23-mavzu. Nitrobirikmalar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana04.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1326732
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23-MAVZU. NITROBIRIKMALAR

Kimyoviy xossalari. Nitrogruppalarning kimyoviy xossalari molekulada 
nitrogruppa borligi tufayli yuzaga chiqadi. Nitrobirikmalarning eng muhim 
xossalaridan biri ularni qaytarganda aminobirikmalarga aylanishi hisoblanadi: 
Bu reaksiya nitrobirikmalardagi azot uglerod bilan to’g’ridan-to’g’ri 
birikkanligini ko’rsatadi. Nitrobirikmalarning izomerlari, ya’ni nitrit kislota efirlari 
qaytarilganda spirt hamda gidroksilamin yoki ammiak hosil bo’ladi. 
Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar molekulasidagi nitrogruppa bilan 
birikkan C-atomidagi vodorod metallarga almashina oladi. Masalan: nitroetan 


C
2
H
5
NO
2
va natriy etilatning spirtli eritmasi aralashtirilsa, C
2
H
4
NaNO
2
tarkibli 
kristall cho’kma hosil bo’ladi. Bunda tushgan kristall cho’kma – metalli hosila 
suvda oson eriydi va yaxshi dissotsiyalanadi va lakmus bilan tekshirilganda neytral 
reaksiya beradi, ya’ni ular kuchli kislotalarning tuzlaridir. 
Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar ishqorlarda tuz hosil qilib eriydi. 
Buning sababi ularning ikki xil tautomer shakl – neytral va psevdokislota shaklida 
mavjud bo’la olishligi hisoblanadi: 
Psevdokislotalar dissotsiatsiyaga uchraydilar, lekin ishqoriy metallar bilan 
tuz hosil qiladilar. Bu ularga o’yuvchi ishqor eritmasi ta’sir ettirilganda 
nitrogruppa bilan birikkan uglerod atomining vodorodi aktivlashishi va 
izonitrobirikma hosil qilishi bilan izohlanadi. Izonitrobirikmalar kuchli kislota 
xossasiga ega: 
Nitrobirikmalarning kislota shakli ko’pincha izonitrobirikmalar deb ataladi. 
Metalli hosilaga kislota qo’shilsa, kislota shakli hosil bo’ladi, u neytral holdagi 
nitrobirikmaga aylanadi (izomerlanadi). Uchlamchi nitrobirikmalarda nitrogruppa 
bilan bog’langan uglerodda H-atomi yo’q. Shuning uchun ularda bunday 
izomerlarning hodisasi kuzatilmaydi. 
Nitrogruppa bilan bevosita bog’langan ugleroddagi vodorod atomlari o’ta 
qo’zg’aluvchan bo’ladi. Shuning uchun birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar 
nitrit kislota, aldegidlar va boshqalar bilan reaksiyaga kirisha oladilar. Ikkilamchi 
nitrobirikmalar ham nitrit kislota bilan birikib, suv ajratib chiqaradi va 
psevdonitrollar hosil qiladi. Psevdonitrollarning efir va xloroformdagi eritmasi 
ko’k yoki binafsha ko’k rangli bo’ladi: 
Uchlamchi nitrobirikmalar nitrit kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. 
Nitrobirikmalarning nitrit kislota bilan sodir bo’ladigan reaksiyasidan ularning va 
boshqa moddalarning (spirt, galogenalkillar va boshqalarning) tuzilish formulasini 
aniqlashda foydalaniladi. Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar aldegidlar bilan 
reaksiyaga kirishib, nitrospirtlarni hosil qiladilar. Nitrometan formaldegid bilan 
reaksiyaga kirishib, trimetilol nitrometanni hosil qiladi: 


Trimetilolnitrometan emulgatorlar, portlovchi va yuvuvchi moddalar ishlab 
chiqarishda ishlatiladi. 
Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalarga kislota ta’sir etirilganda 
aldegidlar, ketonlar va kislotalarni hosil qiladi: 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling