24 Ma'ruza Lentali konveyerlarni hisoblash va loyihalash asoslari Ma'ruza rejasi


Download 65.69 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi65.69 Kb.
#1365707
  1   2   3   4
Bog'liq
24-Ma\'ruza (2)


24 - Ma'ruza

Lentali konveyerlarni hisoblash va loyihalash asoslari


Ma'ruza rejasi:





  1. Lentali konveyerlarda harakatga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlar;

  2. Lentali konveyerlar tortish kuchini aniqlash;

  3. Lentali konveyerlarda lentaning tarangligini hisoblash;

  4. Lentali konveyerlarda yuritkich quvvatini aniqlash.



Tayanch so‘z va iboralar: Qazish-yuklash, konveyer, lenta, unumdorlik koeffitsienti, konveyer, rolik, yurituvchi baraban, qarshilik.


Hisoblash uchun kerakli ma’lumotlar
Hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar ma’lum bo’lishi kerak:

  1. Qazish-yuklash mashinasi (ekskavator) ning alohida qoplama tog’ jinslari bo’yicha (Vvs , m3/soat) va alohida foydali qazilma bo’yicha unumdorligi (Qfq , t/soat);

  2. tashilayotgan yukning to’kma zichligi , (ts/m3);

  3. tashilayotgan yukning donadorligi;

  4. tashish masofasi L, m;

  5. tashish yo’lining yuqoriga yoki pastga qiyaligi burchagi (β, grad.) yoki boshlang’ich va oxirgi nuqtalar sathlari farqi (N, m);

  6. kar’erda qabul qilingan ish rejimi (bir yildagi ish kunlari soni, bir sutkadagi ish smenalari soni, smena davomiyligi).

Konveyer turi va ko’rsatgichlarini tanlash
Berilgan yuk oqimini ta’minlash va ishonchli ishlashi uchun konveyerlarni shunday tanlash kerakki, ularning parametrlari aniq kon-texnik sharoitlarda ishlatish talablarini to’la qanoatlantirishi kerak. Bunda unumdorlik, yuritma quvvati va tortish organi chidamliligi zaxiralari o’rnatilgan me’yorlardan ko’p oshmasligi kerak, aks holda yuk tashish tannarxi oshib ketadi.
Konveyer turi bizga ma’lum bo’lgan ekskavatorning ishlatish unumdorligidan kelib chiqib 3.1-jadval bo’yicha taxminan tanlanadi.
Bitta oqimdagi konveyer unumdorligi ekskavator unumdorligidan kam bo’lmasligi kerak, yig’ma konveyer unumdorligi esa o’ziga kelib tushayotgan yuk oqimlari unumdorliklari yig’indisidan kam bo’lmasligi kerak.
Tanlangan konveyerning aniq sharoitga mosligi unga o’rnatiladigan yuritmalar quvvati va soni aniqlangandan keyin ma’lum bo’ladi va tekshiruv hisoblari natijalariga ko’ra konveyer uzunligi belgilanadi.



Download 65.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling