22 amaliy mashg’ulot


Download 1.78 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1534990
  1   2   3   4
Bog'liq
22. АМАЛИЙ. TVM va AT. Aksonometrik proyeksiyalar. Aylananing izometrik proyeksiyalari.

22 - AMALIY MASHG’ULOT


Aksonometrik proyeksiyalar chizish usullari. Aylananing izometrik proyeksiyalari.


Zarur jixoz va uskunalar: A4 va A3 format qog’oz, chizgich, o’chirgich, xar xil o’lchamdagi va rangdagi (yumshoq, qattiq) qalamlar, sirkul, transportir, lekalo, uchburchakliklar, trafaret.

A3 (297х420 mm) yoki A4(210х297 mm) fоrmatli chizma qоg`оz, T, TM va M qalamlar, o`chirg’ich, 45 hamda 30 va 60 ikkita uchburchaklik, chizma taхtasi yoki chizma stоli, rеysshina, lеkalоlar va transpоrtir.


Buyumning aksonometrik tasvirini chizish shundan iboratki bunda buyumni tashkil qilgan geometrik shakillarni tasvirini ketma-ket chiziladi va sirtlarni o’zaro kesish chizig’ini aniqlanadi. Ma’lumki buyumni aksonometrik tasviri uning chizmasi asosida bajariladi. Buyumning aksonometrik tasviri va uning chizmasini mashtabi har xil bo’lishi mumkin. Aksonometrik tasvir bo’yicha buyumni chizmasini (tasvirlarini) hosil qilish mumkin. Buyumning aksonometrik tasvirini yoniga, aksonometrik o’qni joylashish sxemasi chiziladi, o’qlar orasidagi burchak ko’rsatiladi va o’qlar bo’yicha qisqarish koeffistientalri yoziladi. Bu aksonometrik tasvir bo’yicha buyumning tasvirini chizishga imkoniyat beradi, buyumning o’lchamlarini aksonometrik o’qlaridan o’lchab aniqlash mumkin. Ayrim hollarda “o’qitish maqsadida” buyumning aksonometrik tasvirida uning o’lchamlari qo’yiladi. O’DSt :2.317-97 bo’yicha aksonometrik tasvirga o’lcham qo’yilganda chiqarish chiziqlarini aksonometrik o’qlarga (tegishlicha) parallel o’lcham chizig’ini o’lchanayotgan kesmaga parallel o’tkaziladi. (22.1-chizma). Chizmachilik amaliyotida buyumning soddalashgan aksonometrik tasvirini chizishni bir qancha usullari ishlab chqilgan. Buning shaklidan kelib chiqan holda har bir konkret holda, maqsadga muvofiq (oqilona) usul tanalanadi. Bunda buyumning alohida elementlarini ko’rinar - ko’rinmasligini hisobga olinishi kerak. Bu usulni ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Birinchi usul. Bu yuqorida bayon qilingan geometrik jismlarni tasvirini chizishga to’g’ri keladi. Bunda avval buyumning ko’rinadigan yon yog’ini tasvirini chiziladi, so’ngra unga buyumning boshqa elementlarini aksonometrik tasvirini qo’shib chiziladi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling