22. Mavzu: budjet soliq siyosati. Reja
-jadval O’zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi
Download 340.24 Kb. Pdf ko'rish
|
22 mavzu
1-jadval
O’zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi Umumdavlat soliqlari. Mahalliy soliqlar va yig’imlar 1. Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq.. 2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.. 3.Qo’shilgan kiymat solig’i. 4. Aktsiz solig’i. 5. Er osti boyliklaridan foydalanish solig’i. 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.. 7. Savdo va umumiy ovkatlanish tashkilotlaridan yalpi daromad solig’i. 8. Bojxona boji. 9..Davlat boji. 10. Kimmatli qog’ozlarni ruyxatdan o’tkazish yig’imi. 11. Boshqa daromadlar. 1.Mol-mulk solig’i. 2.Er solig’i. 3. Yagona soliq.. 4. Infratuzilmani rivojlantirish solig’i. 5. Jismoniy shaxslarning transport yoqilg’isi uchun iste’mol solig’i. 6. Jismoniy shaxslar chetdan tovarlar olib kelganligi uchun yagona bojxona to’lovi. 7. Savdo huquq yig’imi, shu jumladan alohida tovarlarni turlarini sotish litsenziya yig’imi. 8. Ishbilarmonlik bilan shug’ullanuvchi.huquqiy hamda jismoniy shaxslarni ruyxatdan o’tkazish yig’imi. 9. Boshqa to’lovlar. 1-jadvalda ko’rinib turibdiki, xozirgi kunda soliqlar kodeksda 7 ta umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga karab to’rt guruhga bulinadi: -oborotdan olinadigan soliqlar; -daromaddan olinadigan soliqlar; -mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlar; 378 -er maydoniga karab olinadigan soliqlar.. Oborotdan olinadigan soliqlar ga kushilgan kiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona va er osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi. Er maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo’jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona er solig’i va yuridik (noqishloqxo’jalik) va jismoniy shaaxslarning er soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bo’linadi. To’g’ri soliqlarni bevosita soliq to’lovchilarning o’zi tulaydi, ya’ni soliqni huquqiy to’lovchisi ham, hakikiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. TO’gri soliq yukini boshqalarga ortish Holati bu erda bO’lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi. To’gri soliqlardan to’gridan-to’gri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlar ning stavkalari kupaytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari to’gridan-to’gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langandir. Egri soliqlar ni huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko’rsatuvchilardir). Lekin soliq og’irligini haqiqatdan ham byudjetga to’lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xakikiy soliq to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p bo’lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’gridan to’gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va byudjetga to’lovlari kamayishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni 379 muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to’gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’prok mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak. Jaxon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga karab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy kiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to’g’ri soliqlar salmog’ining byudjet daromadida 90 foizga yakin bO’lishi bu erda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan darak beradi. Egri soliqlar tarkibiga QQS, aktsiz solig’i, bojxona boji, er osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to’gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi. Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari O’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, O’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bO’lishi kerak. Respublika xukumati umumdavlat mikyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlar i ham salmokli bo’lishi shart. QQS, aktsiz solihi, yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa subventsiya yoki subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy byudjetlarning o’z manbalari (soliqlar i) kupayib kolsa, respublika soliqlar dan ajratma berishning xojati kolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo’ladi, byudjetga tulanishi lozim bo’lgan to’lovlardir. Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga yakin bo’lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog’likni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularning byudjet Harajatlarining 30-40 foizini koplaydi, holos. Keyingi vaktlarda mahalliy byudjetlar daromadlari salmog’ini 50- 60 foizga etkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar daromadlarini kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o’z daromad manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy xukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy 380 kamchiliklarga yo’l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular fag’at shu xududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bO’lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani echishda ilgari ko’rsatganimizdek xududdan respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig’i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subventsiya (maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o’z xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir. Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o’z xududlaridagi soliqlar to’liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg’amlik kayfiyatini kuchaytiradi. Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat byudjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi. Download 340.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling