21Фонд индекси нима ва нима учун керак?


Download 30.75 Kb.
bet3/4
Sana28.02.2023
Hajmi30.75 Kb.
#1236468
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

participation paper), ―Sheriklik qog`ozlari‖ (partnership paper) chiqarilib, ular
bo`yicha investorlar mablag`larini konkret loyihalarga (uy-joy, yo`llar, kasalxonalar
va shu kabilarga asoslangan) markaziy va mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda
―Birgalikda moliyalashtirish‖ (―Birgalikda ishtirok etish‖) asosida yo`naltiradilar.esa Islom dini tomonidan ma‘qullanadi va moliyalashtirishning ―Islom‖ shakli
deyiladi.
Moliya bozorini islomiylashtirish uni soddalashuviga, banklarning rolini
oshishiga, yirik oilaviy investorlarni ko`payishiga, depressiv holatga tushishiga, ko`p
sonli chakana va yirik xorijiy investorlarning, derivativlar va foizli obligatsiyalar
segmentlarini yo`qligiga olib keldi.

  1. Ўзбекистон молия бозорининг қандай муаммоларини биласиз?

Hozirda O`zbekiston moliya bozorining infratuzilmasi ma‘lum darajada
shakllanganligi va unda turli moliyaviy instrumentlar mavjudligi, iqtisodiyotda
muhim, lekin muammoli ahamiyatga ega ekanligi bilan ajratib turadi. Uning
55
muammosi shundan iboratki, hozircha O`zbekiston uchun yuqorida keltirilgan
muammolarni hal qilishda faolligi kam sezilmoqda. Bunga sabab, uning rivojlanishi
hozircha 3.1 paragrafda keltirilgan indikatorlar mezonining ijobiy miqdoriy
ko`rsatkichlariga to`liq erishmaganida. Chunki moliya bozori qatnashchilarining
faolligi sust, muomaladagi moliyaviy instrumentlarining turi kam, riskliligi va
volatillik darajasi baland, kapitalizatsiyasi va likvidliligi past, hajmi kam, oboroti
sekin, tartiblashtirish mexanizmi takomil emas va h.k. Bular-ning barchasi
vaqtinchalik holat bo`lib, kelajakda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya
bozorlari singari raqobatbardoshlik darajasiga erishishi muqarrar.
Hozirda (2007-yilning boshi holatiga ko`ra) moliya bozorining operatsion
tuzilmasida uch yuzdan ziyod investitsiya institutlari, beshta birja (Respublika
Valyuta Birjasi, ―Toshkent‖ Respublika Fond Birjasi, Respublika tovar-hom ashyo
Birjasi, Respublika ko`chmas mulk Birjasi, Agrosanoat Birjasi), ikkita birjadan
tashqari elektron savdo tizimi (Banklararo savdo tizimi, ―Elsis-savdo‖ elektron savdo
tizimi), ikki mingdan ortiq aksiyadorlik jamiyati, 28 tijorat banki (ulardan 12-tasi
aralash mulkchilik shakligaga asoslangan banklar, 10-tasi xususiy bank, 5-tasi xorijiy
kapital ishtirokidagi bank, 3-tasi davlat banki), 25-dan ziyod kredit ittifoqlari, 25-dan
ziyod sug`urta tashkilotlari, budjetdan tashqari fondlar (bandlik, pensiya, yo`l,
fermerlar fondari va h.k.), 1,1 milliondan ziyod aksiyador bo`lgan ichki va xorijiy
investorlar (ulardan 1,0 jismoniy shaxslar), budjetdan tashqari fondlar, banklar, kredit
ittifoqlari va sug`urta tashkilotlarining ko`p millionli mijozlari faoliyat ko`rsatmoqda.
Bunda aksiyadorlik jamiyatlarining jami ustav fondi tahminan 3,0 trln. so`mni tashkil
etib, unga mos ravishda taxminan 3,0 mlrd. donaga yaqin aksiyalar chiqarilgan.



  1. Ўзбекистон молия бозори қайси моделга мансуб?



O`zbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qo`shma) modelga
mansub bo`lib, o`zida anglo-sakson, kontinental va Yapon modellari elementlarini
ma‘lum darajada mujassamlashtirgan (6-savolga qaralsin). Uning hususiyati
shundaki, unda hozircha na banklarning, na moliya institutlarining (investitsiya
institutlari, sug`urta tashkilotlari, fondlar), na institutsional investorlarning, na mayda
chakana investorlarning alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul,
valyutalar, korporativ va davlat qimmatli qog`ozlari, sug`urta instrumentlari, kredit
va banklarning boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo`lib, ular hozirda bir-biri
bilan to`liq bog`liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida
tartiblashtiriladi (muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi). Bunday organlarga
Makaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish Qo`mitasi huzuridagi
qimmatli qog`ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi
kiradi. Moliya bozorida antimonopol siyosatni ko`rsatib o`tilgan organlar bilan
birgalikda monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish va tadbirkorlikni
qo`llab-quvvatlash Davlat Qo`mitasi amalga oshiradi

  1. Молиявий инструмент ва унинг базиси экввалентлилиги нима?

Moliya bozori instrumentlari mazmun-mohiyati ularning bozori bilan
hamohang birlikda ko`rib chiqilishi lozim bo`lgan instrumentariy (terminologiya) va
metodologiya bilan aniqlanadi. Bunda ularning turlari, hossa va hususiyatlari,
chiqarilishi va muomalasi jarayonlaridagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar,
bajaradigan funksiyalari ifodalanadiMoliyaviy instrumentlarning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun uning
instrumentariysini tashkil etuvchi jahon moliya bozori nazariyasi va amaliyotidagi
mavjud zamonaviy konseptual tushunchalarga tayanish lozim.

Download 30.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling