22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli


Ipoteka krediti - ko‘chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit


Download 102.37 Kb.
bet13/24
Sana09.11.2021
Hajmi102.37 Kb.
#172140
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli

Ipoteka krediti - ko‘chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipo- teka obligatsiyalari hisoblanadi.

Davlat krediti - davlat pul mablagTari qarzdori, aholi va xu- susiy biznes esa kreditorlari bo’lib chiqadigan kredit munosabatlari- ning o‘ziga xos shakli. Davlat krediti mablagTari manbai bo’lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, av- valo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.

Xalqaro kredit - ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy muno- sabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluv- chilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashki- lotlar hisoblanadi.

So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.



Lizing - bu kreditning pulsiz shakli bo’lib, odatda ishlab chiqa- rish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foy- dalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to’lab borib, so’lib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10-yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ulaming egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.

Faktoring - boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini so’lib olish yoki qayta so’lish munosa-

batlari. Bunda bank korxonalaraing «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga so’lib oladi, keyin esa bu qarzlami qarzdordan undirib oladi.




Download 102.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling