24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi


Download 497.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi497.89 Kb.
#1381609
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 maruza

3. Spektral tahlil haqida tushuncha. Nurlanish va yutilish spektrlarini 
o'rganish moddalarning tarkibini aniqlashga imkon berishi haqida bayon qilindi. 
Shuningdek, spektral chiziqlarning yorqinligi mazkur elementning birikmadagi 
miqdorini aniqlashga imkon beradi. Nurlanish va yutilish spektrlariga muvofiq 
moddaning kimyoviy tarkibini o 'rganish usuli spektral tahlil deyiladi. 
Misol uchun spektrda sariq chiziq bo'ladigan bo'lsa, bu o'rganilayotgan modda 
tarkibida natriy borligini ko'rsatadi. Agar spektrda oldin ma'lum bo'lmagan chiziq 
ko'rinsa, bu yangi element kashf qilinganligining isbotidir. Spektral tahlil juda 
sezgir usul bo'lib, uning yordamida elementning 10
-10
g miqdorini ham aniqlash 
mumkin. Kimyoviy usullar bilan bunday kam miqdordagi moddani qayd 
qilishning mutlaqo iloji yo'q.
Spektral asboblar. Spektrning ko'rinish sohasini o'rganish uchun 
spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng 
sodda 
spektroskop 
1- 
rasmda 
ko'rsatilgan. 
Spektroskop kollimator — 1; prizmali ko'rish trubasi 
— 2; prizmali stolcha — 3; tirqish — 4; linza - 5; 
obyektiv — 6 va okulyar — 7 lardan tashkil topgan. 
Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga 
tushadi. U prizmadan o'tishdaturli ranglarga ajraladi 
va obyektiv, ko'rish trubasi orqali okulyar yordamida 
kuzatiladi. 
Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob spektrograf 
deb ataladi. 
Yanada takomillashgan, ya'ni uchinchi truba bilan ta'minlangan asbob 
spektrometr deb ataladi. 
Spektral tahlil qo'llanilishi. Spektral tahlil fan uchun muhim ahamiyatga 
ega. Ayniqsa, uning astronomiya uchun aha-miyati judayam katta. Osmon 
jismlarining tarkibi to'g'risida ma'lumot olishning yagona yo'li spektral tahlildir. 
Bu usul bilan Quyoshning, yulduzlarning va yulduz turkumining tarkiblari 
o'rganilgan, D.N.Mendeleyev elementlar jadvalining 25 ta elements kashf 
qilingan. Hozirgi paytda spektral tahlil geologiyada, metallurgiyada, kimyoda, 
tibbiyotda va hatto oziq-ovqat sanoatida ham keng qo'llaniladi. 

Download 497.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling