Korxonalar to‘g‘risida


Download 42.6 Kb.
bet1/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
refarat


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining “korxonalar to‘g‘risida”gi qonuni, uning mazmuni va moxiyati

Reja:
1.Kirish


1.1.Umumiy qoidalar
1.2. Korxonani barpo etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
1.3. Korxona mol-mulkining egasi
1.4. Korxonani boshqarish
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Korxona va uning asosiy vazifalari
1. Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishiladi.
3. Korxona xo‘jalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qo‘yilgan bo‘lmasa va korxona Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling