22-mavzu: 1924-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogic fikrlar rivoji. Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji Reja


Download 103.57 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi103.57 Kb.
#1577777
1   2   3
Bog'liq
22-mavzu

3-masala
Mustaqillik e’lon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillardanoq O’zbekiston hukumati ta’limga ustuvor soha sifatida e’tibor berib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy asoslangan davlat siyosati mavjud bo’lib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida qonuniylashtirilgan. Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. «Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hyech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi», deb ta’kidlagan edilar Prezidentimiz I.A.Karimov «Barkamol avlod yili» Davlat dasturini qabul qilingan kundagi o’z nutqlarida. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo’ydi. Jamiyatni ma’naviy yangilashda avvalo ta’lim tizimini isloh qilishni va milliy kadrlarga bo’lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta’lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi. Shu maqsadda 1997 yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» keng muhokama qilindi va tasdiqlandi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va har bir fuqaroning ilm olish konstitusion huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo’lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta’lim tizimida bosqichma- bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim sohasidagi islohotlar ham yangi bosqichma-bosqich o’tish tamoyiliga asoslangandir. «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur» ham uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo’lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maksadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda rakobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga jabob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko’tarish maqsadiga e’tibor berib borilmokda. Ta’lim sohasida «Ta’lim to’g’risida» Qonun qabul qilinganligi, 1996-1997 yildan boshlab birinchi sinflarda o’qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, qo’llanma, darsliklarning yaratilganligi - bu ta’lim sohasida ko’yilgan dastlabki odimlar edi. O’tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o’quv yurtlari qoshida liseylar ochildi. Qobiliyatli o’quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O’qituvchilar xorijiy davlatlarda bo’lib, ilg’or tajribalarni o’rganib kela boshladilar. Viloyatlarda yangidan yangi biznes maktablari, kichik va o’rta kasb-hunar kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit v.b. yangi mutaxassisliklar kiritildi. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o’quv muassasalariga jalb etildi. Respublikamizda Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi, Bank va Moliya Akademiyasi tashkil etildi. «Mahalla», «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug’bek», «Umid» jamg’armalari ham ta’lim sohasini rivojlantirishga hissalarini qo’shmoqdalar. Lekin hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga karamay ta’lim tizimi xali hayot talabi darajasida natijalarga erishmayotgani, eski Sho’ro zamonidan meros bo’lib qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xalos bo’la olmagani, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish muammolari to’liq hal etilmagani va nihoyat, amaldagi ta’lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida rivojlana olmaganini ko’rsatmokda. Shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularga bilim va tarbiya berish tizimi mamlakatimizda amalga oshayotgan islohotlar bilan bog’lanmagani, maktablarning moddiy bazasi talabga javob bera olmayotgani, kadrlar, o’qituvchilar tayyorlash muammosi hali to’laligicha hal etilmagani ma’lum bo’ldi. O’quv dasturlari, qo’llanma va darsliklar ham talabga javob bera olmayotganini hayot ko’rsatdi. Oliy ta’lim sohasida ham islohot o’tkazishni talab qila boshladi. Bularning barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o’zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi. Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi : Birinchi bosqich - o’tish davri. 1997 - 2001 yillar. Bu yillarda yangi talab doirasida pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim standartlarini yaratish, o’quv dasturlari ustida ishlash, umumta’lim maktablarini qayta qurish, o’rta maxsus kasbhunar bilim yurtlari tizimigi zamin tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimiga asos solish. Ikkinchi bosqich - 2000 - 2005 yillarga mo’ljallanadi. Bu davrda milliy dasturni to’liq amalga oshirish mo’ljallanadi. Uning ba’zi g’oyalari va qoidalariga o’zgartirishlar kiritilish ham ko’zda tutilgan. Uchinchi bosqich - 2005 yil va undan keyingi yillar bo’lib, islohot tajribalari tahlil etilib, umumlashtiriladi hamda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilib, rivojlantirilib boriladi. «Ta’lim to’g’risidagi» Qonunga asosan Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Ta’lim sohasidagi davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat deb ko’rsatildi : -Talim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterida ekanligi; -Ta’limning uzluksiz va izchilligi; -Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; -O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik lisey va kasb - hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi: -ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; -davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi: -ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv: -bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish: -ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlantirish: Xalq ta’limining asosiy bo’g’ini - uzluksiz ta’limi tizimini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan.
Ta’lim tizimi. Bola shaxsini sog’lom va yetuk o’qishga tayyorlash maqsadini ko’zlaydi. Mazkur ta’lim uch yoshdan olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan kat’iy nazar, boshqa xil ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. Umumiy o’rta ta’lim. Umumiy o’rta ta’lim kuyidagi bosqichlarga bo’linadi: Boshlang’ich ta’lim (I-IV sinf) Umumiy o’rta ta’lim (I-IX sinflar) Boshlang’ich ta’limda umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o’rta ta’limda bilimlarni zarur hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik kobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalari rivojlantiriladi. Kasbga yo’naltiradi, ta’limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi. Iktisoslashtirilgan maktablar ham tashkil etilishi va bolalar qobiliyati, iste’dodga ko’ra bunday maktablarda ta’lim olishi mumkin. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi. Har bir yigit-qiz umumiy o’rta ta’limga ega bo’lgandan so’ng akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida o’qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu ta’lim muassasalarida o’qish muddati uch yildan kam bo’lmaydi. Lisey va kollejlar egallangan kasb-hunar bo’iicha ishlash xuquqini beradi va hamda ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo’ladigan maxsus, kasb-hunar ta’lim beradi. Oliy ta’lim. Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriatura va magistraturaga ega. Bakalavriatura - oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beriladigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi. Oliy o’quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojga karab oliy o’quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi. Oliy ta’limdan so’ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi. Bolalar va o’smirlarning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun madaniy-estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari kiradi va bu joylarda bolalar o’z ehtiyojlari va qiziqishlariga ko’ra shug’ullanadilar.
Ta’lim islohotlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi: -shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; -davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; -uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhiti o’z ichiga oladi; -fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; -ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish orqali ilmfanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko’zda tutiladi, ilg’or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida pedagogika sohasida ham yirik tadqiqotlar olib borilmoqda. Pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha doktorlik dissertasiyasini himoya qilish uchun Ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko’rsatmoqda. Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti. Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik dissertasiyalari himoya qilindi. Chunonchi, O.Musurmonova «Yuqori sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari», S.Nishonova «Sharq Uyg’onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi», U.Mahkamov «Yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish», M.Inomova "Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari" kabi doktorlik dissertasiyalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti, hunar ta’lim ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo’yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar. Hozirgi davrda, O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo’lidagi ezgu orzu-umidlarini, milliy istiqlol mafkurasini asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan bir davrda bu muhim ishni «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi.


Download 103.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling