Tabiiy usul. Biror sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning trayektoriyasi berilgan bo’lsa, uning harakati tabiiy usulda berilgan deyiladi. Koordinatalar usuli


Download 1.14 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#215644
Bog'liq
Abdullayev Abdusamad nazariy oraliq




  1. Dumalanish ishqalanish- bir jism boshqa jism sirtida dumalanish harakati amalga oshiorilish jarayonida ikki jism sirtida hosil bo`lgan ishqalanishdir.

Dumalanish ishqalanish kuchi jism harakatlanish kuchiga qarama- qarshi bo`ladi. Ishqalanish kuchi, ishqalanish koeffitsienti bilan harakterlanadi.

2. Tabiiy usul. Biror sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning trayektoriyasi berilgan bo’lsa, uning harakati tabiiy usulda berilgan deyiladi.



Koordinatalar usuli. Nuqtaning holati koordinatalar usulida berilgan bo’lishi uchun: sanoq ob’yektiga mahkamlangan biror koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlanuvchi nuqtaning koordinatalari vaqtning funksiyasi ko’rinishida berilishi kerak.

Vektor usuli. Nuqtaning ixtiyoriy paytdagi holatini biror markazga nisbatan uning radius-vektori bilan aniqlash mumkin bo’lsa, ya’ni nuqtaning holatini aniqlovchi radius-vektor t vaqtning funksiyasi ko’rinishda berilgan bo’lsa, nuqtaning harakati vektor usulida berilgan deyiladi.

  1. Statika (yun. ststike — jismlarning ogirligi va muvozanati haqidagi taʼlimot) — mexanika boʻlimi; jismlarning ularga qoʻyilgan kuchlar taʼsirida muvozanatda boʻlish sharti oʻrganiladi. Qattiq jismlar S.si, suyukliklar S.si (gidrostatika) va gazlar S.si (aerostatika) ga boʻlinadi. Qattiq jismlar S.si esa analitik va geometrik S.ga boʻlinadi. Analitik S. asosida mumkin boʻlgan koʻchishlar prinsipi yotadi; bu prinsip yordamida ixtiyoriy mexanik tizimning muvozanat shartlari aniklanadi. Geo metrik S. mexanikaning asosiy qonunlaridan kelib chiquvchi, tajriba va kuzatishlar natijasida aniklangan quyidagi aksiomalarga asoslanadi: 1) inersiya aksiomasi — jiyemga qoʻyilgan kuchlar tizimi oʻzaro muvozanatlashsa, jism tinch holatda boʻladi yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakat qiladi. 2) muvozanat aksiomasi — erkin jiyemning istalgan 2 nuqtasiga miqdorlari teng , yoʻnalishi esa shu nuqtalardan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha qaramaqarshi tomonga yoʻnalgan 2 ta kuch taʼsir etsa, buqday kuchlar oʻzaro muvozanatlashadi; 3) parallelogramm aksiomasi — jiyemning biror nuqtasiga qoʻyilgan turli yoʻnalishdagi 2 kuchning teng taʼsir etuvchisi miqdor jihatdan shu kuchlarga qurilgan parallelogrammning ular qoʻyilgan nuqtadan oʻtuvchi diagonaliga teng va shu diagonal boʻyicha yoʻnaladi; 4)taʼsir va aks taʼsir aksiomasi — 2 jiyemning birbiriga har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsirga ega boʻlib, bu taʼsirlar har doim kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qaramaqarshidir. Bu qonunni birinchi boʻlib I. Nyuton taʼriflagan. Geometrik S. uslublaridan foydalanib qattiq jismlarning muvoz anat holatlari oʻrganiladi. 

5.
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling