216- guruh talabasi Yusupboyeva Mohinur
Download 11.58 Kb.
|
Yusupboyeva d oraliq
216- guruh talabasi Yusupboyeva Mohinur 4-variant O’zbek shevalarini tasnif qiling. O’zbek shevalarini tasnif qilishda qatnashgan olimlar. Dialektik belgilar qaysilar. 1. O’zbek shevalari haqida ilk bor Mahmud Qoshg’ariy o’zining “ Devoni lug’atit turk” asarida ma’lumotlar keltirgan ekan. U bir biriga qo’shni bo’lgan turkiy urug’ qabilalrning tillarini solishtirib o’rgangan. Davrlar mobaynida olimlarning o’zbek shevalarini o’rganishi natijasida turli xil tasniflanishlar kelib chiqqan. Bugungi o’zbek shevalarini professor Reshetov tasnifiga ko’ra uchta lahjaga bo’lib o’rganamiz. U o’zbek shevalarining tarixiy lingvistik xususiyatlarini, qo’shni qozoq, qoraqalpoq, tojik, Turkman tillarimunosabatini hisobga olib bunday tasniflagan. Professor Reshetov tasnifiga ko’ra o’zbek shevalari uch lahjaga bo’linadi: Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasi; Qipchoq lahjasi; O’g’uz lahjasi. Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga shahar shevalari va shahar tipidagi qishloq shevalari kiradi. Bu sheva o’z ichida uch guruhga bo’linadi: 1) Farg’ona guruhi, 2) Toshkent guruhi, 3) Qarshi guruhi. Farg’ona guruhiga Namangan, Andijon –Shaxrixon , O’sh-O’zgan, Marg’ilon- Qo’qon dialektlari kiradi. Toshkent guruhiga Toshkent, Jizzax dialektlari kiradi. Qarshi guruhiga Qarshi, Samarqand, Buxoro dialektlari kiradi. Qipchoq lahjasini professor Polivanov chuqur tahlil qilagn. Unga ko’ra bu lahjaga o’rta va shimoliy Xorazm shevalari , Oahngaron , Qurama shevalari, shimoliy o’zbek , laqay shevalari,Afg’onistondagi o’zbek shevalari kiradi. O’g’uz lahjasiga Xiva , Xonqa , Shovot , Hazorasp, G’ozot, Sho’rag’on , Urganch shevalari kiradi. 2. O’zbek shevalarini o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Shu kungacha o’zbek shevalarini V. Radlov , S. Lapin , G’ozi Olim Yunusov, D. Polivanov , Ulug’ Tursunuv, A, Borovkov, Shonazar Shoabdurahmonov, V. Reshetov, F. Abdullayev kabi bir qator olimlar o’rganib , tasnif qilgan va asrlar yaratgan. Professor r I.I.Zarubin o`zbek shevalarini to`rt guruhga bo`ldi: Xiva, Farg`ona, Toshkent va Samarqand-Buxoro shevalari.professor K.K.Yudaxin o`zbek shevalarini besh guruhga bo`ldi: Toshkent, Far-g`ona, Qipchoq , Xiva va shimoliy o`zbek shevalari. Professor G`ozi Olim Yunusov o`zbek xalq shevalarini uchta katta guruhga bo`lib tasnif etadi:1. O`zbek-qipchoq lahjasi.2. Turk-barlos lahjasi. 3. Xiva-Urganch lahjasi. Professor A.K.Borovkov o`zbek shevalarini tasnif qilishga katta hissa qo`shdi. U o`zbek dialekt va shevalarini, ulardagi eng muhim fonetik xususiyat: o–lashish va a–lashishga ko`ra ikki katta gruhga ajratdi: 1) o–lovchi shevalar 2) a–lovchi shevalar. O–lovchi guruh shevalarga shahar shevalari Toshkent,Samarqand,Buxoro,Kattaqo`rg`on,Andijon,Qo`qon,Marg`ilon,Farg`ona,Qarshi,Jizzax shahar shevalari) va ular atrofidagi tuman shevalarini kiritdi. A–lovchi guruh shevalari esa singarmonizmni saqlagan shevalarni kiritdi. 3. Shaharlarimizda uchraydigan so‘zlarning talafuzda ifodalash uchun alifbodagi harflar, tovushlar kamlik qoladi. Shuning uchun ham shevalardagi ayrim tovushlarni ifodalash uchun dialektik belgilar olingan . Unli tovushlarni ifodalash uchun quyidagi transkripsion belgilar olingan: α – umumturkiy orqa qator, lablanmagan [a] unlisi. Qipchoq guruhidagi ohangdosh shevalarning hammasida uchraydi: ata, vaqt, ham’t.ә – old qator, lablanmagan keng unli.U o`zbek xalq shevalarining deyarli hammasida uchraydi: әkә , kכttә (Qo`qon) , kә , kכttә (Toshkent). – orqa qator, lablanmagan ochiq unli tovush. U ko`pincha shahar va shahar atrofidagi shevalarda uchraydi: dכn, nכn, כtә, bכlә, mכsh’n. ye – til old qator,lablanmagan tor unli bo`lib, shahar va shahar tipli shevalarda uchraydi: kel, bedә , terәk , yend’ , yechk’ , teskәr’ , kerәk. e – til old qator, lablanmagan, ochiq [e]unlisi. Bu fonema ohangdoshlik xususiyatiga ega bo`lgan shevalarda qo`llaniladi: eshik, echki, elәk , mergәn. є – old qator unli , lablanmagan [e] unlisining ochiq varianti.Bu esa [e] va [ә] o`rtasidagi bir tovush bo`lib, Xorazmda gєl, gєt , gєrәk , Namanganda nєmәs’ , bєlig` tarzida aytiladi. i – til oldi unli. U odatdagi turkiy so`zlarda uchraydigan lablanmagan tovushdir.Ohangdosh shevalarda mustaqil fonema hisoblanadi. Tish , kiyim, ilgari, bittә , kitәp . ‘ – lablanmagan unli. U turg`un tovush [i] va [ы ] tovushlarining birlashishi natijasida kelib chikqqan. ‘ fonemasi shahar va ularga yaqin shevalarda qo`llaniladi. K’sh’, ‘kk’, b’z, k’m, k’r, k’r’m, ch’v’n. – lablanmagan unli. U turg`un tovush bo`lib, i unlisiga yaqin talaffuz etiladi va chuqur til orqa tovushlaridan bo`lgan q, g`, x tovushlari bilan yonma-yon keladi. – unlisi shahar va shahar atrofi shevalarida uchraydi. Qrq, qsh, qzq, mx, g`sh. u – orqa qator, lablangan unli.Turkiy tillarda mustaqil fonema sanaladi.Bu unli o`zbek xalq shevalarining hammasida ishlatiladi. tumshuq, ulug`, quyruq, murun. Y – til oldi qator, lablangan unli. U ohangdoshlik qonuni saqlangan o`zbek xalq shevalarida uchraydi.KYl, gYl, YchYn, Ych, pYl. o – til orqa qator,lablangan unli fonema. Barcha shevalarda mustaqil holatda qo`llaniladi. oraq, qolыnы , qoyыp, bir ming yuz on somga qoy כldы.ө – til old qator, lablangan unli. Bu ham ohangdosh o`zbek shevalarida ishlatiladi. Kөl, bөlә, bөlim, kөr, kөz, gөr, kөm’r. o` – lablangan tovush. Bu unli [o] bilan [ө] oralig`ida tovush bo`lib, shahar va shahar atrofidagi shevalarda uchraydi. Shunday qilib, unlilarni ifodalash uchun yuqorida qayd etilgan singari 14 ta belgi ishlatiladi . Undosh tovushlarni ifodalash uchun dialektik belgilar quyidagi dialektik belgilar olingan: .v – lab-lab ; [v] lab-tish undoshi uchrab qolsa, uni alohida izohlash kerak. Vכh,כvqat. y - ruscha [y] tovushiga nisbatan torroq talaffuz qilinadigan tovush: yәvכn, әyә, pәyshכm’. g` - chuqur til orqa, sirg`aluvchi tovush: qulכg`, כg`ayn’, g`әm. g - sayoz til orqa, portlovchi tovush. gөz, gul. j - sirg`aluvchi undosh: ajdar, jurnal җ yoki dj - qorishiq undosh: җol yoki djol. q - chuqur til orqa , portlovchi tovush: qoy, qaychы. k - sayoz til orqa, portlovchi tovush: kәr’m, kөch. l - til orqa: altыn, lכlә. l- til oldi, yumshoq: kYl, kel. ң - til orqa, burun tovushi: ishiң , mәңә qara. f - lab-lab va lab-tish: tuf,puf. ch - qorishiq tovush: chәy, ‘chәk. x - chuqur til orqa, sirg`aluvchi tovush: xamыr, Xכlmat. h - bo`g`iz tovushi: hamma , әvhә . Tovush belgilaridan tashqari diakritik belgilar va boshqa shartli belgilar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi mazmunda ishlatiladi: . ( nuqta) , : ( ikki nuqta) va ... ( ko`p nuqta) belgidan keyinqo`yilib , unlilarning cho`ziqligini ifodalaydi. - lenis , g` ning yoniga qo`yilib ( g`’ ) talaffuzda portlashni ifodalaydi. ‘ – asper, g ning yoniga qo`yilib (g‘ ) , spirantizatsiyani, ya’ni shu tovushning sirg`aluvchi ekanligini ifodalaydi. / - akut, belgining o`ng tomoniga qo`yilib, ( l/ ), palatalazatsiya ( yumshalishini) ko`rsatadi. > belgisi – o`tish hodisasini ko`rsatadi. < belgisi – o`zgarish hodisasini ko`rsatadi. ║ belgisi – tovushlarning almashinishi va ikki faktning parallel qo`llanishini ko`rsatadi. ( ) qavs – shart bo`lmagan , tushib qoladigan elementni ko`rsatadi. [ ] o`rta qavs – umumiy matndan transkripsiya qilingan so`zlarni ajratib ko`rsatish uchun ishlatiladi. Download 11.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling