Korxonalar to‘g‘risida


-modda. Faoliyat turlariga litsenziya olish


Download 42.6 Kb.
bet5/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
refarat

8-modda. Faoliyat turlariga litsenziya olish
1. Litsenziya olinishi kerak bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun korxona zarur litsenziyani olishi shart.
2. Korxonaning litsenziya olinishi kerak bo‘lgan faoliyatiga ruxsat berish va bunday ruxsatni haqiqiy emas deb topish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
9-modda. Korxona ustavi
1. Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchi (ta’sis etuvchilar) tasdiqlaydi.
2. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qo‘yiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi (pochta manzili), faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari.
Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan o‘zga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarning ustav bilan boshqarilmaydigan barcha munosabatlari ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
III BO‘LIM. KORXONA MOL-MULKINING EGASI
10-modda. Korxona mol-mulkining egasi
1. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega.
Mol-mulkning egasi (egalari) o‘z mol-mulkiga nisbatan Qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni qilishga haqli. Ular mol-mulkidan qonunda taqiqlab qo‘yilmagan har qanday xo‘jalik faoliyatini yoki o‘zga faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Davlat korxona egasining mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi.
2. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) o‘zining (o‘zlarining) mulkchilik huquqini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va shu shartlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ularning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida shartnomalar tuzishga haqlidir.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling