22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma


Download 33.99 Kb.
bet10/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

22-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli Milliy akkreditatsiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomadan boshqa shaxsning foydalanishi taqiqlanadi.
23-modda. Milliy akkreditatsiya tizimining belgisi
Milliy akkreditatsiya tizimi milliy akkreditatsiya tizimi belgisiga ega bo‘lib, ushbu belgi uni qo‘llovchi muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya qilinganligini bildiradi.
Muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani olish bilan bir vaqtda mazkur guvohnomaning amal qilish muddatida milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
Milliy akkreditatsiya tizimi belgisining shakli va uni qo‘llash tartibi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadi. Mazkur belgini qo‘llash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda amalga oshiriladi.
24-modda. Akkreditatsiya sohasini o‘zgartirish
Akkreditatsiya sohasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya sohasini kengaytirishni yoki qisqartirishni so‘rab ariza bergan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi tomonidan qabul qilinadi.
Muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya sohasini kengaytirish u bilan kelishilgan muddatlarda akkreditatsiya qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish bo‘yicha qaror muvofiqlikni baholash organi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etmagan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi tomonidan inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
Akkreditatsiya sohasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror ustidan Milliy akkreditatsiya organi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadigan tartibda shikoyat qilinishi yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 50-moddasi.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling