22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish


Download 0.5 Mb.
bet9/24
Sana20.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1038412
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish (supply chain management, SCM) –bu yetkazib berishlar zanjirlarining ishtirokchilari uchun katta raqobat ustunligini ta’minlash maqsadida yetkazib berishlar zanjirlariga kiradigan barcha korxonalarni o‘zaro hamkorlik, samarali biznes-jarayonlar va axborotdan birgalikda foydalanishning yuqori darajasi asosida logistik integratsiyalash va boshqarishdir [6, 27-bet].
SCM ning asosiy maqsadi, xuddi logistikadagi kabi, bozorda, jumladan xalqaro bozorda biznes tashkilotining raqobatbardosh pozitsiyalarini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi.
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning ob’ekti sifatida ishtirokchilarning logistik funksional sikllari chiqadi. Ular yetkazib berishlar zanjirining iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vazifasiga javob beradigan operatsion tuzilmasini shakllantiradi. Funksional sikllarni makon va zamonda muvofiqlashtirishga logistik muvofiqlashtirish vositasida erishiladi.
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
– yetkazib berishlar zanjirlarida oqimli jarayonlarni rejalashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
– ishlab chiqarish bilan bog‘lanadigan moddiy oqimlarni tashkil qilish;
– axborot oqimini tashkil qilish;
– tayyor mahsulot oqimini shakllantirish (taqsimlash);
– vakolatlarni taqsimlash va etakchilikni o‘rnatish;
– xavf-xatarlar va mukofotlarni taqsimlash;
– yetkazib berishlar zanjirida ishonch munosabatlari bo‘yicha korporativ madaniyatni shakllantirish.
Zamonaviy sharoitlarda, xalqaro tavsiyalarni hisobga olish bilan SCM konsepsiyasiga nisbatan takomillashgan yondashuv maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi, uning mohiyati yetkazib berishlar zanjirining barcha qatnashchilariga (markaziy kompaniya, shuningdek yetkazib beruvchilar, vositachilar, iste’molchilar) ochiq tizimlar sifatida qaralishidan iborat bo‘ladi.
O‘z navbatida, mahsulot, moliya va axborot oqimlarini, shuningdek biznes-jarayonlarni boshqarish o‘zida 2.2 rasmda ko‘rsatilgan Deming–Shuxart siklini taqdim qiladi (PDCA: rejalashtirish – P, faoliyat – D, nazorat qilish – S va takomillashtirish – A) [16, 13-bet].
Bunda yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish (SCM) [16, 12-bet] mahsulot, axborot, moliya oqimlarini, shuningdek sakkizta biznes-jarayonlarni boshqarishga keltiriladi (2.2 rasm), aynan esa:
1) iste’molchi bilan o‘zaro munosabatlar;
2) iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish;
3) talab;
4) buyurtmalarni bajarish;
5) ishlab chiqarish oqimi;
6) ta’minot;
7) mahsulotni ishlab chiqish va uni foydalansa bo‘ladigan holatgacha etkazish;
8) qaytgan oqimlar.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling