24-вариант 1-топшириқ Мавзу: №24 Моддалар алмашинуви касалликларида даволаш жисмоний машғулотлари


Download 75.17 Kb.
bet3/3
Sana21.05.2020
Hajmi75.17 Kb.
#108603
1   2   3

Davolash gimnastikasi. Davolash gimnastikasi 3 qismga bo`linadi:

1. Kirish qismi. Yengil mashqlar bajariladi. Bu qismning vazifasi bemor organizmini gimnastikaning asosiy qismiga tayyorlashdan iborat.

2. Asosiy qism. Mashqlar hajmi va tezligi kirish qismiga nisbatan oshiriladi.Lekin bemorning umumiy holati, yoshi e`tiborga olinadi. Mashqlarni bajargan paytda bemorning yurak urishi va nafas olish soni tinch holatidagiga nisbatan 1,5-2 marta tezlashishi kerak.

3. Yakunlovchi qism. Mashqlar tezligi asta-sekin kamaytirilib, yurak urishi va nafas soni tinch holatdagiga yaqinlashtiriladi.

Gimnastikani bajarish tartibi: 1. Gimnastika mashg`ulotini boshlashdan oldin, bemorning 1 minutda yurak urishi va nafas soni aniqlab, daftarga yozib qo`yiladi.

2. Mashg`ulotning 1-2-3-chi qismida bu ko`rsatgichlarning o`zgarishi aniqlanadi. Daftarga yoziladi.

3.Tomir urishi va nafas sonining tinch holatdagi, mashq paytidagi o`zgarishlarning farqiga qarab bemor organizmining mashqqa nisbatan reaksiyasi baholanadi.

3. Sport mashg`ulotlari.

Sport mashg`ulotlari kasallikdan va shikastlanishdan to`liq tuzalgan bemorlarda va sog`lom odamlarda ularni yanada sog`lomlashtirish va jismoniy jihatdan chiniqtirish maqsadida qo`llanadi.

Sport mashg`ulotlarining hajmi va tezligi asta-sekin oshirib, murakkablashtirilib boriladi.



Davolash mashqlarida quyidagi sport mashg`ulotlari qo`llanadi:

1. Ertalabki va kechqurungi ovqatdan keyin ochiq havoda sayr qilish.

2. Yurish. Pastlikdan-yuqori (baland) ga qarab.

3. Terrenkur. Uzoq masofaga yurish va yugurish. Dam olish uyi va sanatoriyda qo`llanadi.

4. Ekskursiya. Piyoda yoki transportda xushmanzara joylarga sayr qilish.

5. Yaqin turizm: piyoda, velosipedda, qayiqda yurish, sayr qilish.

Davolash mashqlarining moddiy ta`minoti.

Davolash mashqlarini o`tkazish uchun quyidagi moddiy ta`minot talab etiladi:

1.Maxsus xona yoki zal. Pol sathi 40-60 mІ. Bir odam uchun 4 ml pol sathi to`g`ri kelishi kerak.

2. Xonaning harorati +18+20oC, nisbiy namligi 40-60 %.

3. Xonada quyidagi buyum va anjomlar bo`lishi kerak:

- gimnastik narvon;

- gimnastik skameyka 2-4 ta;

- baland gimnastik skameyka 1-2 ta;

- gimnastik narvon 1 ta (gorizontal holatida);

- kushetka -2-6 ta;

- gimnastik kolso – 1 juft;

- har bir shug`ullanuvchi uchun individual gilamcha, uning ustiga prostina va yostiq;

- gimnastik tayoqcha;

- gantellilar – 0,5 kg.dan 3 kg.gacha;

- rezin to`plar – 1 kg. dan 5 kg. gacha.

Kundalik hayotda deyarli ko`p uchraydigan kasalliklar va shikastlanishlarda qo`llanadigan davolash mashqlari.

Bularga quyidagilar kiradi:

1.Qorin muskullarini chiniqtiruvchi mashqlar.

2.Podagra kasalligida davolash mashqlari.

3.Artrit va poliartritlarda davolash mashqlari.

4.Osteoxondroz kasalligida davolash mashqlari.

5.O`pka, yurak-tomir, asab tizimi kasalliklarida davolash mashqlari.

6.Suyak sinishi,bo`g`im chiqishi va boshqa shikastlanishlarda davolash mashqlari.

Qorin muskullarini chiniqtiruvchi mashqlar.

1.Tekis joyga orqa bilan yotgan holda qo`l-oyoqlar uzaytiladi.

- uzaytilgan va juftlangan oyoqlarni 40-50 sm yuqoriga ko`tarib nafas chiqariladi, tushirib nafas olinadi - 10 marta.

2.Orqaga yotgan holda qo`l-oyoqlar uzatiladi.

- qo`llarni bosh ostiga qo`yiladi, nafas olinadi;

- oyoqlarni 20 sm yuqoriga ko`tarib, 2 oyoqdan aylana yasalib, nafas chiqariladi;

- qo`l-oyoqlar tushirilib, nafas olinadi.

- Bu mashq 10 marta takrorlanadi.

3. Orqaga yotgan holda qo`l-oyoqlar tushirilib, chuqur nafas olinadi.

- oyoqlarni 30-40 sm yuqoriga ko`tarib, bir-biriga chalkashtiriladi va nafas chiqariladi, tushurib nafas olinadi: - 10 marta.

4. Orqaga yotgan holda qo`llar bosh ostiga qo`yiladi, oyoqlar uzatiladi.

- oyoq panjalarini va tovon bel yarmigacha devan ostiga yoki biror og`ir buyum ostiga kiritiladi (yoki bir kishi oyoqni shu joydan ushlab turadi);

- shu vaziyatda o`tirish va yotish harakatlari bajariladi- 5-10 marta.

Podagra kasalligida davolash mashqlari.

Podagra – odam organizmida oqsil (purin) moddasi almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik.

Sababi: oqsilga boy ovqatlar, ayniqsa yog`li go`shtni ko`p iste`mol qilish, muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste`mol qilish.

Belgilari: oqsil (purin) almashinuvining oxirgi qoldig`i bo`lmish siydik kislotasi organizmda ko`p hosil bo`ladi va u qo`l-oyoq panja bo`g`imlariga to`planadi. Buning natijasida panja bo`g`imlari shishadi, qizaradi, vaqti-vaqti bilan bo`g`imlarda kuchli og`riq paydo bo`ladi. Kasallik vaqti-vaqti bilan qo`zg`alib, surunkali davom etadi. Bu kasallikka uchragan odamlarning ko`pchiligi semiz bo`ladi.

Tibbiy yordam: 1. Go`sht va go`sht mahsulotlarini iste`mol qilish kamaytiriladi.

2.Sut-qatiq, meva-sabzavotlar istagancha iste`mol qilinadi.

3.Ertalabki gimnastika.

4.Ko`proq piyoda yurish, sekin-sekin qisqa masofaga yugurish. Sport o`yinlari bilan shug`ullanish.

Bo`g`imlar kasalligida davolash mashqlari.

Bo`g`imning yallig`lanish kasalligi artrit deyiladi. Bitta bo`g`imning kasalligi – monoartrit, ikkita va undan ko`p bo`g`imlarning kasalligi – poliartrit deyiladi.

Sababi: Bo`g`imning yallig`lanishi asosan revmatizm kasalligida bo`ladi. Kam holatlarda podagra, psoriaz, allergiya, brutsellyoz va boshqa kasalliklarda uchraydi.

Belgilari: Artrit va poliartritlarda bitta yoki 2-3 ta va undan ko`p bo`g`imlar og`riydi, shishadi, harakatlanish qiyinlashadi.



Artrit va poliartritlarda davolash mashqlari.

1.Qo`l va oyoqlarni katta bo`g`imlarida bukish va yozish harakatlarini bajarish;

2.Qo`l-oyoqlarning mayda hatto bo`g`imlarida (barmoqlarida) bukish va yozish harakatlarini bajarish.

3. Qo`l -oyoqlarni oldinga va orqaga siltab harakat qilish.

4. Tik turgan holda ikki qo`lni yuqoriga ko`tarib nafas olish, engashib qo`l uchini oyoq barmoqlariga tekkizib-nafas chiqarish – 10-20 marta.

5. Orqaga yotgan holda qo`lni yuqoriga ko`tarib panja, bilakuzuk, tirsak, yelka bo`g`imlarida bukish-yozish harakatlarini bajarish - har bir bo`g`imda 20 martadan.

6. Yotgan holda oyoqlarni ko`tarib oshiq, tizza, chanoq, son bo`g`imlarida bukish-yozish harakatlarini bajarish - har bir bo`g`imda 10-20 martadan.

Osteoxondroz kasalligida davolash mashqlari.

Osteoxondroz – umurtqalar orasida joylashgan tog`aylarni (disklarni) yupqalanishi, yorilishi tufayli yuzaga keladigan kasallikdir.

Sababi: Organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, og`ir yuk ko`tarish, qattiq yerga sakrash tufayli umurtqalar orasidagi tog`aylar ezilishi, yorilishi, yupqalanishi mumkin.

Buning natijasida umurtqalar orasi va atrofida joylashgan paylar ham shikastlanadi, ingichkalashadi, mo`rtlashadi. Bunga spandilyoz kasalligi deyiladi.

Osteoxondroz asosan tana og`irligi ko`p tushadigan umurtqalarning disklarida yuzaga keladi: 6-nchi buyin, 9-nchi ko`krak, 3-nchi bel umurtqalari.

Ayollarda ostexondroz kasalligi uzoq yillar davomida baland poshnali poyafzal kiyish natijasida ham vujudga keladi.



Osteoxondrozning belgilari: Zararlangan umurtqalar sohasida: 6-nchi buyin, 9-nchi ko`krak, 3-nchi bel umurtqalari sohasida og`riq bo`ladi. Bu og`riq shu umurtqa atrofidagi muskullarga hamda qo`l-oyoqlarga beriladi. O`tirgan vaziyatdan tik vaziyatga o`tish qiyinlashadi. Uzoq vaqt tik turganda, yuk ko`targanda og`riq zo`rayadi.

Osteoxondrozda orqasi bilan yotgan vaziyatda davolash mashqlari.

1.Tekis joyga yostiqsiz yotadi. Qo`llarini boshi ostiga qo`yadi.Oyoqlarini uzatadi. O`ng oyog`i tovonini chap oyog`i ustiga qo`yib, pastdan-tizzagacha siypalash harakatini bajaradi – 10 marta;

- so`ngra chap oyog`i bilan shu harakatni bajaradi – 10 marta.

2.Qo`llari tanasi bo`ylab uzatilgan, oyoqlari uzatilgan va juftlangan.

- o`ng oyog`ini chanoq-son bo`g`imida oldingi tomonga bukib, oyoq barmoqlarini chap yelkaga yaqinlashtiradi;

- so`ng o`ng oyog`ini tushirib, chap oyog`i bilan shu harakatni bajaradi;

- shu harakatni har bir oyoq bilan 5-10 martadan bajaradi.

3. Qo`l-oyoqlari uzatilgan, chuqur nafas oladi;

- so`ngra ikki oyog`ini tizza bo`g`imida bukib, qorniga yaqinlashtiradi va ikki qo`li bilan ikki oyoq tizzasini quchoqlaydi;

- chuqur nafas chiqaradi;

- oyoq-qo`lini uzatib-chuqur nafas oladi. 5-10 marta takrorlaydi.

4. Qo`l-oyoqlarini uzatib, oyoqlarini tizza bo`g`imida bukib, boldirlarni gorizontal holatga keltiriladi;

- o`ng oyog`i tovonini chap oyog`i tizzasiga qo`yadi;

- so`ngra shu harakat chap oyog`i bilan bajariladi.

- har qaysi oyoq bilan harakat 10 marta bajariladi.

5.Qo`l-oyoqlar uzatilgan, oyoqlarini tizza bo`g`imida bukadi, tovonlarini yerga tiraydi;

- boshining ensasi va tovonlarini yerga tirab tanasini ko`taradi;

- chanog`ini o`ng va chap tomonga harakat qildiradi -5-10 martadan.

6. Oyoqlar uzatilib, ikki qo`l tirsagini yerga tirab, kuraklarini yerdan ko`tarib, tushuradi -5-10 marta.

7.Qo`llari tana bo`ylab uzatiladi;

- oyoqlari tizza bo`g`imida bukilib, tovonlari yerga tiraladi;

- tovon, ko`krak va boshining ensa sohasini yerga tirab, tanasi va chanog`ini yerdan ko`taradi. Shu vaziyatda 5-10 sekund turadi;

- so`ngra tanani tushirib, muskullarni bo`shashtiradi, 5-10 sekund dam olib, yuqorida aytilgan harakat takrorlanadi - 5-10 marta.

Osteoxondrozda qorniga yotgan vaziyatda davolash mashqlari.

1.Oyoqlar uzatilgan, qo`llar tirsak bo`g`imida bukilgan, kaftlar iyagiga tirkalgan. Oyoqlarni navbat bilan tizza bo`g`imida bukib-yozish - 10 martadan;

- chap oyoqni bukkanda chanoqni o`ng tomonga siljitish;

- o`ng oyoqni bukkanda chanoqni chap tomonga siljitish - 10 martadan.

2.Qo`l-oyoqlar uzatilgan;

- bosh va yelkalar yerdan ko`tariladi;

- qo`llar 2 tomonga uzatiladi;

- oyoqlar biroz yerdan yuqoriga ko`tariladi;

-5-10 sek shu vaziyatda turib, so`ngra qo`l-oyoqlar uzatiladi;

- mashq 5-10 marta takrorlanadi.

3.Qo`llar boshdan yuqoriga uzatiladi;

- o`ng qo`l va chap oyoq yuqoriga ko`tariladi;

- shu vaziyatda 5-10 sekund turiladi;

- so`ngra qo`llarni tushirib 1 minut dam olinadi;

- chap va qo`l va o`ng oyoq shu harakatni bajaradi;

- shu harakatlar - 5-10 martadan takrorlanadi;

- so`ngra chap va qo`l va o`ng oyoq yuqoriga ko`tariladi;

4. Oyoqlar uzatilgan, qo`llar boshdan yuqoriga uzatilgan;

- qo`llarni, yelkalarni, oyoqlarni yuqoriga ko`tarib, tanani orqa tomonga bukib, 5-10 sekund turiladi;

- so`ngra qo`llarni tushirib, dam olib, shu harakat takrorlanadi - mashq 5-10 marta.

Osteoxondrozda stulda o`tirgan vaziyatda davolash mashqi.

1.Oyoqlar yelka kengligida yerga tiraladi;

- qo`llar yon tomonga uzatiladi;

- so`ngra ikki qo`lni oldinga aylanma harakat qilinadi;

- so`ngra orqaga aylanma harakat qilinadi- mashq 10 marta takrorlanadi.

2. Oyoqlar tizza kengligida yerga tiraladi;

- qo`llar belga quyiladi;

- boshni yuqoriga ko`tarib, pastga tushirish;

- boshni o`ng va chap tomonga burish harakatlari - 5-10 martadan takrorlanadi.

3.Oyoqlar tizza kengligida, qo`llar tizzaga quyiladi;

- belni o`ng va chap tomonga aylanma harakat qilinadi - har tomonga 10 marta.

4. Oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tizzaga quyilgan;

- bel tik holatda;

- gavda oldingi tomonga engashtiriladi va asliga qaytariladi - mashq 10 marta takrorlanadi.

Osteoxondrozda tik turgan vaziyatda davolash mashqi.

1.Turnikka ikki qo`li bilan osilib, oyoqlarini tizza va chanoq-son bo`g`imida bukadi;

- qo`llarini bukib tanasini yuqoriga ko`tarishga harakat qiladi;

- so`ngra oyoqlarini yozib, tanasini cho`zadi;

- bu harakat 3-5 marta takrorlanadi.

2. Oyoqlar yelka kengligida, qo`llar yuqoriga ko`tariladi;

- tanani oldinga bukiladi va tik qilinadi;

- 5-10 marta takrorlanadi.

3.Stul orqasida turiladi, oyoqlar yelka kengligida;

- qo`llar bilan stul suyanchig`ini ushlab, chanoq va gavdani o`ng va chap tomonga aylantiriladi;

- 5-10 marta takrorlanadi.

4. Oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan;

- ikki qo`l bilan oldinga;

- va orqaga siltash harakatlari bajariladi -10 marta takrorlanadi.



Nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklarida davolash gimnastikasi.

Grippning asorati bo`lgan traxeit, bronxit kasalliklarining surunkali kechishida haftalar davomida yo`talish, shilimshiq balg`amning qiyinchilik bilan ajralish, xirillab nafas olish holatlari bolalar-u kattalarning sog`lig`ini zaiflashtiradi. Bunday holatlarda nafas yo`llarini shilimshiq balg`amdan tozalash va nafas olishni osonlashtirish bo`yicha Moskvalik olim, pedagogika fanlari nomzodi, jismoniy tarbiya fani mutaxassisi Boris Sergeevich Tolkachev tomonidan ishlab chiqilgan davolash gimnastika usuli Rossiyada keng qo`llanmoqda.

1. Palos to`shalgan yerga orqa bilan yotadi, qo`l va oyoqlar uzatilgan;

- bir deganda chuqur nafas olib, oyoqlar son-chanoq va tizza bo`g`imlarida bukiladi;

- ikki qo`l bilan bukilgan boldirlar bukilgan sonning orqa tomoniga qisib-tiraladi va sekinlik bilan chuqur nafas chiqariladi;

- chuqur nafas chiqarishni davom ettirib, qo`llar bilan bukilgan boldirlarni ko`krakka tiraladi;

- dastlabki holatga qaytib, qorinni shishirib chuqur nafas olinadi;

- qorin muskullarini taranglashtirib, chuqur nafas chiqariladi va chuqur yo`taladi. Og`izda balg`am paydo bo`lsa, tuflanadi;

- dastlabki holatga qaytadi.

2. Palos to`shalgan yerga orqa bilan yotadi, qo`l va oyoqlar uzatilgan - chuqur nafas oladi;

- yordam ko`rsatuvchi odam bemorning uzatilgan oyog`i pastida tizzasi bilan cho`kkalab, ikki qo`li bilan ikkala boldirining o`rtasidan ushlaydi;

- bemorning oyoqlarini son-chanoq bo`g`imida bukib, uning tizzasini ko`kragiga tirab, chiqaradi va yo`talib og`ziga kelgan balg`amni tupuradi;

- dastlabki vaziyatga qaytadi.

3. Tik turib, oyoqlari yelka kengligida, qo`llari tirsak bo`g`imida to`g`ri burchak hosil qilib bukilgan;

- tizza bo`g`imi bukib, oldinga engashadi, boshi tizza bo`g`imiga yetadi;

- bilaklarini qorniga va ko`krak qafasining pastki sohasiga tiraydi, qo`l barmoqlari bilan biqinini ushlaydi - chuqur nafas chiqaradi, yo`taladi, og`ziga balg`am kelsa, tupuradi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- chuqur nafas oladi;

- tik turib oyoqlari yelka kengligida, oldinga engashadi, qo`llarini pastga osiltirib tushiradi, boshi pastga egilgan;

- yo`taladi, chuqur nafas chiqaradi, og`ziga balg`am kelsa tupuradi.

4. Bemor tik turib, oyoqlari yelka kengligida, qo`llari tushirilgan;

- chuqur nafas oladi;

- yordam ko`rsatuvchi odam bemor orqasida tik turib, ikki qo`lini bemorning qo`ltig`i ostidan o`tkazib, uning ko`kragi pastki va qornining yuqori qismini qo`llari bilan sekinlik bilan bosadi;

- bemor qo`llarini pastga osiltirib tushuradi, boshi bilan engashadi;

- bemor chuqur yo`taladi va nafas chiqaradi, og`ziga balg`am kelsa tupuradi;

- dastlabki holatga qaytadi.



Bronxial astma (nafas qisish) kasalligida davolash gimnastikasi.

1. Tik turib, oyoqlar juftlangan, uchlari yozilgan, qo`llar tushirilgan;

- o`ng oyoqni bir qadam oldinga qo`yib, qo`llarni ko`tarib yon tomonga uzatadi – chuqur nafas oladi;

- dastlabki holatga qaytadi – chuqur nafas chiqaradi;

- chap oyoqni bir qadam oldinga qo`yib, qo`llarni ko`tarib yon tomonga uzatadi–chuqur nafas oladi;

- dastlabki holatga qaytib – chuqur nafas chiqaradi;

- mashq har bir oyoq bilan 3-4 marta takrorlanadi.

2. Tik turib, oyoqlar juftlangan, uchlari yozilgan, qo`llar tushirilgan;

- qo`llarni yelkaga qo`yib, chuqur nafas oladi;

- qo`llarni yuqoriga ko`tarib, gavdani chap tomonga egib, chuqur nafas chiqaradi;

- dastlabki holat;

- qo`llarni yelkaga qo`yib, chuqur nafas oladi;

- qo`llarni yuqoriga ko`tarib gavdani o`ng tomonga burib, chuqur nafas chiqaradi;

- dastlabki holat;

- gavdani chap va o`ng tomonga egib harakatlanish 2-3 martadan takrorlanadi

3. Stul suyanchig`iga suyanib o`tiradi, oyoqlar yelka kengligida, qo`llarni bukilgan tizzaga va songa qo`yadi;

- bir minut davomida sekinlik bilan nafas olib chiqaradi;

- chap oyoqni ko`tarib chuqur nafas oladi, ikki qo`lini boldiri ostidan o`tkazib, chapak chaladi - chuqur nafas chiqaradi;

- oyoq va qo`llarini tushiradi, dastlabki holatga qaytadi;

- o`ng oyog`ini ko`tarib, chuqur nafas oladi;

- qo`llarini boldir ostidan o`tkazib chapak chaladi - chuqur nafas chiqaradi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- mashq har bir oyoqda 3-4 marta takrorlanadi (rasm-3).

4. Tik turib, oyoqlar juftlangan, uchlari yozilgan, qo`llar tushirilgan;

- qo`llarni ko`tarib oldinga uzatadi – chuqur nafas oladi;

- o`ng oyoqni siltab ko`tarib, chap qo`lga yetkazadi - chuqur nafas chiqaradi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- qo`llarni ko`tarib oldinga uzatadi – chuqur nafas chiqaradi;

- chap oyoqni siltab ko`tarib, o`ng qo`lga yetkazadi - chuqur nafas chiqaradi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- mashq har bir oyoq bilan 3-5 marta takrorlanadi

5. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida qo`llar tushirilgan, boshi oldinga ozgina egilgan;

- chuqur nafas oladi, qorin ko`tariladi;

- chuqur nafas chiqaradi, qorin ichiga tortiladi;

- nafas olish va chiqarish bir minut davom etadi

6. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan, chuqur nafas oladi;

- ikki qo`lining barmoqlari va kafti bilan ko`krak qafasining pastki sohasini sekin bosib - chuqur nafas chiqaradi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- mashq 5-6 marta takrorlanadi

7. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan;

- qo`llar belga qo`yiladi, chap qo`lni ko`tarib yon tomonga uzatadi, so`ngra chap qo`lni belga qo`yib o`ng qo`lni yonga uzatadi;

- qo`llarni almashtirish tobora tezlashtiriladi;

- mashq har bir qo`l bilan 5-6 marta takrorlanadi;

- erkin nafas olinadi

8. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar tushirilgan;

- yelkalarni ko`tarib nafas oladi, tushirib, nafas chiqaradi;

- qo`llarni oldinga uzatib, kaft va barmoqlar bilan chapga va o`ngga aylanma harakat qiladi– 20 sekund;

- erkinnafasoladi



Yurak ishemik kasalligining (yuik) oldini olishda harakat faolligi.

Kam harakatlanuvchi odamda yurakning ishemik kasalligi (YuIK) me`yorida harakatlanuvchi odamga nisbatan 2 marta ko`proq yuzaga keladi.

Bu kasallikning oldini olish uchun quyidagi harakat faolligi tavsiya etiladi:

1. Ertalabki gimnastika 10-15 minut. Buning tartibi alohida beriladi.



2. Piyoda yurish.

- 30-60 yoshdagi odamlar har kuni 8-12 km piyoda yurishlari lozim;

- avvaliga masofa 2-3 km, asta-sekin 4-6, 8-10, 10-12 km gacha ko`paytiriladi;

- yurish tezligi dastlabki kunlar bir minutda 70-80 qadam, bir soatda 3-4 km;

- 3-4 haftadan keyin yurish tezligi, bir minutda 100-110 qadam, bir soatda 5-6 km;

- piyoda yurganda tomir urishi tezligining o`zgarishini o`zini-o`zi quyidagi tartibda nazorat qilishi lozim;

- sog`lom odamning tomir urishi tinch holatda (yurishdan oldin) 1 minutda 70 marta;

- piyoda yurganda tomir urishi tezligi bir minutda 110-120 martagacha tezlashishi kerak;

- tomir urishi tezligi bundan kam bo`lsa, yurish tezligi oshiriladi;

- tomir urishi bundan ko`p bo`lsa, yurish tezligi sekinlashtiriladi.



3. Yugurish.

- piyoda yurish mashqi 2-3 hafta bajarilgandan keyin, yugurish mashqi boshlanadi;

- avvaliga sekin yuguriladi, ya`ni bir minutda 120-130 qadam tezlikda, 150-200 metr yuguriladi.

- yugurish vaqti, avvaliga 5 minut, asta-sekin 10,15,20 minutgacha ko`paytirilishi mumkin.



- yugurish texnikasi:

- Bosh, gavda tik tutiladi. 10-15 metr oldinga qarash kerak;

- qo`llar tirsakda 900 ga bukiladi, panjalar erkin tutiladi (musht qilinmaydi);

- qadam quyishda avval oyoq kaftining panja qismi, keyin tovon qismi yerga qo`yiladi (xuddi zinaga chiqayotgandek).



- yugurish vaqti:

- ertalabki gimnastikadan keyin, nonushtadan oldin (yoki kechki ovqatdan 1 soat oldin).



- o`z-o`zini nazorat:

- yugurish paytida tomir urishi tezligi bir minutda 140 dan oshmasligi kerak. Oshsa, yugurish sekinlashtiriladi;

- yugurish to`xtagach, 10 minut dam olgandan keyin tomir urishi tezligi bir minutda 90 tagacha sekinlashishi kerak;

- agar tomir urishi tezligi 10 minut dam olgandan keyin bir minutda 95-100 marta va undan ko`p bo`lsa, yugurish masofasi va tezligi kamaytirilishi lozim.



Izoh:

1. Bir hafta davomida faol harakatlanish vaqti 10-12 soatdan kam bo`lmasligi, ya`ni kuniga 2 soatdan kam bo`lmasligi maqsadga muvofiq.

2. Har bir odam harakatlanish faolligini oshirish uchun o`ziga mos usulni tanlashi mumkin, ya`ni:

- kimgadir piyoda yurish, kimgadir – yugurish yoki velosipedda yurish ma`qul bo`lishi mumkin;

- maqsad, sog`lig`ini mustahkamlash niyatida bo`lgan har bir odam, harakatlanish faolligiga amal qilishi lozim.
Radikulitning oldini olish uchun davolash gimnastikasi.

1. Palos to`shalgan yerga orqasi bilan yotadi, qo`llar va oyoqlar uzatilgan;

- qo`larini boshidan yuqoriga ko`taradi;

- pastga uzatilgan oyoqlarining panjalarini o`ziga tomon bukadi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- erkin nafas oladi;

- mashq 5-10 marta takrorlanadi

2. Orqasi bilan yerga yotadi, oyoqlari tizza bo`g`imida bukilib, ularni o`ng va chap tomonga burib harakatlantiradi;

- erkin nafas oladi;

- mashq 10-20 marta takrorlanadi

3. Qorni bilan yerga yotadi;

- qo`llari kaftini iyagi ostiga qo`yadi;

- boshini ko`taradi va oyoqlarini tizza bo`g`imida bukadi – chuqur nafas oladi;

- boshini tushiradi, oyoqlarini yozadi - chuqur nafas chiqaradi;

- mashq 8-12 marta takrorlanadi

4. Qo`llarining kafti bilan, oyoqlarining tizzasi bilan cho`kkalaydi;

- chap oyog`ini ko`tarib va uzatib, chuqur nafas oladi;

- dastlabki holatga qaytadi, chuqur nafas chiqaradi;

- harakatni o`ng oyoq bilan takrorlaydi;

- mashq har bir oyoq bilan 4-5 marta takrorlanadi

5. Tik turib, oyoqlar juftlangan, qo`llar tushirilgan;

- qo`llari kafti bilan gavdasi va oyoqlarini siypalab, barmoqlarini polga tekkizadi;

- dastlabki holatga qaytadi;

- erkin nafas oladi;

- mashq 6-10 martatakrorlanadi
Oyoqlar venasi varikoz kengayishining oldini olish uchun davolash gimnastikasi.

Ushbu davolash gimnastikasi kun davomida tik turib yoki o`tirib ishlaydigan odamlar uchun, ertalabki gimnastika o`rnida yoki kechki uyqudan 1-2 soat oldin bajarilishi mumkin.

1. Yerga to`shak solinib, orqasi bilan yotadi, oyoqlari va qo`llari uzatilgan:

- chap oyog`ini tizza va son-chanoq bo`g`imida bukadi;

- ikki qo`li bilan oyog`ining oshiq bo`g`imini ushlaydi;

- oyog`ini yozib yuqoriga ko`taradi, qo`lining kafti bilan boldirning orqasi va yon tomoni bo`ylab son-chanoq bo`g`imigacha pastdan yuqoriga siypalaydi (boldir sohasi venalaridagi qonni yuqoriga yurishini yaxshilash uchun);

- erkin nafas olinadi;

- mazkur harakatni o`ng oyog`ida takrorlaydi;

- mashq har bir oyoqda 5-8 martadan takrorlanadi

2. To`shak solingan yerga orqasi bilan yotadi, oyoqlar va qo`llar uzatilgan, chuqur nafas oladi va chuqur nafas chiqaradi;

- ikkala oyog`i bilan velosiped haydagandek 5-10 marta harakat qiladi;

- dastlabki holatga qaytib, chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaradi;

- yuqoridagi velosiped haydandek harakat 3-5 marta takrorlanadi

3. Palos to`shalgan yerga orqasi bilan yotadi, oyoqlari va qo`llari pastga uzatilgan;

- ikkala oyog`ini yuqoriga ko`taradi, oyoq barmoqlarini, pastga-yuziga tomon bukadi, shu vaziyatda 3-5 sekund turadi;

- oyoqlar tushirilib dastlabki holatga qaytadi;

- erkin nafas oladi;

- yuqoridagi harakat 5-10 marta takrorlanadi

4. Stul suyanchig`i yonida o`ng tomoni bilan tik turib, oyoqlar juftlangan, chuqur nafas olib chiqaradi;

- o`ng qo`li bilan stul suyanchig`ining ustki qirrasini ushlaydi, o`ng oyog`ini bir oz ko`tarib, oldinga va orqaga siltab harakat qildiradi;

- erkin nafas oladi;

- dastlabki holatga qaytadi, chap oyog`ini ozroq ko`tarib, oldinga va orqaga siltab harakat qildiradi;

- mashq har bir oyoq bilan 10-15 martadan takrorlanadi

5. Stul suyanchig`i orqasida tik turadi, oyoqlar juftlagan, ikki qo`li bilan so`l suyanchig`i qirrasini ushlaydi;

- oyoq barmoqlari uchida tik turib, tovonini ko`taradi va tushiradi;

- harakatni 10-20 marta takrorlaydi;

- erkin nafas oladi

Yassi oyoqlikda va tana vazni me`yoridan oshganlar uchun ertalabki gimnastika

1. Tik turib, oldinga ozroq bukilish, qo`llarni tushirish, gavdani aylanma harakatlantirish;

- tanani tik qilib, qo`llarni yuqoriga ko`tarib, burun orqali chuqur nafas olish, qo`llarni tushirib og`iz orqali nafas chiqarish (rasm-1).

2. Yerga cho`kalab qo`l kaftlarini yerga qo`yib, o`ng oyoqni orqaga uzatib, barmoqlarini yerga tirashi, chap oyoqni tizza bo`g`imida bukish, burun orqali chuqur nafas olish;

- og`iz orqali chuqur nafas chiqarib oyoqlar holatini almashtirish(rasm-2).

3. Yerga o`tirib, qo`l kaftlarini orqa tomonga yerga tirash;

- o`ng oyoqni tizza bo`g`imida bukib tovonni yerga tirash, chap oyoqni oldinga uzatib yuqoriga ko`tarish, burun orqali chuqur nafas olish;

- og`iz orqali chuqur nafas chiqarib, yuqoridagi vaziyatda oyoqlar holatini almashtirish (rasm-3).

4. Qorin bilan yerga yotib oyoqlarni to`g`ri uzatish, qo`llarning kaftini bo`yinga qo`yish;

- bosh, yelkalar va uzatilgan oyoqlarning tizzadan pastki qismini yuqoriga ko`tarish 3-5 sek. (rasm-4);

- erkin nafas olish.

5. Yerga tizzalarni qo`yib cho`kalash, oyoqlarni orqa tomonga uzatib, oyoq uchlarini ko`tarish;

- qo`llarni boshdan yuqoriga ko`tarish;

- qo`llar boshdan yuqoriga ko`tarilgach, ikkala oyoqlarni chap tomonda tizza bo`gimida bukib boldirlarni chap son va chanoqqa tekizish;

- o`ng chanoqda yarim o`tirish (rasm-5).

Tana vaznining me`yoridan ortiq bo`lishining sabablari ovqatni ko`p iste`mol qilish, ovqat tarkibida hayvon yog`lari va uglevodlar (oq non, xamirli taomlar, pishiriqlar, konditer mahsulotlari) ko`p bo`lishi, shuningdek, kam harakatlanish (gipodinamiya).

Semirishni bartaraf etish va uning oldini olish uchun yuqorida ko`rsatilgan taomlarni kamaytirish, ko`proq meva sabzavotlar (karam, sabzi, sholg`om, rediska, turp, ko`katlar), don mahsulotlari (mosh, loviya, perlovka, grechka), shuningdek, ko`proq harakatlanish, ya`ni piyoda yurish, yugurish, velosipedda yurish, massaj, suzish, sport o`yinlari mashg`ulotlari bilan shug`ullanish lozim.

Yassi oyoqlikda ertalabki gimnastika

Yassi oyoqlik sabablari. Yassi oyoqlikning keng tarqalgan sabablari quyidagilar:

- kun davomida tik turib mehnat qilish;

- og’ir yuk ko’tarish;

- semizlik tufayli oyoq kaft-tovoniga og’irlik tushishi;

- uchi ingichka va tor poyabzal;

- tovoni juda keng poyabzal;

- kam harakatlanish, ya’ni kun davomida o`tirgan vaziyatda mehnat qilish;

- kun davomida poshnasiz poyabzalda bo’lish (sport poyabzali).



Yassioyoqlikning belgilari: Tik turgan, yurgan vaziyatda oyoqlar tez charchaydi. Oyoqning kaft, tovon sohalarida, boldir, son, bel muskillarida og’riq bo’ladi.

Kunning kechki paytida oyoq kafti va tovonida qizish, achishish seziladi, oyoqning oshiq-tovon sohasida shish paydo bo’ladi.

Yassioyoq odamning yurishi qiyinlashadi. U oyoqlarini keng qo`yib, qo`llarini ikki tomonga silkitib, qiynalib yuradi.

Yassioyoqlikning oldini olish.

Yassioyoqlikning oldini olish bolaning birinchi yoshidan, ya’ni yurishni boshlagandanoq boshlanishi lozim.

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- Bola oyoqyalang yurishi kerak;

- bolani qum, mayda shag’al, o’rilgan o’t, yerdagi yog’och, arg’amchi ustida yurishga o’rgatish;

- suvda qo`l - oyoqlarini harakatlantirib suzishi;

- yerda barmoqlarida yurishi;

- yerda oyoq - tovoni qirrasida yurishi.

- poshnasiz, yumshoq poyabzalda uzoq vaqt yurmaslik;

- tik turgan vaziyatda mehnat qiladigan odam oyoqlarini bir - biriga paralel (bir tekislikda) qo`yishi, vaqti - vaqti bilan oyoqlari kaft - tovonining tashqi qirrasida turish, dam olish paytida oyoqlarini stulga qo`yib o`zi boshqa stulda o`tirishi.



Yassioyoqlikda ertalabki gimnastika.

Ertalabki gimnastika oldidan oyoqlarga iliq vanna qilinadi: tog’oraga +36-37o darajadagi iliq suv quyib, oyoqlarni 10-15 minut solib o`tiriladi. So`ngra sochiq bilan artilib, krem surtiladi va quyidagi davolash gimnastikasi bajariladi:

- oyoq barmoqlarini bukish va yozish;

- oyoq barmoqlari bilan yerdagi qalam, gugurt quti kabi buyumlarni qistirib olish va tashlash. Bir necha marta takrorlanadi;

- tizza bo`g`imlarini aylanma harakat qildirish;

- oyoq barmoqlari va tovon bilan yerdagi to`pni aylantirish.

Oyoq panjasi, kafti va tovonlari muskullarini quyidagi tartibda uqalash:

- oshiq - tovon bo`g`imidan tizza bo`g`imi tomonga qarab muskullarni uqalash;

- oyoq panjalari, kafti va tovonlari muskullarini uqalash;

- yerda oyoq barmoqlarida, oyog`ining tashqi qirrasida yurish;

Yurish mashqini bajarish:

- oyoq kaft - tovonini yerga yoppasiga qo`yib 30-40 sekund yurish;

- so`ngra oyoq kaft - tovoni qirrasida 20 - 30 sekund yurish;

- oyoqlari uchida (barmoqlarida) 20 sekund yurish.

Yassioyoqlik tufayli yurganda oyoqda kuchsiz og`riq sezilsa, kiyib yurgan poyabzal ichiga “ortopedik” patak (stelka) to`shash lozim. Poyabzal 1 - 2 o`lcham katta, chuqurroq, shnurli bo`lishi kerak.

Yurgan paytda oyoqda kuchli og`riq bo`lsa, ortoped shifokor maslahati bilan maxsus ortopedik poyabzal kiyishga to`g`ri keladi.

Yassioyoqlikda oyoq barmoqlari bolg`asimon shaklda egrilanishi mumkin. Bunday hollarda paralondan moslamalar tayyorlab birinchi, ikkinchi, uchinchi barmoqlar orasiga qo`yishi mumkin.

D) Ostexondroz



3-топшириқ :

Тест саволлари:

1. Жисмоний тарбиянинг даволовчи шакли

а) гигиеник гимнастика ***

б) даволовчи гимнастика

в) ишлаб чиқариш гимнастикаси

г) эрталабки гигиеник гимнастика

2.Жисмоний ровожланиш тушунчаси

а) эгилувчанлик ривожи***

б) куч ва тезлик ривожи

в) одам танасининг функционал ва морфологик хусусиятлари

г) харакатчанлик ривожи

3.Функционал текширувда томир уришини аниқлашда фойдаланила-диган стандарт вақт миқдори

а) 30****

б)10

в) 45


г) 20

4-топшириқ

Дарс ишланмаси

Mavzu:KROSS TAYYORGARLIGI.Yunalishni o’zgartira borib past-baland yerlardan yugurish,3000m masofaga kross yugirish.
Dars maqsadi:O`quvchilarni epchilliklarini,chaqqonliklarini,egiluvchanliklarini,qo`l va oyoq kuchini rivojlantirish.

Ta`limiy: KROSS yugurish paytida texnika qoidalariga roiaya usullari.

Fanga oid kompetensiyael ementlari: ULOQ TIRISH yengil atletikani turlariga xos bulgan harakat belgilari-sakrash,uloqtirish,tortinish,yugurish me’yorlarini bajarish qomad buzilishi va shkastlanishining oldini olish joralarini biladi va ularga amal qiladi.

Tarbiyaviy: SAKRASH darsida kiyinish gigiyena qoidalariga rioya qilish.

Tayanch kompetensiya elementlari: Kun tartibini, badantarbiya mashqlarini mustaqil ravishda bajarish, jismoniy mashqlarnakrashi bajarishdan avval va so`ng sport kiyimlarini kiyishda sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish.

Rivojlantiruvchi: Egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlik, jismoniy sifatlarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiya elementlari: O`z – o`zini rivojlantirish kompetensiyasi:yaxshilik va yominlikni bir – biridan farqlash, yaxshi fazilatlarga rioya qilish, o`zini xato kamchiligini to`g`ri tushunish, o`zini nazorat qilish.

Kerakli jihoz:Sport formasi, bayroqcha sekindometr.

O`tish joyi: yugirish yulagi.Uslubi: Kompleks Reja:

1. O`quvchilarga nazariy va amaliy ma`lumotlar berish

2. Umumrivojlantiruvchi va umumiy jismoniy tayyorgarliklar berish

3. Mashqlarni har hil usulda bajarish

4. O`quvchilarga mavzuni aniq va to`g`ri bajartirish



Dars mazmuni

Me'yori

Metodik ko`rsatma

Boshlanish qism:

Saflanish, salomlashish, jurnal bo'yicha davomatni aniqlash, darsda kasal bor – yo'qligini aniqlash, dars maqsadi. O'tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish, yangi mavzuni bayon qilish. Insonningichkiorganlariuningharakatlaribilano'zaroaloqadordir. Harakatvaqtidaodamningyuraktomiriningurishioshadi, nafasolishitezlashadi, buesaovqathazmbo'lishigavaqonaylanishitarmog'igaijobiyta 'sirqiladi. Nafasolishuchxilbo'ladi: ko'krakqafasiyokiqovurg'abilanqorinyokidiafragmalihamdaaralashnafasolish. Nafasolishqoidasi: nafasolishvachiqarishburunorqalituvushsiz, birtekisdaortiqchazo'riqmasdansodirboiishikerak; • nafaschiqarishnafasolishganisbatanuzoqroqdavometishikerak; • nafasolishhisobiga – nafaschiqarish; • 3 – sanoqdanafasolish, 3 – sanoqda – nafaschiqarish; • 4 – sanoqdanafasolish, • 5 – sanoqdachiqarish, 6 – sanoqqachadavometadi. Mushaqlarishbajarayotgandaharakatfazalarigamoslabnafasolinishikerak: nafasolish – mushaklarhamishgasolingandavako'krakqafasikengayganda, nafaschiqarishesamushaklaranchatarangtortilganvaqtdavako'krakqafasiniqisadiganharakatbajarilayotganchog'dasodirbo'lishikerak. Turganjoydaburilishlar, yurish, yengilyugurish, nafasnirostlovchimashqlar, URMvaMRM,



5 daqiqa

Safda to'g'ri turish

qoidasini

tushuntirish


Yurish, yurishdan asta – bilan yugurish, o'ng yon bilan yugurish, sekinlik chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish. Tizzalarni baland ko'tarib yugurish, Maydon bo'ylab asta – sekin yugurishdan yurishga o'tish va burundan nafas olib og'izdan chiqarish, guruhga bo'linish yoki doira hosil qilib turish.

1. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo`llar belda, boshni o'ng tarafdan 4 – marta, chap tarafdan 4 – marta aylantirish.

2. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, qo'llar elkada, qo'llarni oldiga 4 – marta, orqaga 4 – marta aylantirish

3. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, o'ng qo'l yuqorida, chap qo'l pastda 1 – 2 qo'llar orqga tortiladi, 3 – 4 qo'llar almashtiriladi va orqaga tortiladi.

4. d.h. Qo'llar ko'krak oldida, 1 – 2 – qo'llar qisqa yoziladi, 3 – 4 – qo'llar to'liq yoziladi o'ngga va chapga qayrilib bajarish.

5. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo'llar belda, belni 4 – marta o'nga, 4 marta chapga aylantirish.

6. d.h. Qo'llar yonga uzatilib, oyoqlar yelka kengligida qo'yiladi, 1 deganda gavdani chap tomonga egish, 2 deganda dastlabki holatga qaytish, 3 o'ng tomonga egilish, 4 dastlabki holat.

7. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, 1 – o'ng qo'lni chap oyoq uchiga tegizamiz, 2-d.h., 3 – chap qo'lni o'ng oyoqqa tegizamiz. D.H

8. d.h. Oyoqlarni kengroq qo'yiladi, 1 – o'ng oyoqqa 2 – o'rtaga 3 – chap oyoqqa oldinga engashiladi, 4-d.h.

9. d.h. Oyoqlar juftlashtiramiz 1 – qo'llarni yuqoriga ko'taramiz, 2 – oldinga engashamiz, 3 – o'tiramiz.

10. Qo'llar belda oyoqlar yelka kengligida, ikki oyoqda sakrash, so'ngra yurishga o'tish.

Qayta saflanish.


10 daqiqa


4-8 marta


4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta

4-8 marta


4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta

O'qituvchi ko'rsatmasi bilan

mashqlar ketma – ket o'rtacha suratda bajariladi.

Boshni bo'sh qo'yib asta – sekinlik bilan aylantirish.

Qo'llarni yelkaga qo'yib, oldiga va orqaga to'g'ri aylantirish.

Mashqni bajarish davomida

hamma bir tarafdan bajarishi kerak


Qo'llarni yuqoriga ko'targanda oyoq uchiga ko'tarilish, oldinga engashishda tizzani bukmaslik lozim.

Mashqni bajarishda tizzani

bukmaslik kerak.

Mashqni to'g'ri va aniq

bajarish kerak.

Yonma – yon qator bo'lib

Turish


Asosiyqism.

O`quvchilarni bir qatorga saflab yangi dars mazmuni bilan tanishtirish.O`quvchilarni ikki guruhga bo`lish.

O`qituvchi tomonidan o`quvchilarga qanday va qay usulda yugirish haqida tushuntirdi.

-Kross yugirish yuqori startda turishdan boshlanadi.Mosafada yugirish texnikasining asosiy shartidir

-Kross yugurishda ayoq kaftini to’liq quyish bilan yugirish alohida turib ayoq kaftining oldingi qismini qo’yish bilan asta –sekin masofaning ayrim bo’lakchasini qo’shib yugiriladi.

-kross tayyorgarligi darsning 4-5 mashg’ulotin bilan birga qo’shib o’tkazish yaxshi yoki butun kross tayyorgarligi darsiga bag’ishlash ham mumkin.

-mashqlar ketma-ketlikda bajariladi:yurish,yengil yugurish,umumiy ta’sir ko’rsatishdir.



Ushbu mashqlar o`qituvchi nazoratidan chetda qolmagan holda qa`tiy nazorat ostida amalga oshirilishi lozim

20 – 25 minut




Yakunlovchiqism.

O`quvchilargadarsyakunlanganligihaqidaaytibnafasrostlovchimashqlarberibyurakurishlarinisekinlashtirishvahatokamchiliklariniaytibbirmabirchaqiribdarsdaa`lovayahshiqatnashganbajargano`quvchilargabahoqo`yishuygatopshiriqvavazifaberibhayrlashish

Butun dars mobaynida o`quvchilarni kuzatish va epchil chaqqon o`quvchilarni ro`yhatga olish


3 – 5 minut





O`quv – tarbiya ishlari

bo`yicha direktor o`rinbosari: ____________________

4 – topshiriq: Dars tahlili varaqasini to‘ldirish (kasbiy faoliyat olib boruvchi ish joyidagi pedagoglar darsini tahlil qilish):

DARS TAHLILI VARAQASI

«10_»10 .2020 yil

Dars beruvchi o‘qituvchi __

Sinf yoki guruhi 6-b

Fan Jismoniy tarbiya jurnaldagi o‘quvchilar soni _28 shundan _25 nafari darsga qatnashdi 3 nafari yo‘q 2 _ nafari kech keldi.

Tashkiliy qism ___O’quvchilar saflandilar salomlashildi diqqatni jalb etuvchi mashiqlar berildi.Maydon bo’ylab yurish va yugurish mashiqlariga o’tildi.To’rt qatorga saflab UMRmashiqllar bajartiridi.

Darsning borishi

1. O‘tgan mavzuni takrorlash --- Basketbol to’pini ko’krakdan ikki qo’llab uzatish .Mashiqqni

Ko’rsatib tushintirib berdi. O’quvchilar birin ketin mashiqni bajarishga kirishdi.

2. Yangi mavzu ---Basketbol to’pini ikki hatlab savatga tashlash qonun qoidasini o’rgatish.

O’qituvchi basketbol to’pini ikki hatlab savatga tashlash qonun qoidasini tushuntirib ko’rsatib berdi.O’quvchilar ko’rsatilgan mashiqni birin ketin bajarishni boshladilar.

O’quvchilar xato kamchiliklarini o’rnida tushintib turdi .

Topshiriqni yaxshi bajargan o’quvchilarni raxbatlantirildi.

3. Darsda ko‘rgazmali qurol va texnika vositalaridan foydalanish ___ Mavzuni tushuntirishda

Ko’rgazmali quroldan foydalanildi.

4. Darsga tavsif (g’oyaviy - siyosiy, ilmiy - nazariy va uslubiy nuqtai nazardan, vaqt bo‘yicha to‘g’ri taqsimlanishi) _____

5. Darsning yutuqlari va kamchiliklari





Darsning yutuqlari

Darsning kamchiliklari

1

O’qituvchining sport formasi talab qilingan xollatda.

Ayrim o’quvchilar o’qituvchi tomonidan etiborsiz qolib ketdi.

2

Dars vaqtida boshlandi.

Dars zichligiga etibor berilmadi.

3

O’quvchilar sport formasi bor.

Tashkiliy qism belgilangan vaqtdan o’tib ketdi.

4

O’quvchilar darsga ishtiroki yaxshi.




6. Fanlararo aloqadorligi, turmush, tabiat, ishlab chiqarishga bog’lashi

5. Darsning yakuni

6. Uyga vazifa____ Basketbol to’pini ikki hatlab savatga tashlash qonun qoidasini o’rganib kelish.

7. O‘quvchilar sport kiyimiga e’tibori _ O’qituvchi dars boshlashdan oldin o’quvchilarga sport formasining afzalliklari to’grisida qisqacha ma’ruza o’tdi.

8. Sinf yoki sport zal tozaligiga bo‘lgan munosabati ___ Sport zal toza xolatda.

9. Xulosa va takliflar ________ O’qituvchi darsni yaxshi o’tdi.O’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlari juda kuchli. O’quvchilarni bu qiziqishlari bilan o’qituvchi kutilayotgan natijadan ortiqrogiga erishishi mumkin edi. O’qituvchi darsni borishini ,dars zichligini to’gri taqsimlaganda dars yanayam kutilayotgan natijaga erishishga yordam bo’lar edi.

10. Sinf o‘quvchilari haqida fikr __ __ O’quvchilarni sport formasi bor. O’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlari juda kuchli.

Dars kuzatuvchi: __



Dars beruvchi: ____
Download 75.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling