik kabi hislatlardan to‘la ozod emassiz. Ammo, bunday holat “Men-konsepsiyasi” ni salbiy ekanligini ko‘rsatmaydi, balki o‘z hulqini boshqara olish va qa’tiylikni yetarli emasligining oqibati bo‘lib hisoblanadi. Har qalay, siz umuminsoniy qadr-qimmatlarni tan olishga va ahloq qoidalariga rioya qilishga intiluvchi shaxs sifatida mavqega egasiz.
6. Ishonuvchanlik – shubhalanish. - Ballar yig‘indisi: 6, 16, 26, 36, 46, 56, 66, 76, 86, 96.
- 1–3 ball (3,5 ball) – Siz ishonuvchansiz, bu xususiyatingizdan atrofdagilar foydalanishadi. Rashk yoki ko‘ra olmaslikdan butunlay ozodsiz. Quvnoqsiz, raqobatga intilmaysiz, boshqalar haqida qayg‘urasiz, guruhlarda yaxshi ishlaysiz.
- Sizning bu xususiyatingiz hamkasblaringizga ma’qul keladi. O‘ylab ko‘ring va o‘zingiz xulosa qiling.
- 5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball) – Siz aqlingizga asoslanib ishonasiz, bu faoliyatingizni samarali bo‘lishiga olib keladi.
- 8–10 ball (7,5 ball) – Siz shubhalanuvchansiz, deyarli har doim alohida fikringiz bo‘ladi, sizni aldab bo‘lmaydi, siz ishonuvchan emassiz, ikkilanasiz, harakatlaringizda ehtiyotkorsiz, ko‘proq ichki kechinmalarga berilasiz. O‘zini “Men”ini va “Men–konsepsiyasi”ni bunday agressiv shaqlda himoya qiladigan shaxs “Meni muvaffaqiyatlarimga yetarli e’tibor berishmaydi va yetarli baholashmaydi”, deb hisoblaydi. Shuni bilingki, qanchalik kasbiy qobiliyatlaringiz shaqllangan bo‘lsa, shunchalik shubhalanish kam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |