22. Mavzu: budjet soliq siyosati. Reja


-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi


Download 340.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi340.24 Kb.
#1490447
1   2   3   4   5
Bog'liq
22 mavzu

-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 


382 
Davriy 
pasayish 
bosqichida 
soliqlar 
avtomatik 
pasayishi, 
davlat 
transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat 
xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat 
xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet 
funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish 
burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq. t qancha yuqori bo’lsa 
T chizig’i shuncha tik bo’ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
o’zgarishining daromadlar o’zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent 
qancha kichik bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Demak daromad oshgani 
sari byudjetga soliq to’lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to’lovlari esa 
kamayadi. 
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas miqdor bo’lganda 
t qanchalik katta bo’lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o’rnatilgan 
barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo iqtisodiy o’sishning 
ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi. 
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaMM hajmini , uning 
potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab 
chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin. 
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat 
byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet 
xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy 
taqchillik farqi sifatida baholanadi. 
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish. 
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul 
massasini ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi. 
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo’ladi. Ya’ni, soliq 
to’lovchilar tomonidan davlatga to’laydigan soliqlar to’lovini atayin kechiktirish 
hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. 
Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar 


383 
va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to’lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab 
chiqaruvchilar o’z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo’yishadi. Bu esa 
inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. 
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali 
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o’z navbatida 
foiz stavkasini ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya 
xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida 
siqib chiqarish samarasi ro’y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi 
samarasini zaiflashtirib qo’yadi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul 
hisoblansada inflyatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki 
muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini 
ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida, baholar darajasining ko’tarishiga sabab bo’ladi. 
Soliq tushumlarini ko’paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi 
yo’li bo’lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o’tkazilishini talab etadi. 
Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini 
ishlab chiqaruvchilardan ko’proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar 
zimmasiga o’tkazish orqali soliqlar tushumini ko’paytirishni ko’zda tutadi. 
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini 
olib qo’yish va davlat qarzlarini to’lash kiradi. 
Davlat qarzlarini to’lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, 
baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli byudjetdagi 
ortiqcha mablag’larni muzlatib qo’yish byudjet kamomadini pasaytirishning 
nisbatan noinflyatsion usulidir. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Davlat byudjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o’ting. 
2. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ixarajatlarida qanday o’zgarishlar 
ro’y bermoqda? 
3. Soliqlarning funnktsiyalariga izoh bering. 
4. O’zbekiston Respublikasi byudjetiga soliq tushumlaring tarkibi va 
miqdoridagi tendentsiyalarni izohlab bering. 
5. Mamlakatimizda byudjet soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan? 

Download 340.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling