22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


Download 130.61 Kb.
bet6/24
Sana03.11.2023
Hajmi130.61 Kb.
#1744665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

Ochiq logistik tizim – bu korxonaning ma’lumotlarning yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan birlashtirsa bo‘ladigan kirish va chiqishlariga ega bo‘lgan axborot logistik tizimidir, bu yetkazib berishlar zanjirining shaffofligi, boshqariluvchanligi va elastikligini ta’minlaydi, ishtirokchilarga ishlab chiqarish va taqsimlash markazlarini joylashtirish, shuningdek oxirgi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning zaruriy darajasi to‘g‘risida birgalikda optimal qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini bunday tashkil qilish xalqaro ko‘lamlarda ayniqsa foydali bo‘ladi [5, 36-bet].
Xalqaro logistik zanjirning barcha ishtirokchilari umumiy maqsadlar, vazifalarni tan olishlari va jamlanma logistik xarajatlarning o‘lchami va tarkibidan kelib chiqish bilan (logistik xarajatlar tovarning narxiga qaraganda tezroq pasayishini hisobga olish bilan) narx siyosatini qurishlari lozim bo‘ladi. Xalqaro yetkazib berishlar zanjirida korxonalarning ochiq logistik tizimini shakllantirish uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga erishish maqsadida asoslangan global (butun xalqaro yetkazib berishlar zanjiri darajasida) va mahalliy (alohida korxonalarning faoliyati bilan bog‘lanadigan) qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Logistika rivojlanishining hozirgi zamonaviy bosqichini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, milliy darajada ham, xalqaro darajada ham logistik tizimlarni shakllantirishga nisbatan uchta asosiy yondashuv mavjud [15, 16-bet]:
– birinchi yondashuv shundan iboratki, logistik operatsiyalarni tashkil qilish va amalga oshirishda asosiy urg‘u logistik tizimlarda moddiy oqimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirishga beriladi. Bu yondashuvni operatsion yondashuv, ya’ni logistik tizimlarda operatsiyalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan yondashuv deb atash mumkin;
– ikkinchi yondashuv shundan iboratki, logistika qayishqoq va iste’molchilarning talablarining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlariga tezda reaksiya ko‘rsatishga qodir bo‘lishi lozim. Bu yondashuvni qayishqoq yondashuv deb atash mumkin va uning mohiyati mijozlarning ehtiyojlarini tez va qayishqoq tarzda qanoatlantirishdan iborat bo‘ladi;
– uchinchi yondashuv milliy yoki xalqaro darajada faoliyat ko‘rsatadigan logistik tizimlar doirasidagi logistik tizimlarning barcha ishtirokchilarni integratsiyalash va ularning ishlashini muvofiqlashtirishga e’tibor qaratadi. Bu yondashuvni integratsiyalash yondashuvi deb atash mumkin.
Biroq zamonaviy bozor sharoitlari va iste’molchilarga logistik xizmat ko‘rsatishning sifatini kafolatlash va logistik tizimlarning aniq va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash nuqtai-nazaridan logistikaning oldiga qo‘yiladigan talablarda logistika bir paytning o‘zida ham operatsion, ham qayishqoq, ham integratsiyalangan bo‘lishi lozim.
Zamonaviy xalqaro biznesda raqobat kuchayishi bilan kompaniyalar tomonidan xalqaro logistikaning qo‘llanilishi ortadi, bunda uning asosi mumkin qadar kamroq xarajatlar bo‘lib hisoblanadigan an’anaviy (logistikagacha bo‘lgan) yondashuvga optimal logistik xarajatlarni tanlashga yo‘naltirilgan logistik yondashuv qo‘shiladi.

Download 130.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling