Korxonalar to‘g‘risida


V BO‘LIM. KORXONA XO‘JALIK FAOLIYATINING ASOSLARI


Download 42.6 Kb.
bet9/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
refarat

V BO‘LIM. KORXONA XO‘JALIK FAOLIYATINING ASOSLARI
18-modda. Korxona oladigan foyda (daromad)
1. Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir (daromaddir).
2. Soliqlarni va budjetga boshqa to‘lovlarni to‘lashdan keyin korxonada qolgan foyda (daromad) (sof foyda) to‘la-to‘kis uning tasarrufiga o‘tadi va qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda tortib olinmaydi. Korxona, agar ustavda o‘zga hol ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, sof foydani (daromadni) qaysi sohalarga ishlatishni mustaqil belgilaydi.
3. Qonun hujjatlarida yoki korxona ustavida ko‘zda tutilgan hollarda sof foydaning bir qismi korxona mehnat jamoasi a’zolariga mulk qilib topshiriladi.
19-modda. Korxona xodimining mehnat daromadlari
1. Korxona turidan qat’i nazar, har bir xodimning mehnat daromadlari korxona ishining pirovard natijalari hisobga olinib, xodimning mehnatga qo‘shgan shaxsiy ulushi bilan belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va eng ko‘p miqdori cheklab qo‘yilmaydi.
2. Barcha turdagi korxonalar xodimlari mehnat haqining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
3. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi.
20-modda. Korxona faoliyatini rejalashtirish
1. Korxona o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi.
2. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko‘rsatadi.
21-modda. Korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik munosabatlari
1. Xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari shartnoma negiziga quriladi.
2. Korxonalar nima haqda shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, o‘zaro xo‘jalik munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda erkindir.
3. Korxona o‘z mahsuloti va mol-mulkini, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra sotadi, shuningdek o‘z xohishi bilan xizmatlar ko‘rsatadi.
4. Korxona iste’molchining manfaatlarini hamda uning mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatiga qo‘yadigan talablarini hisobga oladi. Iste’molchining manfaatlari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan himoya qilinadi.
Erkin realizatsiya qilish taqiqlab yoki cheklab qo‘yilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling