22-ma’ruza. Rux metallurgiyasiga doir ma’lumotlar, hom ashyo tavsifi va ajratib olishning asosiy texnologiyalar
Download 74.33 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.1 -jadval. MDX davlatlarida ruh zahiralari
№22-MA’RUZA. RUX METALLURGIYASIGA DOIR MA’LUMOTLAR, HOM ASHYO TAVSIFI VA AJRATIB OLISHNING ASOSIY TEXNOLOGIYALAR Ishlab chiqarish xajmi bо‘yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi о‘rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5 - 7 mln. t. rux ishlab chiqariladi. Zavodlarning ishlab chiqish imkoniyati 75 - 85 % larga foydalaniladi. О‘zbekistonda О‘rta Osiyoda yagona zamonaviy rux zavodi ishlab turibdi. Bu zavod Olmaliq tog‘ - metallurgiya kombinati tarkibiga kiradi. Zavodning ishlab chiqish imkoniyati bir yilda 100 ming t. dan ziyodroqdir. Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagilarda mavjuddir: AQSH, Yaponiya, Rossiya, Kanada, Avstraliya, Olmoniya, Fransiya, Bolgariya, Polsha, Benilyuks, Kozokiston va boshqalardir. Dunyoda mikyosida ishlab chiqilgan ruxning о‘zlashtirilishi quyidagichadir, %: oq tunika olish 36; latun va bronza olish 26; quymakorlik 26; rux prokati 3; kimyo mollari 6,5. Ruxni asosiy о‘zlashtiruvchi davlatlar AQSH, Yaponiya, Olmoniya, RossiY. О‘zbekiston о‘zini mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi. Ruxning dunyo bozoridagi narxi 950 - 1050 AQSH dollarida 1 tonnasiga sotiladi. Metal asosan mineral zaxiralaridan olinadi. Ikkilamchi xom ashyodan foydalanish endi keng yо‘lga qо‘yilayapti. Rux xomashyosining tavsifi. Tabiatda rux asosan sulfid holatida uchraydi. Bir xil rux birikmalari - bu kislorod bilan bog‘langan oksid zaxiralaridir. Sanoatda keng tarqalgan va ishlab chiqarishda tushgan bu - kompleks rux - qо‘rg‘oshin Sulfidli polimetalmis rudalardir. Bu rudalarda asosiy metallardani tashqari, yana mis, kadmiy, nodir va kamyob metallar bor. Zamonaviy rudalarda ruxning miqdori 1,5 %, rux-qо‘rg‘oshin rudalarda esa 1,0 - 1,5 % Zn va 0,4 - 1,5 % Pb bor. Bu rudalarni qayta ishlashdan oldin boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotatsiyadir. Oldin rudadan kollektiv rux-qо‘rg‘oshin boyitmasi olinib, keyin u alohida rux va qо‘rg‘oshin boyitmalariga ajratiladi. Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit - ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan rudalarda rux karbonat ZnCO (smitsonit) va gidrotsinkiy ZnCO3 * 3 Zn(OH) va silikat (valletit Zn2 SiO4) turlarda uchraydi. Ruxni boyitmaga о‘tish darajasi 70 - 85 % tashkil qiladi. Rux boyitmasini taxminiy miqdori, %: Zn 40 - 60; Pb 0,2 - 3,5; Ca 0,15 - 2,3; Fe 2,5 - 13; S 30 - 35; Ca 0,1 - 0,5; As 0,03 - 0,3; Sb 0,01 - 0,07; Ca 0,001 - 0,013; Jn 0,001 - 0,07. Boyitmani maydaligi 30 - 35 % (-75 mkm) - 70 - 90 % (-75 mkm) masofada о‘zgaradi. Boyitmani muxim texnologik xususiyatlari bо‘lgan: zichlik - 3,4 - 4,3 g2/sm3; tо‘qilmoq massasi 1,9 - 2,3 g/sm, namlik 10 - 16 %, quritilgandan keyin 6 - 8 %. Ruxni xom ashyodan ajratib olish asosiy texnologiyalar Sulfidli rux xomashyosini bevosita erkin holatigacha tiklash mumkin. Masalan: Zn S + H2 = Zn + H2 S (22.1) Ammo, kuchli tiklovchi moddalar H va SO samaradorli emasdir. Masallan, keltirilgan reaksiya uchun 1000 S da muvozanat konstantasi teng: Kp = PZn * PH2s / PH2 = 2,1 * 10-4 Bundan xulosa - yuqori xarorat va bosimlarda ham tiklanish mahCulotlarini chiqishi judayam kam. Amaliyotda sulfidlarini oksidlantiri keyin afzalroqdir. Sanoatda ZnS ni Zn O ga oksidlanishini pirometallurgik usul bilan amalga oshiriladi. ZnO ni tikllanishi esa pirometallurgik yoki gidrometallurgik usullar bilan amalga oshirishi mumkin. Oxirgi usul bо‘yicha ZnO ni sulfat kislotasida eritib elektroliz yordamida erkin metal olinadi. Ruxni sulfid boyitmasidan ajratib olish ZnS, ZnO va Zn larni xususiyatlariga bog‘likdir. Ruxni oksid va sulfidi yuqori xaroratda eriydi. Masalan, ZnS atmosfera bosimida 12000C ziyod xaroratda parlanadi va 20000C gacha erimaydi. ZnO esa 19750C suyuq holatiga о‘tadi. Shuning uchun ZnS ni ZnO ga oksidlanishini yukori xaroratlarda katta tezlik bilan yuborilishi mumkin. Rux sulfidini oksidlanishi ekzotermikdir va jarayon uchun kushimcha yokilgi sarflamaydi. Ruxni oksiddan tiklash uchun kо‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun pirometallurgik tiklanish yuqori xarorat va tiklovchi moddaning miqdorligida oboriladi. Elektrolitik tiklanish ham elektr kuvvatini katta xajmda sarflanishi bilan bog‘liqdir. Metallik rux oson Suyuq holatga о‘tadi - erish xarorati 4190C, 9070C da par holatiga о‘tadi, shuning uchun pirometallurgik tiklanishda rux par holatida ajralib chiqadi. Piro va gidrometallurgik usullarni xususiyatlarini kо‘rib chiqamiz. Pirometallugik usulda yakunlovchi mahsulot bо‘lib g‘ovak kuydirma (ogarok) olinadi. Kuydirish davrida modda oldin oltingugurtni yо‘qotib, keyin qotishma shaklga о‘tadi. Qotishma olish uchun xarorat 1300-14000C gacha kо‘tarilishi kerak. Buni aglomeratsiya jarayonida amalga oshiriladi. Aglomerat keyinchalik qattiq uglerod yordamida tiklanadi. Gidrometallurgik usul bо‘yicha kuydirishni 900-10000C da ogarok - kukun olishga qaratiladi. Olingan kukun sulfat kislotasida eritiladi. Eritmadan rux elektroliz bilan erkin xolatida ajratib olinadi, sulfat kislotasi esa regeneratsiya bо‘lib qaytadan tanlab eritishga yuboriladi. Rux boyitmasini yuqori xaroratda oksidlantirish, hozirgi paytda, asosiy texnologik usuldir. Kanadada olib borgan izlanishlar shuni kо‘rsatadiki, rux sulfidini eritmadagi kislorod bilan ham oksidlantirsa bо‘lar ekan: Zn S + O2 (eritmada) + H2S (eritmada) = Zn SO4 + S0 + H2O (22.2) Jarayon avtoklavda 1000C dan ziyod va umumiy bosim 105 Pa dan yuqori sharoitlarda olib boriladi. Sanoatda bunday texnologiyani qо‘llash qiyindir. Texnologik sxemalarni tahlili shuni kо‘rsatib turibdiki, jarayon bir necha bosqichdan iboratdir. Amaliyotda esa, sxemalar ancha murakkabrokdir. Bunga ikkita sabab bor: 1) xom ashyoda mavjud bо‘lgan bir qator ruxga yо‘ldosh elementlarni ajratib olish kerakligi; 2) xom ashyoni qayta ishlash uchun tayyorlash jarayonlarni tashkil etish. Dunyo mikyosida taxminan 20 % pirometallurgik va 80 % rux pirometallurgik usullar bilan olinadi. 22.1-jadval. MDX davlatlarida ruh zahiralari
Download 74.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling