22-variant topshiriq


Informatika fani va UNING predmeti


Download 0.79 Mb.
bet5/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1165917
TuriПрезентация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5208634555006719669

Informatika fani va UNING predmeti

Insoniyat o’z tarixi davomida 5 ta axborot revolyutsiyasini boshidan kechirgan:
Nutq paydo bo’lganda;
Yozuv kashf etilganda;
Kitob nashr qilish boshlanganda;
Telegraf va telefon kashf etilganda;
Kompyuterlar ixtiro qilinganda.
Har bir revolyutsiya jarayonida yangi axborot texnologiyalari paydo bo’lib, ular saqlanuvchi va uzatiluvchi axborot hajmini ortishiga xizmat ko’rsatgan.
XXI asrga kelib axborotning tarqalish tezligi va xajmi chegaralab bo’lmas darajada oshib ketdi. Shuningdek inson mehnatining ko’proq qismi moddiy ne’matlar ishlab chiqishga emas, balki axborotni qayta ishlashga qaratildi. Axborot qiymati foydali qazilmalar va boshqa moddiy ne’matlar qiymatidan oshib, jamiyat industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’ta boshladi. Hozirda jamiyatning barcha sohalarida axborot - zaruriy va qimmat baho hom-ashyo sifatida ishlatilmoqda. Axborotlarni qayta ishlash texnika va texnologiyalarini yaratuvchi fan – “Informatika” fani vujudga keldi.
Informatika” so`zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. "Informatika" ("Informatique") atamasi frantsuzcha "Information" (informatsiya) va "Automatique" (avtomatika) so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, fanga 20 asrning 60 yillarida Frantsiyada kiritilgan. Osha inglizcha so’zlashuvchi davlatlarda “Computer Science” atamasi ishlatilgan edi. Hozirda bu ikki atama bir biriga sinonim tarzda ishlatiladi.
Informatika - bu ma`lumotlarning umumiy hossalarini, strukturasini, ma`lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ifodalash, uzatish va inson faoliyatining har xil sohalarida qo`llashning usullarini, qonuniyatlarini va vositalarini o`rganuvchi texnik fan hisolanadi.
1978 yili Halqaro ilmiy kongress tomonidan "Informatika" tushinchasi ostida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlari (komp'yuterlar va ularning texnik-dasturiy ta`minoti) ni ishlab chiqish, yaratish, foydalanish va moddiy-texnik xizmat ko`rsatish, shu bilan birga inson faoliyatining barcha sohalarini komp'yuterlashtirishning tashkiliy, tijoriy, adminstrativ va sotsial-siyosiy aspektlari kabilarni tushinish kerakligi rasman e`lon qilindi.
Umumiy qilib aytganda “Informatika” fani - bu:ma`lumotlarni qayta ishlashning texnik qurilmalarini; ma`lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, uzatish va undan foydalanishning usul va uslublarini; ma`lumotlarni bir formadan boshqa formaga o`tkazish usul va uslublarini; ma`lumotlarni strukturasini va hossalarini o`rganuvchi va ularni tizimlashtiruvchi komplekslashgan ilmiy-texnik fan hisoblanadi.
Shunday qilib, “Informatika” – bu fan sifatida o`zining rivojlanish yo`lida komp'yuter texnikasiga tayanuvchi, qo`llanish sohasi juda keng bo`lgan ilmiy-texnik fan qisoblanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling