23-mavzu. Nitrobirikmalar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1326732
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23-MAVZU. NITROBIRIKMALAR

n
H
2n+1
NO
2
yoki R–NO
2
umumiy 
formula bilan ifodalanadilar. Ular nitrit kislota efirlari R – O – N = O bilan 
izomer bo’lib, ulardan quydagi xususiyatlari bilan farq qiladilar. 
1. Nitrit kislota efirlari (alkilnitritlar) nitrobirikmalarga qaraganda past 
haroratda qaynaydilar. 
2. Nitrobirikmalar alkilnitritlariga qaraganda kuchli qutblanganlar va 
ularning dipol momentlari 
katta. 
3. Alkilnitritlar oson gidrolizlanadilar: 
4. Nitrobirikmalar qaytarilganda aminobirikmalar, alkil nitritlardan esa 
spirtlar va gidroksilamin hosil bo’ladi: 
Nitrobirikmalar yarim qutiblangan bog’lanish hosil qilib tuzilgan bo’lib, 
ularning tuzilishini quyidagi oktet formulalar bilan ifodalanshi mumkin: 
Nitrobirikmalarning tuzilishini yana quydagi formula ko’rinishida ifodalash 
mumkin: 
Nitrogruppaning tuzilish formulasiga ko’ra azot bilan birikkan kislorod 
atomining biri qo’shbog’, ikkinchisi esa faqat ikki elektron (ya’ni bu ikkala 
elektronni ham bitta azot atomi beradi) orqali bog’langan. Bu elektronlar kislorod 
elektronlar sonini oktetgacha to’ldiradi. Natijada kislorod atomi manfiy, azot atomi 
esa musbat zaryadlanib qoladi, chunki elektron jufti endi faqat azotga tegishli 
bo’lmaydi. Demak, ikkinchi kislorod azot bilan yarim qutblangan bog’ bilan 
(semipolar) bog’langan. 
Bunday bog’lanish yarimpolar (semipolar) bog’ deb ataladi. Semipolar 
bog’lanishli moddalarning dipol momenti katta bo’ladi. Ularning qaynash 
temperaturasi semipolar bog’ tutmagan izomerlarning qaynash temperaturasidan 
yuqoridir. Tekshirishlarning ko’rsatishicha, nitrobirikmalardagi ikkala kislorod 
atomlarining bog’lanish qiymati o’zaro tengdir. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling