23 bilet Savol lokomativ parklaridan foydalanishning teskor tahlili
Download 1.25 Mb.
|
23 bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1SAVOLGA JOVOB 4.4.3. Lokomotiv parklari ishlarini rejalashtirish va tezkor taqsimoti
23 bilet Savol 1.lokomativ parklaridan foydalanishning teskor tahlili 2.lokomotivlarga hizmat ko`rsatish uchastkalari uzunliklari va poyezdlar tuzish rejasing bog`liqligi. 3.poyezdlar tuzish rejasining qulay varyantini aniqlsh. 1SAVOLGA JOVOB 4.4.3. Lokomotiv parklari ishlarini rejalashtirish va tezkor taqsimoti Lokomotiv parklarining ishini tezkor rejalashtirish o‘z ichiga yuk poyezdlari harakat miqdori va lokomotivlar parki me’yorlarini belgilash, poyezd va yuk ishlarining sutkalik rejasi va smena topshiriqlarini tuzishni oladi. Temir yo‘llarning tashishlar xizmati amaldagi poyezdlar harakat grafigi va vagon oqimlarining tebranishining taxlili asosida lokomotiv brigadalarining har bir ishlash uchastkalari uchun 50-70 foiz doimiy aylanishdagi poyezdlarni raqamli kiritish harakat miqdorlarining ikkiuch variantlarini ishlab chiqadi. Lokomotivlardan foydalanish parkining me’yorlarini MTU chegarasida xizmat ko‘rsatuvchi depolar uchun, MTU boshlig‘i belgilab beradi. Bir nechta lokomotivlari MTUlarda aylanadigan depolar uchun esa ushbu me’yorlar tashishlar xizmati boshlig‘i tomonidan belgilab beriladi. Lokomotiv va lokomotiv brigadalariga bo‘lgan talab, poyezdlarni va vagonlarni qo‘shni temir yo‘llarga berish miqdoridan kelib chiqqan holdagi hisoblar asosida belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar poyezd ishlarining sutkalik ish rejasi uchun nisbatan kerakli qismi hisoblanadi va u tashishlar xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va hisobot sutkasini boshlanishidan 3 soat oldin MTU tomonidan e’lon qilinadi. Ba’zi temir yo‘llarda poyezd va vagonlarni sutkalarga taqsimlagan holda uzatilishini uch sutkalik tizimi kiritilgan. Sutkalik rejalar soat 17:00 kech qolmasdan lokomotiv deposi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish punktlariga, stansiyalarga va konduktorlik zaxiralariga ma’lum qilinadi. Poyezd ishlari rejasi lokomotivlardan nisbatan samarali foydalanish mumkinligi hisobi bilan tuziladi. Zamonaviy lokomotivlarning katta uzilmasdan reyslarni amalga oshirish imkoniyatlari poyezdlar tuzish rejasi ishlab chiqilayotganda hisobga olinishi lozim, chunki ular asosida poyezdlar harakat grafiklari ishlab chiqiladi. Poyezd ishlarni rejalashtirish va lokomotiv parklarini tartibga solish quyidagi holatlardan tashkil topadi. Tezkor rejalashtirishning asosini temir yo‘llar va MTUlar poyezd ishlari rejasi tashkil etadi. Rejalarni ishlab chiqish uchun foydalanish ishlarining oylik texnik me’yorlari, tezkor topshiriqlar, poyezdlar harakat grafigi, yo‘nalishlarda yuzaga kelgan vagon oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. MTUning poyezd ishlari rejasi (harakat miqdorlari variantlari) stansiya, lokomotiv deposi, lokomotiv brigadalarining almashish punkti va boshqa aloqador korxonalar rahbarlari tomonidan e’lon qilinadi. Brigadalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan uchastkalar bo‘yicha harakat variantlari uchun lokomotivlar parki, poyezdlar harakat grafigi asosida tuzilgan, aylanish vedomosti ma’lumotlari bo‘yicha hisoblangan bir juft poyezd uchun talab koeffitsienti bo‘yicha aniqlanadi. Yo‘nalish yoki xizmat ko‘rsatish zonalari uchun lokomotivlardan foydalanish parki MTU va temir yo‘llar uchun hisoblangan lokomotivlar parkini brigadalar tomonidan xizmat ko‘rsatish uchastkalari bo‘yicha yig‘indisi orqali aniqlanadi. Temir yo‘l yo‘nalishlariga ikki temir yo‘llar yoki bir temir yo‘llarning bir nechta depolari lokomotivlari tomonidan xizmat ko‘rsatilishida hisoblab topilgan lokomotivlar parki ular orasida temir yo‘llarning lokomotiv xo‘jaligi tomonidan taqsimlanadi. Aloxida e’tiborni lokomotivlarni chegara stansiyalari, temir yo‘llar yoki MTUlar bo‘yicha boshma – bosh ayrboshlash tamoyiliga qaratish lozim. Bu esa o‘z navbatida bitta aylanish uchastkasida lokomotiv larparkidagi ortiqcha lokomotivlarni yig‘ilib qolishi va boshqasida yetishmay qolishi oldini oladi. Sutkalik reja va smena topshiriqlarida quyidagilar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim: chegara punktlari, temir yo‘llar va MTU lar o‘rtasida lokomotivlarni almashtirish; lokomotivlarni ro‘yxatga olingan deposiga texnik xizmat ko‘rsatish (TO-2, TO-3) uchun va reja bo‘yicha ta’mirlashishlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun qaytib kelishi lokomotivlarni temir yo‘l zaxirasiga o‘tkazilishi (bir sutkadan kam bo‘lmagan muddatga) yoki ko‘rsatilgan zaxiradan olib foydalanishga topshirish. Lokomotivlarni texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashlarga yo‘naltirish, maxsus rejalar asosida aniqlanadi va unda lokomotivni texnik xizmat ko‘rsatish punktiga qo‘yilgan vaqti ko‘rsatiladi. Lokomotivlarni texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashga yo‘naltirish lokomotivni texnik xizmat ko‘rsatish punktiga qo‘yish va uni ro‘yxatga olingan depoga qaytish vaqti keltirilgan maxsus rejalar bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu rejalar MTUlarda poyezd ishlarini ta’minlash bo‘yicha sutkalik xamda smenali topshiriqlarga kiritiladi. Poyezd ishlari rejasiga mos ravishda lokomotiv brigadalariga bo‘lgan talablar aniqlanadi. Lokomotiv parklarini ishini bunday tartibda tezkor rejalashtirish va ishini tartibga solish va tashkil etish natijasida poyezdlar harakati va lokomotivlardan foydalanish rahbariyatini yagona texnologik jarayonga birlashtirish ta’minlanadi. Lokomotivlar berilishidan oldin yoki harakatdagi davrda xar xil sabablar tufayli ishdan chiqsa, u holda lokomotiv dispetcheri MTU bo‘yicha navbatchi, DNTs va depo bo‘yicha navbatchilar bilan birgalikda berilgan tashishlar hajmini ta’minlash choralarini ko‘radilar. Buning uchun temir yo‘l boshqarmasi zaxirasidagi lokomotivlardan foydalaniladi, poyezdlarni uchastkalardan o‘tkazish tezlashtiriladi, lokomotivlarni ekipirovkadan o‘tkazish vaqti qisqartiriladi, poyezdlarning og‘irlik me’yorlari ruxsat etilgan miqdorgacha oshiriladi va xakozolar. Lokomotivlar harakatini dispetcherlik tartibga solinishi poyezdlarni boshqarishning tejamkorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Poyezdlar harakatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan dispetcherlik tartibga solinishi lokomotiv brigadalariga poyezdlarni o‘tkazish shartlari to‘g‘risidagi, uncha yaxshi yo‘l profiliga ega bo‘lmagan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda poyezdlarni kesishtirish va quvib o‘tish amallarini qo‘llamaslik to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida yetkazilishini ko‘zda tutishi lozim. Poyezdlarni boshqarishning ratsional rejimlari harakatdagi poyezdning kinetik energiyadan maksimal foydalanishga asoslangan. Nafaqat to‘xtash, balki har bir tezlikni kamaytirish amali xam qo‘shimcha energetik sarflarni keltirib chiqaradi. Poyezdlarni qoniqarsiz o‘tkazish - poyezdlarni boshqarishning ratsional rejimidan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Harakatdagi poyezdni to‘xtatishda aniq bir miqdordagi kinetik energiya so‘nadi. Uni kerakli tezlikka chiqarish uchun yana kerakli miqdordagi elektrenergiyasi yoki yoqilg‘i sarfi talab etiladi. Shunday qilib, poyezdni to‘xtatishdagi shartli elektr energiyasi yoki yoqilg‘i sarfi to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Birinchi smenada va umuman sutka davomida stansiyalar bo‘yicha yetishmaydigan yoki ortiqcha lokomotivlar soni hisoblab topilgandan so‘ng. Ular orasidagi farqlari hisoblab topiladi va shu bilan birga har bir uchastka bo‘yicha yetishmaydigan lokomotivlarning ortiqcha lokomotivlarni olib kelishi uchun eng qisqa marshrutlari belgilab olinadi. 2 SAVOLGA JOVOB Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling