SUYAK SINGANDA BIRINCHI TEZ YORDAM KO’RSATISH Suyak sinishi va travmatik shok TO’G’RISIDA tushuncha. - Odam keskin harakatlar qilganida, zarb yeganida, balandlikdan yiqilib tushganida suyaklari sinadi.
- Suyaklar sinishi yopiq va ochiq bo'lishi mumkin. Yopiq suyak siniqlarida teR qoplamlarining Butunligi buzilmaydi,ochiq suyak siniqlarida suyak singan joyda jarohat bo'ladi. Suyaklarning ochiq sinishi hammaSIdan ko'ra xavftiroqdir.
- Suyaklar singanda suyak bo'laklari surilib ketgan yoki surilmay turgan bo'lishi mumkin
Suyak sinishlarining asosiy belgilari Suyak singan joyning og'rib,shishib ketishi, Qon talash bo'lishi Odatdan tashqari tarzda harakatlanadigan bo'lib qolishi, Suyak ochiq singan paytda jarohatda suyak bo'laklari ko'rinib turishi mumkin Qo’l oyoq suyaklari singanida qo’l yoki oyoq kalta tortib, singan joyi qiyshayib qoladi. SHOK HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHA SHOK HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHA - Shok (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tugʻdiruvchi holat; haddan tashqari kuchli taʼsirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Koʻpincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli roʻy beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, baʼzan oʻzining ogʻir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, oʻrnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin boʻladi). Keyinchalik es-hushi joyida boʻlsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq boʻlib qoladi. Ogʻriqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib,tana harorati pasayadi, terisi muzdek boʻlib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna boʻladi, baʼzan qayt qiladi. Shok (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tugʻdiruvchi holat; haddan tashqari kuchli taʼsirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Koʻpincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli roʻy beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, baʼzan oʻzining ogʻir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, oʻrnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin boʻladi). Keyinchalik es-hushi joyida boʻlsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq boʻlib qoladi. Ogʻriqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib,tana harorati pasayadi, terisi muzdek boʻlib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna boʻladi, baʼzan qayt qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |