Korxonalar to‘g‘risida
-modda. Korxona to‘g‘risidagi qonunlar
Download 42.6 Kb.
|
refarat
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BO‘LIM. KORXONANI BARPO ETISh VA UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI 5-modda. Korxonani barpo etishning umumiy shartlari
4-modda. Korxona to‘g‘risidagi qonunlar
1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, ularni qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. 2. Faoliyati ishni tashkil etishga va uning xavfsizligiga oshirilgan talablar qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan, texnologiya jarayonlari uzluksiz davom etadigan, shuningdek boshqaruv vazifalarini markazlashtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning ayrim turlari uchun ushbu Qonunni qo‘llash xususiyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining to‘liq yoki hissabay mulki bo‘lgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qo‘shma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qo‘yiladi. II BO‘LIM. KORXONANI BARPO ETISh VA UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI 5-modda. Korxonani barpo etishning umumiy shartlari 1. Korxona mol-mulk egasi (egalari) yoki u (ular) vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda barpo etilishi mumkin. 2. Korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma (bo‘linmalar) mehnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun korxona mol-mulki egasining (u vakil qilgan idora, korxona va tashkilotning) roziligi bo‘lsa va korxona ilgari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa, tuzilishi mumkin. 3. Korxonani barpo etish va uning faoliyati uchun yer uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan hollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani davlat hokimiyatining tegishli idorasi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlang‘ich tashkilot tomonidan ham beriladi. Yer uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 4. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs huquqini oladi. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling