Korxonalar to‘g‘risida
-modda. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Download 42.6 Kb.
|
refarat
6-modda. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
1. Korxona davlat ro‘yxatidan korxona joylashgan erdagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarida, basharti O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘tkaziladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registriga kiritish uchun o‘n kunlik muddat ichida statistika organlariga xabar qilinadi. 2. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi. 3. Korxonani barpo etishning SSR Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibi buzilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga ko‘ra korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Korxonani barpo etish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar korxona belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lmasa yoki ta’sis etuvchi korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin. Sud korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu hol davlat hokimiyatining korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan idorasini moddiy javobgarlikka tortishga (sud chiqimlaridan tashqari) sabab bo‘ladi. Moddiy javobgarlikning miqdori xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi va qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda undirib olinadi. 4. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun undan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan miqdorda haq olinadi. Olingan mablag‘ davlat hokimiyatining korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi idorasi budjeti hisobiga o‘tkaziladi. Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatga olish yig‘imlari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi. 1. Korxona yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan shu’ba korxonalar barpo etish va bu korxonalarning ustavlarini tasdiqlash huquqiga ega. Korxona, shuningdek joriy va hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega bo‘lgan shu’balar, vakolatxonalar, bo‘limlar va boshqa alohida bo‘linmalar barpo etish hamda ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash huquqiga ega. 2. Bunday korxonalar va bo‘linmalarni joylashtirish masalasi davlat hokimiyatining tegishli mahalliy idoralari bilan amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda kelishib olinadi. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling