Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Mehnatga haq to‘lash shakllari


Download 288.41 Kb.
bet4/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

Mehnatga haq to‘lash shakllari

    • Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash
    • Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash

Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash

  • Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lashda xodimlarga ish haqi ularning haqiqatda ishlagan vaqtidan va lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda belgilanadi. Ish haqi, shu oydagi hamma ish kunini ishlab berish sharti bilan to‘liq to‘lanadi. Lavozim maoshi - bu to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdori.
  • Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash odatda, xodimning ishini me’yorlashtirish yoki bajarilgan ishlarga asoslangan hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi.
  • Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lashda ishchi yoki xizmatchining ish haqi, uning malakasi va ishlangan ish vaqti miqdoriga muvofiq holda aniqlanadi. Rahbar va xo‘jalikni boshqaruvchi xodimlarning, navbatchi xodimlarning (chilangarlar, santexniklar, elektriklar), ta’mirlovchi hamda mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning va hokazolarning mehnatlari vaqtbay asosida to‘lanadi.

Mehnatga vaqtbay asosida haq to ‘lash turli xil bo‘ladi:

  • oddiy vaqtbay;
  • mukofotli vaqtbay.
  • Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida ish haqi miqdorini hisoblashning asosi qilib xodimlar jadvaliga muvofiq bo‘lgan tarif stavkasi yoki lavozim maoshi olinadi. Mehnatga haq to‘lashning saotbay va kunbay shakllarini, vaqtbay tizimining turli xillari sifatida ajratadilar. Ish haqi miqdorini aniqlashda, soatlik (kunlik) ish haqi stavkasini haqiqatda ishlangan soat (kun)ga ko‘paytirib topiladi.
  • Odatda, mehnatga haq to‘lashning bunday shakllari, korxonaning yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslariga nisbatan qo‘llaniladi.
  • Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida, tarif stavkasi (maoshi) bo‘yicha ish haqidan tashqari, ishchilarni mukofotlash haqidagi korxonada ishlab chiqilgan qaror, jamoa shartnomasi yoki korxona boshqaruvchisi buyrug‘i (farmoyishi) asosda qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun mukofot to‘lanadi. Mukofotlash oylik yoki undan uzoqroq muddat (choraklik) ish natijalari asosida amalga oshirilishi mumkin.

Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling