Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot Reja


Download 18.16 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi18.16 Kb.
#1144572
  1   2
Bog'liq
Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot


Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot

Reja:

  1. Fizik-kimyoviy tahlilning asosiy tushunchalari.

  2. Fizik-kimyoviy tahlilning afzalliklari

  3. Yorug‘likning yutilish konuniyatlari va yutilish spektrlarini ifodalash usullari.

Hozirgi zamon tasavvurlariga ko‘ra yorug‘lik ham zarracha, ham to‘lqin xususiyatiga ega. Boshqacha aytganda, tovush va suv yuzidagi to‘lqinlar uchun xos qonuniyatlarga yorug‘lik kam bo‘y so‘nadi. Suvga biror jism tashlansa, suvning shu joyidan har tomonga halqasimon to‘lqinlar tarqalishi ma’lum. Bunda tashlangan jismning kinetik energiyasi muhit (misolimizda suv) zarrachalarini tebranma harakatga keltiradi. Zarrachalarning tebranish yo‘nalishi to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyardir. Tovush to‘lqinlarida esa tebranish bilan tarqalish yo‘nalishi bir xil. Suv yuzasida tarqalayotgan to‘lqinlar uchun quyidagi kattaliklar xos: ikkita tepalik («o‘rkach»)yoki chuqurlik o‘rtasidagi masofa; to‘lqinning balandligi va uning tarqalish tezligi. Ikkita o‘rkach yoki chuqurlik orasidagi masofa to‘lqin uzunligi deyiladi va γ (lyambda) bilan belgilanadi. (Aslida to‘lqinning istalgan ikkita bir xil holati oralig‘ini to‘lqin uzunligi deyish mumkin.) Ariq suvidagi to‘lqinlar uzunligi uncha katta bo‘lmagani holda okean va dengizlar yuzasidagi to‘lqinlar uzunligi bir necha o‘n metrga etadi. To‘lqinning balandligi uning amplitudasi deyiladi. To‘lqin tarqalayotgan joydan sal yuqoriroqdagi bir nuqta belgilanib, shu nuqtadan bir sekundda o‘tgan balandlik yoki chuqurliklar (boshqacha aytganda, tebranishlar) soni aniqlansa, to‘lqin chastotasi topilgan bo‘ladi. CHastota odatda ν (nyu) harfi bilan ifodalanadi. CHastota birligi qilib gers qabul qilingan. Bir gers deganda to‘lqinning sekundiga bir marta tebranishiga aytiladi. To‘lqinning tezligi, uzunligi va chastotasi o‘zaro bir-biriga bog‘liq. Aytaylik, biror tovush to‘lqini manbaining chastotasi 200 ta bo‘lsin, ya’ni manba sekundiga 200 ta to‘lqin chiqarsin. To‘lqin bir sekundda bosib o‘tadigan masofa d ga teng, deylik. Tovush uchun d=338,4 metrga teng. SHundan qilib, shu masofada 200 to‘lqin joylashadi. U holda, bitta to‘lqinning uzunligi 1,692 metrga teng. Ko‘rinib turibdiki, to‘lqinning uzunligi γ ni topish uchun uning bir sekundda bosib o‘tadigan masofasini tebranishlar chastotasiga bo‘lish zarur. Tovush (umuman istalgan jism) sekundiga bosib o‘ta oladigan masofa uning tezligini bergani sababli γ= v bo‘ladi. Ushbu formula faqat tovush uchun emas, balki istalgan, masalan yorug‘lik to‘lqinlari uchun, ham to‘g‘ri keladi. U holda


S = γ V
kabi yozish mumkin.
Yorug‘lik va elektromagnit to‘lqinlari uchun S o‘zgarmasdir (300000 km/sek). Demak yuqoridagi tenglamaning chap tomoni o‘zgarmas ekanligi e’tiborga olinsa, γ bilan ν o‘zaro bir-biriga bog‘liqdigi kelib chiqadi. Tenglamaning o‘ng tomoni S ga teng bo‘lsin uchun  oshsa,  kamayishi zarur, va aksincha. SHunday qilib, to‘lqin uzunligi va chastota bir-biriga teskari proporsional kattaliklardir. Yorug‘lik-ko‘zga ko‘rinadigan nur. Bundan tashqari, inson ko‘zi sezmaydigan rentgen, ultrabinafsha, infraqizil nurlar va radioto‘lqinlar ham mavjud. Nurlarning barcha turlariga elektromagnit to‘lqinlar deyiladi. Turli xil nurlar to‘lqinlar uzunliklari ortib borishi tartibida joylashtirilsa, elektromagnit spektr hosil bo‘ladi. Bu spektr to‘lqin uzunligi bir necha yuz killometr bo‘lgan past chastotali to‘lqin (o‘zgaruvchan tok) bilan boshlanib, to‘lqin uzunligi santimetrning yuz milliondan bir ulushiga teng bo‘lgan gamma-nurlar bilan tugaydi. Ushbu 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, radio to‘lqinlarning o‘zi uchta guruhga ajratiladi. To‘lqin uzunligi eng katta (105sm) bo‘lgan radio to‘lqinlarning chastotasi yuqoridagi tenglamaga ko‘ra hisoblanadi. Tenglamadan bu to‘lqin sekundiga 300 000 marta tebranishi ma’lum bo‘ldi. Bu tenglamani yorug‘lik nuri uchun ham bajarsak, bir sekunddagi tebranishlar soni 400-800 trillion atrofida bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz. Bu chastotaga muvofiq, keladigan to‘lqin uzunligi juda kichik bo‘lgani uchun uni kundalik turmushga qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari (km, m, sm, mm) bilan ifodalab bo‘lmaydi. Kichik to‘lqin uzunliklarini o‘lchash uchun mikron, millimikron, angstrem kabi birliklar qabul qilingan. 1 mikron =10-4 sm ya’ni mikron santimetrning o‘n mingdan bir bo‘lagi. Millimikron esa millimetrning milliondan bir, santimetrning esa o‘n milliondan bir qismini tashkil qiladi 1mmk =10-6 mm=10-7sm. To‘lqin uzunlikni o‘lchashda ko‘pincha angstrem qo‘llaniladi. 1 angstrem 1A=10-7 mm, ya’ni angstrem-millimetrning o‘n milllondan bir qismi. 1 mmk =10 A. Millimikron ba’zan nanometr (im) deb ham yuritiladi. Ko‘zga ko‘rinadigan nurlar to‘lqin uzunligi 400-800 mmk yoki 4000-8000 A oraliqda yotishishi rasmdan ko‘rinib turibdi. SHunday qilib, kundalik turmushda to‘lqin uzunligi bir necha km dan mm ning milliondan bir ulushlariga teng bo‘lgan elektromagnit nurlardan foydalanamiz. Ana shu nurlarning juda kam qismigina ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. Elektromagnit spektrdagi har qanday nur muayyan energiyaga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, har qanday nur ma’lum energiya tashiydi. Bu energiya nur chastotasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning miqdori Plank formulasi asosida hisoblab topiladi.


Download 18.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling