22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


Xalqaro yetkazib berishlar zanjirlari xalqaro logistikaning ob’ekti sifatida


Download 0.5 Mb.
bet8/24
Sana20.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1038412
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24

8.3. Xalqaro yetkazib berishlar zanjirlari xalqaro logistikaning ob’ekti sifatida


Zamonaviy bozor iqtisodiyotida raqobat muhitining bo‘lishi unda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni faqatgina o‘zining biznesini emas, balki yetkazib berishlar zanjirini boshqarish zarurligi, ya’ni zanjir bo‘yicha yuqorida joylashgan va korxonaning logistik tizimini kiruvchi moddiy oqimlar bilan ta’minlaydigan (xomashyo, boshlang‘ich materiallar, butlovchilar va hokazolar ko‘rinishida) korxonalar tarmog‘ini ham, zanjir bo‘yicha quyida joylashgan va mos keluvchi mahsulotni chiquvchi moddiy oqimlar ko‘rinishida iste’molchiga yetkazib berish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun javob beradigan korxonalar tarmog‘ini ham boshqarishda ishtirok etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga kelishga majbur qiladi.
Yetkazib berishlar zanjiri deganda yetkazib beruvchidan oxirgi iste’molchiga boradigan moddiy, axborot, moliya va servis oqimlarini birgalikda nazorat qilish, boshqarish va takomillashtirishni amalga oshiraligan o‘zaro bog‘langan va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar tarmog‘i tushuniladi [6, 28-bet].
Yetkazib berishlar zanjirini boshqarishda asosiy urg‘u bu zanjirning barcha ishtirokchilari uchun yanada yaxshiroq natijalarga erishish maqsadida o‘zaro munosabatlarni boshqarishga beriladi. Samarali yetkazib berishlar zanjirlari o‘zaro ishonch tamoyiliga asoslanadigan optimal foydali echimlarni qidirish yo‘li bilan boshqariladi.
Keyingi yillarda butun dunyoda yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish tizimlarining (SCM) shiddat bilan joriy qilinishi kuzatilmoqda. Keyingi o‘n yilda bunday tizimlarni joriy qilish loyihalariga qo‘yilgan investitsiyalar milliardlab dollarni tashkil qiladi. YAxshi yo‘lga qo‘yilgan yetkazib berishlar zanjiri rejalashtirish tizimini takomillashtirish, ombor zahiralarini optimallashtirish, yetkazib berishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, taklifning talabga muvofiqligini ta’minlash, xarajatlarni kamaytirish, va bularning oqibati sifatida, kompaniyaning bozordagi mavqeini oshirishga ko‘maklashadi [1, 42-bet].

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling