Bolg‘alash. Erkin bolg‘alashdagi qulayliklar va kamchiliklar. Asosiy bolg‘alash jarayonlari (cho‘ktirish, cho‘zilish, chopish, bukish, burab qo‘yish). Rejasi
Download 1.41 Mb.
|
4- маруза
BOLG‘ALASH. ERKIN BOLG‘ALASHDAGI QULAYLIKLAR VA KAMCHILIKLAR. ASOSIY BOLG‘ALASH JARAYONLARI (CHO‘KTIRISH, CHO‘ZILISH, CHOPISH, BUKISH, BURAB QO‘YISH). REJASI: 1. Cho’ktirish, cho’zish, chopish, bukish, burab qo’yish. 2.CHo’ktirishning asosiy qoidalari.Jihoz tanlash. Cho’ktirish, cho’zish, chopish, bukish, burab qo’yish. Bosim ostida ishlash juda murakkab jarayon bo’lib, buyumni tashqi va ichida fizik va mexanik o’zgarishlarga olib keladi. Detal tashqi kuch ta’sirida avval elastik, so’ng plastik deformatsiyalanadi. Metallning deformatsiyalanish xossasi orqali sanoatda turli xil detallar ishlab chiqariladi. Avvallo deformatsiya tushunchasi to’g’risida fikr yuritsak, bu – jismga tashqi va ichki kuchlar ta’siri natijasida uning shaklini o’zgartirishi tushiniladi. Yuqorida aytib o’tilgan tashqi kuchlar jismga ta’sir ettirish jarayoni to’xtatilsa, olib tashlansa, u o’zining boshlang’ich holatiga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deb ataladi. Misol: zagotovkaga kuch ta’sir ettirsak, u shaklini o’zgartiradi. Shu bilan birga metall tashkil etgan donlar ham o’z navbatida sinadi, buriladi, egiladi va xakozo. Elastik deformatsiyada metal atomlari atomlar orasidagi masofadan kichikroq miqdorga siljiydi va tashqi kuch olingandan so’ng avvalgi holatiga qaytadi. 1-rasm. Deformatsiyalanishda metal strukturasini o’zgarishi. Metallga ta’sir etuvchi kuchlar olib tashlangandan so’ng ham o’zining dastlabki shaklini tiklamasa, bunday deformatsiya plastik deformatsiya deb ataladi. Metallarda hosil bo’ladigan plastik deformatsiya jarayonida metallning yuza qismida buzilishlar: ichki va tashqi yoriqlar bo’lmasligi ta’minlanishi zarur. Plastik deformatsiyada hisobiga atomlar orasidagi masofadan katta miqdorga siljiydilar va tashqi kuch olingandan so’ng ham avvalgi holatini saqlaydilar. Jismni shakli va o’lchamlarini uzgarishi jismni butunligini saqlaydi.(jismda yoriqlar, uzuqlar sodir bo’lmaydi). Metallning plastik deformatsiyalanish xususiyatidan ishlab chiqarishda mashina va mexanizmlarni detallarini tayyorlashda keng foydalaniladi. Bolg’alash jarayoni ham plastik deformatsiyaga asoslangan bo’lib, metallga ta’sir etuvchi kuch bolg’a yoki unga ta’sir etuvchi preslar hisoblanadi. Bolg’a va presslarda metallarga ishlov berilganda metall yuzasida yoriqlar paydo bo’lmasdan uning shakli o’zgaradi. Jrayonni olib borishda metallning hajmi o’zzgarmay balki uning ichki strukturasi,tashkil etgan donlar orasidagi masofa o’zgaradi. Ushbu xolatlarni quyidagi rasm orqali ko’rish mumkin. a) Har-xil yo’nalgan donlar deformatsiyasi. b) Deformatsiya yo’nalishida donlarning ishqalanishi. v) Yo’naltirilgan deformatsiyani shakllanishi. Detallar ishlatish jarayonida ularga ichki kuchlar ta’sir etadi. Ushbu kuchlar detalga ish vaqtida turli xil ko’rinishda ta’sir etadi natijada detalni cho’zishi yoki siqishi, egishi yoki burishi mumkin. Buning uchun ishlatiladigan material statik va dinamik kuchlarga bardosh bera oladigan material tanlash kerakligi ta’minlanadi. Avvallo metallni ushbu ko’rsatkichlarini ta’minlash uning mustahkamligi va maksimal yuklanishga chidamliligini keltirish mumkin. Buning uchun detal ushbu ko’rsatkichlarni qanoatlantirishi bilish uchun qo’shimcha tajriba sinov o’tkaziladi. Sinov turi va uni o’tkazish xarakteri detal texnik shartlarida va ishchi chizmasida ko’rsatiladi. Mexanik sinov vaqtida qo’yidagi ko’rsatkichlar turi: metallarni tortilishga, zarbiy egilishga va bog’lanishga, qattiqlikka va issiqbardoshlikka chidamligini keltirish mumkin. Metallarga ta’sir etuvchi ichki kuchlar uning deformatsiyalashi hisobiga shaklini o’zgartiradi. Materialga kichik bo’lgan kuch bilan ta’sir etishda metalni tashkil etgan kristal panjara atomlari orasidagi masofa kengayadi, agar kuch ta’sir etirish jarayoni qaytarilsa metalni deformatsiyalanish holati yo’qoladi va material boshlang’ich, kuch ta’sir etirmagan holatga qaytadi. Normal temperaturada metallning deformatsiyasi uch bosqichdan; elastik va plastik diformatsiyalardan hamda yemirilishdan iborat bo’ladi. Yuqoridagi keltirilgan fikrlarni tushunishimiz uchun qo’yidagi misolni keltirib o’tamiz. Masalan, po’lat prujina siqilsa, uning shakli o’zgaradi, ya’ni demormatsiyalanadi, bu prujina qo’yib yuborilsa, yani avvalgi vaziyatiga keladi, uning deformatsiyasi yo’qoladi. Ana shu deformatsiya elastik deformatsiya bo’ladi. Prujina siqilganda po’latning kristall panjarasi o’zgaradi, prujina qo’yib yuborilgandan keyin esa kristall panjara yana asli holiga keladi. Egish natijasida sezilarli darajada plastik sinadigan mo’rt materiallar, masalan, cho’yan, toblangan po’lat va boshqalarning egilishdagi aniqlanadi. Kam uglerodli po’lat, mis va boshqalarning esa egilishdagi mustaxkamlik chegarasini aniqlab bo’lmaydi, chunki ular har qancha egilgani bilan, baribir, sinmay, plastik deformatsiyalanaveradi. Plastik materiallar uchun eguvchi momentlarning tegishli salqiliklarga nisbatiga aniqlanadi. Egilishdagi mustaxkamligi sinaladigan doiraviy yoki to’g’ri to’rt burchak kesimli namuna ikki (A va B tayanchga o’rnatilib,o’rtasiga (5-rasm) nagruzka ta’sir ettiriladi. 5 rasm.Metallarga egilishdagi kuch ta’siri. Binobarin, Eng katta eguvchi momentning namuna ko’ndalang kesimi qarshilik momentiga nisbati shu namunaning egilishdagi mustaxkamlik chegarasi deb ataladi. Namunalarning buralishidagi mustaxkamligini sinashda proportsionallik chegarasi, elastiklik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, mustaxkamlik chegarasi aniqlanadi. 6-rasm. Metall va qotishmalarning buralishdagi deformatsiyasi sxemasi. Namununing burilishdagi mustaxkamligini sinashda metall ko’ndalang kesimlarining diametrlari to’g’riligicha qoladi va tsilindirik shakli saklanadi, kuch ta’siri davomida bo’yin hosil bo’lmaydi, bu hol kuchlanishlarni va deformatsiyalarni aniq hisoblab topishga imkon beradi. Buralishdagi proportsionallik chegarasi. Proportsionallik buzila boshlash paytidagi burovchi momentning buralishdagi qarshilik momentiga nisbati buralishdagi proportsionallik chegarasi deb ataladi. Agar zagatovkaga kuch ta’sir etirilsa, kuch ta’sirida metallni tashkil etgan kristal panjaralari atomlari orasidagi masofa atomlararo masofaga siljiydi, boshqacha aytganda atomlari boshqa turg’un joyni egallaydi. Kuch ta’sir etirish jarayoni to’xtatilgandan so’ng esa, atomlar oldingi holatga qaytmaydi, aksincha, yangi turg’un holatga o’tadi. Shuningdek, paydo bo’lgan deformatsiya yo’qolmaydi, bunday deformatsiya plastik deformatsiya deb ataladi. Metalda plastik deformatsiya shu metallga ta’sir ettirilgan nagruzka elastiklik chegarasidan ortgandagina vujudga keladi. Bosim bilan ishlov berish jarayonida metall hajmiy yuklanish xolatida, shuningdek deformatsiyalanuvchi jism yassi ta’sir etuvchi kuch xolatida ham bo’ladi. Deformatsiya kuchsizroq bo’lganda dastlab siljish yo’nalishiga nisbatan eng qulay joylashgan tekisliklardagi atomlar sirpana boshlaydi, deformatsiya kuchaya borgan sari boshqa tekistliklardagi atomlar xam sirpanadi. Avvalo, qattiq jismga kuch ta’sir etgan qismlardagi atomlar deformatsiyalanadi. Shundan keyin buttun yuza bo’ylab kuch ta’siri namoyon bo’ladi va deformatsiya yuzalarga tarqaladi. Shunday qilib, deformatsiya protsessi butun monokristal buylab birin-ketin tarqaladi. Amaliyotda kristallarni umumiy deformatsiyalanishi kabi metall va qotishmalarda ham ikki hil deformatsiyalanish turi o’rganiladi. Bu deformatsiyalar metallarni tashkil etgan kristallararo va kristall ichida sodir bo’ladi. Ikkilamchi kristal donlar paydo bo’lishi va ular ishqalanishi hisobiga sodir bo’luvchi deformatsiyaga kristall ichidagi deformatsiya deyiladi. Kristallar ma’lum burchakka burilish va donlarning biri-biri bilan aralashishi xisobiga amalga oshadigan deformatsiya kristallararo deformatsiya deb ataladi. Bosim bilan ishlov berish natijasida metallning tashkil etgan kristal panjaralarda donlar metalning kuch ta’sir etmagan qismi bo’ylab itariladi. Metallga ta’sir etuvchi yuklanish ortishi xisobiga metall tuzilishida buzilishlar xosil bo’lib metallda yoriqlar paydo bo’ladi. Shning uchun metallarni bosim bilan ishlov berish vaqtida plastik deformatsiya sodir bo’lishi uchun deformatsiyalanish chegarasini bilish kerak. Aks holda metallda buzilishlar hosil bo’ladi. Buning sababi metallning elastiklik xossalari atomlararo ta’sir kuchlaridan kelib chiqadi, shuning uchun metall kuch ta’sir etirilganda elastiklik moduli pasayadi, chunki yuklanishning ortishi natijasida metallning kristall panjarasidagi atomlararo masofa katalashishi hisobiga atomlarning o’zaro tortishuv kuchi zaiflashadi. Metallarni bosim bilan ishlashda kristallanish hisobiga mustahkamlanuvchi va qayta tiklanish jarayonlari sodir bo’ladi. Natijada ikki usulning qo’llanishida shtamplash ikki qismga bo’linadi. -issiq holatda shtamplash, -to’la issiq bo’lmagan holatda shtamplash; -to’la sovuq holatda bo’lmagan shtamplash; -sovuq holatda shtamplash. Metallarni sovuq holda plasitik deformatsiyalashda metall strukturaasida o’zgarish hosil bo’ladi, kristal panjaradagi donlar kichiklashadi va yassilanish hisobiga teksturalanish hosil bo’ladi. Ushbu jarayonda metall qatiqligi, oquvchanligi, mustaxkamligi ortadi, plastiklishgi va zarbga bardoshligi esa kamayadi, elektr o’tkazuvchanlik va magnitlanish hodisasi o’zgaradi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling