22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari
Download 0.5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikrologistik tizimlar
Makrologistik tizim – bu moddiy oqimlarni boshqarishning mamlakatning turli mintaqalarida yoki turli mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashkilotlari, turli idoralarning vositachilik, savdo va transport tashkilotlarini qamrab oluvchi yirik tizimidir. Bunday tizimning vazifalariga quyidagilar kiradi:
mahsulotni taqsimlashning umumiy konsepsiyasini ishlab chiqish; transport turlarini tanlash; moddiy oqimlar harakatining ratsional yo‘nalishlarini tanlash; moddiy oqimlarni optimallashtirishni hisobga olish bilan omborlar tizimi tarmog‘ini loyihalash va tashkil qilish va boshqalar. SHunday qilib, makrologistik tizim makonda taqsimlash, funksional-yo‘naltirilgan va tijorat tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. Mikrologistik tizimlar tagtizimlar – makrologistik tizimlarning tuzilmaviy tarkib toptiruvchilari bo‘lib hisoblanadi. Ularga turli ishlab chiqarish va savdo korxonalari, hududiy ishlab chiqarish majmualari kiradi. Moddiy-texnik resurslarni taqsimlash sxemasini tanlash va omborlar tarmog‘ini yaratishni mikrologistikaning eng muhim vazifalari deb atash lozim bo‘ladi. Mikrodarajada logistikaga firmaning strategik maqsadlari va asosiy operativ jarayonlarni optimallashtirish pozitsiyalaridan qaraladi. SHunday qilib, mikrologistik tizim o‘zida makonda konsentratsiyalangan, ob’ektga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish-tijorat tuzilmasini taqdim qiladi. Bunday tizimlar funksional mo‘ljallanishi bo‘yicha birinchi darajaning tizimlari (ishlab chiqarishni ham, tashqi kontaktlar va aloqalarni ham qamrab oladigan korxona logistikasi) va ikkinchi darajaning tizimlariga (rejalashtirish, ishlab chiqarish, sotish va ta’minot jarayonlarini integratsiyalaydigan ishlab chiqarishning ichidagi logistika) bo‘linadi.. Logistik tizimlar foydalaniladigan logistik zanjirlarning murakkabligi bo‘yicha to‘g‘ri bog‘lanishga ega bo‘lgan logistik tizimlar, qayishqoq tizimlar va eshelonlangan (ko‘p kaskadli) tizimlarga bo‘linadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling