Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Xodimga ish haqini, mehnatga haq to ‘lashning ishbay-progressiv shaklida hisoblash


Download 288.41 Kb.
bet6/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

Xodimga ish haqini, mehnatga haq to ‘lashning ishbay-progressiv shaklida hisoblash

  • Ayrim ishlar turi bo‘yicha eng kam ish haqi miqdorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. CHunonchi, Vazirlar Mahkamasining 08.01.2007 y.dagi 8-son qarori bilan:
  • fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;
  • ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga to‘langanda uning eng yuqori stavkalari;
  • dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘langanda uning eng yuqori stavkalari;
  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televidenie va radioda beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari;
  • kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;
  • kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari;

Xodimga ish haqini, mehnatga haq to ‘lashning bilvosita shaklida hisoblash

  • Haq to‘lashning akkord shakli, butun ish hajmi (yig‘indisi) uchun ish haqi miqdorini belgilaydi va akkord topshiriqlarini bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati, ishlab chiqarish me’yoriy vaqtlari va baholari asosida aniqlanadi. Brigadaga butun asosiy va yordamchi ishlar yig‘indisi nazarda tutilgan akkord topshirig‘i topshiriladi. Topshiriqda ish boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek ish haqi va mukofotlar qiymati ish sifati e’tiborga olingan holda ko‘rsatiladi. Muddatidan ilgari bajarilgan hollarda, mukofot miqdori oldindan ma’lum bo‘ladi. Akkord tizimi ishlab chiqarish davri uzoq muddat davom etadigan ishlarda va qurilishga ixtisoslashgan, avtotransport tashkilotlarida qo‘llaniladi.

Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling