221-guruh talabasi qayumov shuhruxning pedagogika fanidan taqdimoti


Download 12.37 Kb.
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi12.37 Kb.
#1838919
1   2   3   4
Bog'liq
221-guruh talabasi QAYUMOV SHUHRUXNING pedagogika fanidan taqdimoti

Pedagogik diagnostika
Amaliy xulosalar yasash
Faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish
Faoliyat natijalarini sarhisob qilish
Bo‘sh yoki muvaffaqiyatli o‘rinlarni belgilash
Ta’lim-tarbiyani demokratizatsiya va modernizatsiya qilishda, ta’limni differensiyalashda aniq tahliliy axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’limdagi kamchilik, bo‘sh tomonlar va kuchli tomonlarni aniqlash asosida uni takomillashtirib borish imkonini beradi. Ta’lim muassasasi uchun qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, ahvolga aniq baho berish va boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish funksiyalari diagnostikaning asosi hisoblanadi. Pedagogik diagnostikaning bosh funksiyasi ta’lim-tarbiya jarayonida qayta aloqa funksiyasidir. Ta’lim-tarbiyaning ma’lum etaplarida tarbiyalanganlik va bilimdonlik haqida olingan axborotlarni tahlil etish, kelgusida ta’lim-tarbiya jarayonini konstruksiyalashga, avvalgiga nisbatan o‘zgarishlarni solishtirsh imkonini beradi.
Ta’lim olganlikni tashxis qilish. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Download 12.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling