Korxonalar to‘g‘risida


-modda. Tugatish komissiyasi


Download 42.6 Kb.
bet17/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
refarat

39-modda. Tugatish komissiyasi
1. Korxonani tugatish mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organ tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bankrotlik hollari bundan mustasno. Xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, tugatish komissiyasini tuzish hamda uning ishlash tartibi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan korxona mol-mulki egasi, sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni korxona mol-mulki egasiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.
40-modda. Qarz berganlarning da’volarini qondirish
1. Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda budjet oldidagi qarzlar qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan yerlarni qaytadan tiklash xarajatlari qoplanadi. “Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining kreditorlar da’volarini qanoatlantirish hamda mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi”.
Yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatning ijro muddatidan qat’i nazar, undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqini qo‘lga kiritadi.
2. Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin aniqlangan va qilingan da’volar birinchi navbatdagi da’volar, aniqlangan da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum qilingan da’volar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi.
3. Mol-mulk yetishmaganligi uchun qondirilmagan da’volar bekor qilingan deb hisoblanadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olinmagan da’volar ham, agar qarz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni olgan kunidan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari qondirilishi to‘g‘risida xo‘jalik sudiga da’vo qilmagan bo‘lsalar, bekor qilingan deb hisoblanadi.
4. Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroning shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar yetganligi yoxud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi.
5. Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining qo‘shgan hissasi qarz berganlarning da’volari ustavda ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda qondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki qimmatli qog‘ozlar bilan beriladi.
6. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.
7. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o‘tadi.


Xulosa
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishiladi.Korxona xo‘jalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qo‘yilgan bo‘lmasa va korxona Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.
Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling