22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Download 102.37 Kb.
|
22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag‘larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mav- jud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jara- yonida muqarrar sur’atda vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari va boshqa pul resurslari kredit mablag‘larining manbaini tashkil qiladi. Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
korxonalaming amortizatsiya ajratmalari; mahsulot so’lishdan olingan pul tushumlari; korxonalaming ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari; korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi; bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlaming joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablagTari. Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo’lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va sohalarida qo‘shimcha pul mablagTariga ehtiyoj paydo bo’ladi. Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, dav- lat va aholining bo‘sh pul mablag‘lari ssuda fondi shaklida to‘planib, keyin bu mablag‘lar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ish- lab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ulami xo‘jalik amaliyo’liga joriy etish vazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar o ‘miga kredit pullami rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchi- dan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati usti- dan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga so- Iish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashti- rish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki - pul va tovar shakllaridan foydalanib ke- lingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi. Bank krediti - pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oiuvchilar (tadbirkorlar, dav- lat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit bitimlari sum- masi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xiz- mat qiladi. Download 102.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling