23-Mavzu- mehmonxona landshaftini yaratish. Mehmonxona landshaftini yaratishda installyasiya tushunchasi
Download 1.08 Mb.
|
23-Mehmonxona landshaftini yaratish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALGAMBRA VA GENERALIF BOGLARI
- Italiyada uygonish va barokko davri (Terrasalar parki).
- Italiya. Villa. YAshil shpaler
- Frantsiyani uygonish va barokko davrlarining boglari. (regulyar parklar).
23-Mavzu- Mehmonxona landshaftini yaratish. Mehmonxona landshaftini yaratishda installyasiya tushunchasi. Algambra ansambliga kirish portal va daraxtlar Qatori bilan bezatilgan. Portalning orQasida ansamblning asosiy hovlisi (47 x 33 m) joylashgan Mirt hovlisidagi hovuzda ikkita oddiy favvora bilan bezatilgan, jonli butalar yuQoridan chiroyli ko‘rinib turadi. Hovli alebastrdan Qilingan kolonnalar bilan bezatilgan, hovuz suvida sokinlik namoyon etadi. Hovli orQasida SHerlar hovlisi, tosh plitalar yotQizilgan. Bu hovli tor kanallar va markazda favvora bilan bezatilgan. Hovli engil arklar va kolonnalar bilan o‘ralgan. Bogda 6ta apelsin daraxtlari o‘sib yotibdi. Favvoraning pastki Qismini 12 ta marmar sher o‘ragan. Uchinchi hovli bogi Darakasa bogi yoki Reshetki bogi deb atalgan. Bu bogda atirgullar, jasmin, olendar va apelsin daraxtlar o‘sadi (ill. jadv.7, 1, 2 rasm). ALGAMBRA VA GENERALIF BOGLARI Generalif bogi (tarjimada Me’moriy bog) – Mavritan amirlarining yozgi rezidentsiyasi bo‘lgan. U tepalikda algambradan 150 m tepaga ko‘tariluvchi terrasalar shaklida joylashgan Generalif boglari OQ marmarli suv to‘ldirilgan uzunligi 40 m li kanalli hovlisi bor. Kanalning ikki tarafidan suv favvoralari otilib turgan. Kanalning har bir tomonida nuQta-nuQta shaklida o‘tkazilgan gullar o‘sgan, bu gullar yil fasllariga Qarab yoki bog egasiniing ko‘ngliga Qarab o‘zgartirib turilgan. Kanal atrofidagi ikkinchi Qator butalar (magnoliya, jasmin va boshQalar) joylashgan. Kanal uchinchi Qatori esa ochiQ muhitdan iborat baland devorlar bo‘lgan. Arablar Prieney yarim orolidan ketganidan so‘ng arab arxitekturasi an’analari saQlanib Qolib, muderax stili nomini olgan. Arab bog-park san’atida Quyidagi xarakterli xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin: yopiQ muhitda turli to‘siQlarni umumiy kompozitsiyaga aktiv Qo‘ygan holda geometrik rejalashtirish; bo‘ysundirilgan xalQlarning bog-park san’atini assimilatsiyasi; dekorativ Qurilmalar (haykal, balyustradalar)ning cheklangan Qo‘llanishi; ansamblning asosiy elemenlar siftida relef (terrasalar), o‘simliklar (kesish) va suv (suv Qurilmalarining nozik echimi); o‘simliklarning individual xususiyatlarini hisobga olish. Italiyada uygonish va barokko davri (Terrasalar parki). O‘rta asrlar o‘rniga “uygonish davri” keldi. Italiyada burjuaziyaning tez o‘sishi XVI asr boshlarida uning Toskaniya yirik shaharlarida ko‘pchilikni tashkil etishiga olib keldi. AyniQsa Florensiyada Italiyaning yirik sanoat markazida uning o‘rni kuchli edi. Bir vaQtda san’atning barcha turlari, shu bilan birga landshaft arxitekturasi ham rivojlandi. Florensiya villalari boglari Italiya bog-park san’ati rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. O‘rta asrlarda yopiQ va sxematik hovli kompozitsiyasi o‘rniga hayotsevar, tabiat bilan boglangan bog shakli yuzaga keldi. Dastlab villa boglari yagona kompozitsion ma’noga ega bo‘lmagan. Bunday xulosaga Boboli villasining tarxiy echimiga Qarab kelish mumkin. Villada yagona tarxiy echim yo`Q bo‘lib, parkning har bir hududi alohida tarxiy echimga ega. Bu park xududining har xil vaQtda Qisman o‘zlashtirilganidan darak beradi. Italiya. Villa. YAshil shpaler 1530 yildan boshlab xuddi arxitekturadagidek Barokko stili tugildi. Italiyadagi barokkoning eng taniQli villalaridan Borgoze va Aldobarandini (1598-1603 yillar) villalarini ko‘rsatish mumkin. Bu davr boglari yaratuvchilari fontanlar va kaskadlardan rangtasvirli bezatish usulidan ustalik bilan foydalanib, san’atlarning o‘ziga xos sinteziga erishganlar. Frantsiyani uygonish va barokko davrlarining boglari. (regulyar parklar). Frantsiyada uygonish davri XV asarning 2-yarmidan XVIII asrning boshigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Frantsiya landshafti asosan tekisliklardan va bargli daraxtlardan iborat bo‘lgan. Frantsuz parklarida saroy yoki uy oldidagi asosiy joyi parterga ajratilgan, u yaxlit yoki QirQilgan gazondan iborat bo‘lgan. Ba’zan parterga gullar o‘tkazilgan yoki QirQilgan daraxtlr ekilgan yashiklar Qo‘yilgan. Parkning eng katta Qismini bosketlar, ya’ni yashil teatr labirint sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan. YOpiQ bosketlardan tashQari ochiQ ekinlar – kenkos ham tashkil etilgan. XVII asrning o‘rtasida bog-park san’ati park Qurilishi ustasi Andre Lenotr (1613-1700 yillar) ijodi bilan bogliQ. O‘zining uzoQ umri davomida Lenotr klassitsizm stilida Quyidagi parklari tuzdi va Qayta tikladi. Lenotr ijodining eng yorQin namoyondasi bo‘lib Lyudovikning Versal rezidentsiyasini ko‘rsatish mumkin . Bu park nafaQat bog-park san’atiga balki shaharsozlikka ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu park me’morchilik, haykaltaroshlik va bog-park san’atlarining ajoyib sintezidir. Lenotr park kompozitsiyasini “uch” asosiy nurda rejalashtirdi (19 rasm). Uch nur Katta kanalni tepasida uchrashadi va parkni uch Qismga bo‘ladi: saroy yuzasidagi parterga, asosiy nurni ikki tomonlariga joylashgan bosketlarga va ko‘kalamzorlarga. Asosiy nurning atrofida juda katta yashil gilam (25 x 330) loyihalangan. U gilam Appollon basseynigacha davom etadi. Appolon basseynidan so‘ng Katta kanal boshlanadi va uning uzunligi 1600 m, eni esa 120 m. Parkda juda ko‘p ajoyib va katta suv parterlari va bosketlar loyihalangan (20 rasm). Parter va bosket atrofida daraxtlar va butalar “topiar” san’atida Qaychilanib kme’morchilik stilida yaratishgan. “Topiar” degani italiyalik Qaychilash ustozi bogbon Topiarius nomidan Qolgan san’atdir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling