•
iste’molchilar orasida, hatto uni rivojlantirishga to‘g‘ri yondoshilgan
holda ham, mahsulot muvaffaqiyatining kafolati yo‘qligi.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish bosqichlari
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonidan oldingi
bosqichda korxonaning
bozorda o‘zini tutishi strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunga bozorni ehtiyotkorlik
bilan segmentatsiyalash, iste’mol- chilarning
maqsadli guruhlarini aniqlash,
ularning ehtiyojlarini aniqlash va mahsulotni joylashtirish konsepsiyasini
ishlab chiqish kiradi.
Bu erda Internet iste’molchilarning ehtiyojlarini
aniqlashda bebaho
yordam berishi mumkin. Odatda, iste’molchilar mahsulotdan qanday
foydalanishlari yoki qanday funksiyalar yoki
funktiyalarni yaxshilashni
istashlari haqida ma’lumot olish uchun kompaniyalar fokus-guruhlarga
murojaat qilishadi (fokus guruh - bu birgalikda aniq bir mavzuni muhokama
qilish uchun so‘rov o‘tkaziladigan 8-10 kishidan iborat ma’lum guruh,).
Shundan so‘ng kompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi mahsulotlarni ishlab
chiqishga o‘tishga tayyor. Innovatsion ja- rayon deb ham ataladigan bu jarayon
olti bosqichdan iborat:
•
yangi mahsulotlar haqida g‘oyalarni qidirish;
•
g‘oyalarni tanlash;
•
yangi mahsulot g‘oyasini tijoratlashtirishning
iqtisodiy tahlili;
•
mahsulotni ishlab chiqish;
•
bozor sharoitida mahsulotni sinovdan o‘tkazish,
uni si- novdan
o‘tkazish;
•
xulosa, tovarlarni bozorga chiqarish.
Amalda, har qanday g‘oyaning belgilangan yo‘nalishda bo‘lish ehtimoli
juda kichik. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dastlabki takliflarning juda oz
qismi oxiriga yetadi. Faqat bir nechta g‘oyalar
barcha bosqichlarni bosib
o‘tishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: