Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Download 288.41 Kb.
bet1/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

MEHNATGA HAQ TO‘LASH VA ULARNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI

MEHNATGA HAQ TO‘LASHNING TARIFLI TIZIMI

MEHNATGA HAQ TO‘LASHNING TARIFSIZ TIZIMI

MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBI

TA’TIL MUDDATINI HISOBLASH VA VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASINI TO‘LASH TARTIBI TARTIBI

DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTA AJRATMALARINING BUXGALTERIYA HISOBI

DAROMADGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARI VA ULARNING XISOBI

XODIMLARNING SHAXSIY JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA HISOBVARAG‘IGA BADALLARNI HISOBLASH VA TO‘LASH TARTIBI

Mehnatga haq to ‘lash va ularni hisobga olish vazifalari

  • Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita mehnat jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
  • Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko‘plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni korxonalar mustaqil o‘zlari belgilaydi.
  • Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
  • Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobi 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schetida yuritiladi.
  • Mehnat va unga haq to‘lash hisobi korxonaning hisob tizimida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son va sifati, iste’molga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish ustidan tezkor nazoratni ta’minlashga qaratilgan.

Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to‘lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish;
  • hisoblangan ish haqi va sug‘urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schetlariga o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish;
  • boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tezkor yig‘ish va guruhlash.
  • Mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisobga olish uchun, shuningdek hisobot tuzish va mehnat haqi fondi ustidan nazorat qilish uchun korxona xodimlari tasniflanadi. Ular dastavval ikkiga bo‘linadi: ishchilar va xizmatchilar. Xizmatchilar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: rahbarlar, mutahassislar va boshqalar. Mehnat bo‘yicha tuziladigan hisobot xodimlarni sanoat ishlab chiqarish xodimlariga va korxona balansida turgan ishlab chiqarishsiz tashkilotlar xodimlariga ajratishni talab qiladi. Korxona xodimlarining hisobi kadrlar bo‘limida yuritiladi.
  • Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, ta’tilga chiqarish va ishdan bo‘shatish korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan rasmiylashtiriladi. Xodimlarning har biriga shaxsiy ish ochilib, unda mehnat bitimi, mehnat daftarchasi, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirmasi, ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirmasi saqlanadi.
  • Ishga qabul qilingan barcha xodimlar ish joylarida tabelga kiritilib, ularning har biriga tabel nomeri belgilanadi. Bu tabel nomeri keyinchalik shaxsiy tarkibni hisobga olish, bajarilgan ish va hisoblangan ish haqi bo‘yicha tuziladigan barcha hujjatlarga qo‘yiladi. Xodimlar ishdan bo‘shasa yoki boshqa ishga o‘tkazilsa, ularning tabel nomerlari ikki yil ichida boshqa xodimlarga berilmaydi.
  • Har bir ishga qabul qilingan xodimga korxona buxgalteriyasida kartochka- spravka yoki shaxsiy schet ochilib, bu hujjatlarga ish haqi to‘g‘risidagi oylik ma’lumotlar yozib boriladi. U ma’lumotlardan o‘rtacha ish haqi miqdorini topish uchun foydalaniladi.

Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling