Korxonalar to‘g‘risida


-modda. Korxona faoliyatini nazorat qilish


Download 42.6 Kb.
bet15/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
refarat

36-modda. Korxona faoliyatini nazorat qilish
1. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati korxona mol-mulki egasining tashabbusiga binoan taftish qilinishi mumkin.
2. Korxonalar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda to‘lovchi, boshqa norma va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Korxonalar faoliyatini tekshirishdan o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
3. Kichik va o‘rta biznes korxonalarining, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirishlar Palata yuridik xizmatlari va hududiy tuzilmalarining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi.
4. Korxonalarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi tasdiqlagan rejalar asosida tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida; bir yo‘la o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
5. Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi”.
37-modda. Korxonaning davlat hokimiyati mahalliy idoralari bilan munosabatlari
1. Korxonaning davlat boshqaruvi idoralari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari bilan o‘zaro munosabatlari ushbu Qonunga hamda ana shu idoralarining vakolatlarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
2. Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining hududni kompleks iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ishlarda ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qatnashadi.
Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining yoki boshqa vakolatli davlat idoralarining qarori bilan shu idoralar mablag‘lari hisobidan mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ish joylarini barpo etishi shart.
3. Davlat hokimiyatining mahalliy idoralari korxonaga qarashli uy-joy va ishlab chiqarish maydonini ayrim obyektlarini tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling