22 amaliy mashg’ulot
Download 1.78 Mb.
|
22. АМАЛИЙ. TVM va AT. Aksonometrik proyeksiyalar. Aylananing izometrik proyeksiyalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi usul.
- 22.3-chizma Uchinchi usul.
22.1-chizma
Natijada buyumning to’g’ri burchakli izometrik tasviri hosil bo’ladi. Bu usulni 22.2-chizma, a da keltirilgan buyum asosida ko’rib chiqamiz. Buyumning shaklini uning chizmasiga qarab tasavvur qilamiz. 22.2-chizma Simmetriya tekisligini hisobga olgan holda koordinata o’qlarini tasvirini belgilaymiz. Aksonometrik tasvir ko’rinishini tanlanadi, bizning misolda to’g’ri burchakli izometriya tanlangan. Bu buyumning eng yaxshi yaqqolligini ta’minlaydi. Chizma formatida gabaritini yaxshi ko’rinishini, to’g’ri kompozistiyali joylashishi kerakligini hisobga olgan holda aksonometriya o’qlari chiziladi. (22.2-chizma, b). Bosh ko’rinish bo’yicha oldingi yoqini aksonometrik tasviri chiziladi. Oldin yoqning uchlaridan “Y”o’qiga parallel to’g’ri chiziqlar chiziladi va unga buyumning qalinligini ustidan ko’rinishidan o’lchab qo’yiladi. (22.2-chizma, v). Belgilangan nuqtalarni birlashtirib buyumning yon yog’i va ustki sirtini tashqi ko’rinishini aniqlaymiz. Buyumning ustki qismini o’yuqlarini chizamiz. (22.2-chizma, g). Chizilganni to’g’riligini tekshirib, aksonometrik tasvirni ko’rinadigan konturni qoraytirib chiqamiz. Ikkinchi usul. Bu usul qandaydir oddiy geometrik jismni sirtiga buyumni yoki uning elementlarini hayolan chizish. 22.3-chizma da tayanch buyumni misolida chizish ko’rsatilgan. Avval buyumni shakli tahlil qilinadi. so’ngra goboritli parallelopipidni aksonometrik tasvirni ingichka chiziq bilan chiziladi. Buning uchun aksonometrik o’q o’tkaziladi va parallelopipidning yuqori asosini va pastki asosini ko’rinadigan qismi tasvirlanadi. (22.3-chizma, b). So’ngra buyumning alohida qismidagi goboritli parallelopipidni yuqori tayanchini va pastki asosi belgilanadi. (22.3-chizma,a,b,v). Buyumning mayda qismlari: stilindrik, prizmatik o’qlar, mustahkamlik qirralarini tasvirini chizib aksonometrik tasvir tugatiladi. (22.3-chizma, g). 22.3-chizma Uchinchi usul. Bu usul agar buyum bir qancha aylanish sirtlarni yig’indisidan tashkil topgan bo’lsa qo’llaniladi. Shatunni kallagini aksonometrik tasvirda chizishda bu usul qo’llanilgan. (22.4-chizma). Avval aksonometrik o’qlar chiziladi va bu o’qlarga aylananing sirtlarini o’zaro uringan aylanalarni markazi belgilandi. Keyin bu aylanalarni tasvirlari – ellipslar chiziladi. Agar aylanish sirtini qismi etarli darajada katta bo’lsa u holda (tor, misolida) bu sirtni tasvirlovchi oraliq ellipslari chiziladi. Buyumning qalinligiga “Y” o’qiga qo’yib kesim tekisligini o’rta chizig’ini belgilaymiz, koordinatalar usulida kesim chizig’ini nuqtalarini tasvirini chizamiz. Tekis kesimni shaklini hisobga olgan holda uning ocherk chiziqlarini o’tkazib buyumning tasvirini qoraytirib chiqamiz. Ko’p mashinasozlik buyumlari murakkab ichki shaklga ega. Buyumning ichki shaklini yoki yig’ma brikmani ichki tuzilishni aniqlash uchun aksonometrik tasvirda qirqim qo’llaniladi. Uni buyumni va yig’ma brikmani koordinata o’qiga parallel tekislik bilan kesish yo’li bilan hosil qilinadi va buyumning o’qlari orasidagi qismi shartli ravishda olib tashlanadi. Kesim tasvirni yaqqolligini kuchaytiradi va buyumning kesilgan shaklini aniqlash uchun shtrixlanadi. Shtrix chiziq kvadratni tegishli koordinata tekisligida yotgan va tomonlari aksonometrik o’qi parallel bo’lgan diogonallaridan birini tasviriga parallel o’tkaziladi. (22.5-chizma) Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling