21Фонд индекси нима ва нима учун керак?
Download 30.75 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Rivojlanayotgan va o„tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga hos moliya
bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari. Bunday modellarda asosan ko`pukladli iqtisodiyotga hos muammolar mavjud bo`ladi. Iqtisod-chilar bu muammolarni paydo bo`lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar natijalari va ularga ta‘sir etuvchi ko`pgina omillar bilan bog`laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi – aksiyadorlik kapitalida mulkchilik tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda aksiyalarning katta paketi asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior shaxslari va administratsiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning korporativ boshqaruv mexanizmi, investitsion va emission siyosatlari samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko`proq moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo`ladi, aksiyalar bozori sust rivojlanadi. Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlining ko`pchiligida moliya bozori kontinental modelga moslashgan bo`lib, ularda asosan banklar katta rol o`ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash mavjud. Moliya bozorining aralash modelini 55-dan ortiq mamlakatda kuzatish mumkin: Isroil, Iordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Oman, Tayvan, Namibiya, Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, PolSha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman Orollari, Urugvay, Chili, Ozerbayjon, Armaniston, Belarussiya, Ukraina, Kazog`iston, O`zbekiston kabilar. Xorijiy banklarning sho`ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Xindiston, Pokiston, Tailand, Filippin, JAR, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru. Xorijiy banklarning sho`ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Baxreyn, Malayziya, Mongoliya, shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari, Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka. Молия бозорининг ислом модели мазмуни нимадан иборат? Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli. Bu traditsiya islom moliyasi shaklida namoyon bo`ladi. Unda moliya bozori qatnashchilari tomonidan Islom dini ko`rsatmalariga va ―harom‖ tushunchasiga rioya qilinadi. Islomiy moliya institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulyativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Pul resurslarini jalb qilish uchun depozitlar o`rniga aksiyalar, investitsiya fondlari, foiz to`lovlari oldindan belgilanmagan jamg`arma va investitsiya schyotlari (banklar bilan sheriklik asosida), foizli obligatsiyalar o`rniga diskonli obligatsiyalar qo`llaniladi (diskontani ustama haq sifatida belgilab). Natijada Pokiston, Baxreyn, Kuvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya moliya bozorlarida obligatsiyalar (foizlisi ―ribo‖, ya‘ni ―harom‖ hisoblanadi) va derivativlar (qimorga o`xshaganligi uchun) segmentlari mavjud emas. Pokistonda ustamali (muhrob) davlat obligatsiyalari maxsus investitsiya fondlari ulushlariga konvertatsiyalantiriladi va ushbu fondlar orqali loyihaviy moliyalashtirishga asoslanib hukumat moliyalashtiriladi. Xalqaro statistikada qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qog`ozlar bo`yicha islom mamlakatlari keltirilmaydi. Ko`pincha bozor instrumenti bo`lmagan ―ulushli ishtirok qog`ozlari‖ ( Download 30.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling