22-variant topshiriq


Download 0.79 Mb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1165917
TuriПрезентация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5208634555006719669

Tizimli tahlil. Bu yo`nalishda loyixalashtirilayotgan tizim tahlil qilinadi va uni qayerlarda ishlatish, qanday talablarga javob berishi aniqlanadi;
Komp'yuter grafikasi, animatsiya, multimedia vositalari;
Kommunikatsiya vositalari, shu bilan birga butun dunyodagi insonyatni yagona axborot jamiyatiga birlashtiruvchi - global komp'yuter tarmoqi ;
Xar hil sohalarga, masalan fan, ta`lim, meditsina, savdo, qishloq xo`jaligi va boshqa turdagi xo`jalik va jamiyat ish yuritish faoliyatiga tegishli ishlarni bajaruvchi amaliy va tizimli dasturlar yaratish [1, 25 p].
Odatda informatikani ikkita katta tarmoqdan tashkil topgan deyiladi:
Texnik vositalar;
Dasturiy vositalar.
Texnik vositalar, ya`ni komp'yuterniy apparat qurilmalari inglizchada "Hardware" so`zi bilan ifodalanadi va u aslida "qattiq buyum" ma`nosini anglatadi. Dasturiy vosatalarni esa inglizchada "Software" so`zi bilan ifodalanadi va uning asl ma`nosi "yumshoq buyum" degani. Fanda "Software" so`zi ostida komp'yuterlarning dasturiy ta`minoti tushiniladi.
Dasturiy ta`minot - bu komp'yuterda ishlatiladigan barcha dasturlar to`plamidir.
Informatikaning bu ikki umum qabul qilingan tarmog’i qatoriga yana bir tarmoqni, ya`ni "algoritmik vositalar" nomli tarmoqni qo`shishni Rossiyalik akademik Anatoliy Alekseyevich Dorodnitsin taklif qiladi va uni inglizchasiga "Brainware" (brain - intellekt, aql ma`nosini bildiradi) deb atash qabul qilinadi. Bu masalarlarni echishning algoritmlarini ishlab chiqish va uni qurishning usul va uslublarini o`rganadigan muqim tarmoq qisoblanadi.
Algoritm - bu berilgan masalani to`g’ri echimga olib keladigan, ma`lum qoida asosida berilgan amallarning chekli ketma-ketligidir. Algoritm masalani echish uchun avvaldan berilgan aniq va tushinarli ko`rsatma bo`lib, chekli amallar ketma ketligidan tashkil topadi. Masalalarni algoritmini tuzib olmasdan turib ularga dastur tuzish mumkin emas.
Jamiyat rivojida informatika fanining o`rni aloqida muqimdir. U bilan ma`lumotlarni to`plash, uzatish va qayta ishlash revolyutsiyasining boshlanishi bog’langan. Bu revolyutsiya ortidan esa modda va energiya egallash revolyutsiyasi amalga oshirildi. Bu o`z navbatida jamityat moddiy va manaviy ne`matlarini yaratishda katta imkoniyatlarni ochib berdi.
Komp'yuter texnikasi ishlab chiqishning o`sishi, informatsion tarmoqlarning rivojlanishi va yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi fan, ishlab chiqarish, ta`lim, meditsina va boshqa shunga o`xshash bir qancha sohalarning rivojlanishida birlamchi omil bo`lib hizmat qildi va qilmoqda.

2).Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling