221-guruh talabasi qayumov shuhruxning pedagogika fanidan taqdimoti


Download 12.37 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi12.37 Kb.
#1838919
1   2   3   4
Bog'liq
221-guruh talabasi QAYUMOV SHUHRUXNING pedagogika fanidan taqdimoti

Dаrsning turlаri vа tuzilishi. Dаrsning quyidаgi turlаri mаvjud:
  • Аrаlаsh (kоmbinаtsiоn dаrs).
  • Yangi bilimlаrni bаyon qilish dаrsi.
  • O’rgаnilgаnlаrini tаkrоrlаsh vа mustаhkаmlаsh dаrsi.
  • O’quvchilаrning bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish dаrsi.
  • Lаbоrаtоriya dаrslаri.

  • Аmаliy dаrslаr.

Pedagogik diagnostika va diagnostikalash.
Pedagogik diagnostikaning shakllanish va rivojlanish tarixi. 0 ‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o‘zlikm anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlaming xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan o‘quvchi va talabalar qobiliyatlari, iste'dodlarini, ichki imkoniyatlarini, o‘ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni talab etadi.
Diagnostika - {yunon tilida: «dia» — «shaffof», «gnozifi»-«bilim» degan ma'noni bildiradi) o’rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon togrisida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. «Pedagogik diagnostika» atamasi birinchi bor 1968 yili nemis olimi Karlxaynts Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi. Pedagogik diagnostika yordamida jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta'lim-tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi.
Pedagogik diagnostika
Pedagogik diagnostikaning vazifalari
 
Pedagogik diagnostika:
Birinchidan, individual ta’lim jarayonini jadallashtiradi;
Ikkinchidan, pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilarning bilim natijalarini va ta’lim sifati darajasini aniqlab beradi;
Uchinchidan, o‘qitish ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni minimum darajaga keltirishga yordam beradi;
To‘rtinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o‘quvchi- talabaning sinfdan-sinfga (kursdan-kursga) o‘tishida, mutaxassislikka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi.
Keyingi yillarda pedagogik diagnostika quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga olmoqda:
  • Analitik-ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishda ta’limda yaratilgan sharoit va natijalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning sabablarini o‘rganish;
  • O‘z-o‘zini diagnostikalash – o‘quvchi-talabaning o‘zlashtirish darajasi, tarbiya topganligi va rivojlanish komponentini aniqlash;
  • Baholash – pedagogik jarayon qatnashchilari faoliyatidagi miqdor-sifat baho ko‘rsatkichlarni bashorat qilish;
  • Korreksiyalash – o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni minimum holatga keltirish;


Download 12.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling