23-Mavzu: Neft va gazni quvur orqali transport qilish. Reja: Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish. Gaz mahsulotlarini quvurda transport qilish


Gaz mahsulotlarini quvurda transport qilish


Download 24.93 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi24.93 Kb.
#1437325
1   2   3
Bog'liq
23-mavzu

Gaz mahsulotlarini quvurda transport qilish. 

Magistral gazoprovod tabiiy yoki hamrox neft gazlarini gaz yoki neft konlaridan isteʼmolchilarga tashishga moʼljallangan qurilmalar majmuidir.


Magistral gazoprovodlarning uzunligi bir necha oʼn kilometrdan bir necha ming kilometrga yetishi mumkin. Gazoprovod boʼyicha gazlarning harakat qatlam bosimi yoki gazoprovod boʼyicha joylashtirilgan kompressor stantsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Magistral gazoprovod murakkab qurilmalardan tashkil topgan va ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
- bosh qurilma;
- poʼlat truboprovod tarmoqlari bilan;
- kompressor stantsiyasi;
- gaz taqsimlash stantsiyasi;
- liniyali taʼmirlash uyi va falokat taʼmirlash punkti;
- liniyali va statsionar aloqa qurilmasi;
- katodli, protektorliva drenajli himoyalash qurilmasi;
- qoʼshimcha qurilmalar.
- bosh qurilmadan keyin tozalangan va quritilgan gaz magistral gazoprovodga oʼtadi. Magistral gazoprovod oʼzgarmas va oʼzgaruvchan diametrga ega boʼlishi mumkin. Ular bir trassa boʼyicha parallel yotqizilgan bir yoki bir-necha gazoprovodlardan tashkil topishi mumkin. Gazning ishchi bosimiga qarab magistraal gazoprovod past, oʼrtacha va yuqori bosimgacha (64 kg/sm2) boʼlishi mumkin.
- trassa boʼyicha gazoprovodning ayrim joylarini toʼxtatish uchun har 20-25 km da toʼxtatish armaturasi (liniyali kran yoki lukidon) oʼrnatiladi. Undan tashqari toʼxtatish qurilmalari gazoprovodlarning hamma tarmoqlariga ham oʼrnatiladi. Liniyali kran yaqiniga puflash (produvka) svechasi joylashadi. Gazoprovod trassa boʼyicha har 20-25 km da liniyali taʼmirlash uyi joylashadi.
- daryo botqoqlik, sunʼiy qurilmalar, ogʼir iqlimiy sharoitlar mavjud boʼlganda liniyali taʼmirlash uyi koʼproq (zichroq) joylashtiriladi. Liniyali taʼmirlovchilar yaqin kompressor stantsiyalar bilan telefon orqali aloqada boʼladi. Quvurlar metallarini korroziyadan himoyalash uchun katod yoki protektor himoyalashlar, tokdan himoyalash uchun esa elektrodrenaj himoyalash usuli qoʼllaniladi.
- gazlarning haydash xizmatini tashkil etish uchun gazoprovod boʼyicha selektor yoki yuqori chastotali aloqa qurilmasi oʼrnatiladi. Odatda, gazoprovod va uning tarmoqlari gaz taqsimlash stantsiyalari bilan tugallanadi.

Download 24.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling