24-variant jami talab va taklif barqarorligini ta’minlashda davlatning roli haqidagi klassik va keyns nazariyalarining farqli jihatlari Kondratevning inqirozlar to‘g‘risidagi konsepsiyasi Javoblar: 1
Download 29.84 Kb.
|
O\'ktamov azizjon iqtisodiyot..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: 1.
24-VARIANT 1. Jami talab va taklif barqarorligini ta’minlashda davlatning roli 2. Jami talab va taklif barqarorligini ta’minlashda davlatning roli haqidagi klassik va keyns nazariyalarining farqli jihatlari 3. Kondratevning inqirozlar to‘g‘risidagi konsepsiyasi Javoblar: 1. Iqtisodiyotdagi barcha murakkab takror ishlab chiqarish aloqalari makroiqtisodiy muvozanat zaruratligini oshiradi. Makroiqtisodiy muvozanat davlatning boshqaruvi taʼsirisiz ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Bozor iqtisodiyotida bunday muvozanatni namoyon bo‘lishining muxim shakli bo‘lib, jaʼmi talab va jaʼmi taklif barqarorligi hisoblanadi. Birinchi galda obyektiv qonuniyat, yaʼni jamiyat daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanatning zarurati makrodarajada yuzaga keladi. Bu muvozanatning aniq shakli bo‘lib, jaʼmi taklif (yaratilgan YAIM) va jaʼmi talab (isteʼmol etilgan YAIM) o‘rtasidagi muvozanat hisoblanadi. Bozor mustaqil holda, davlat aralashuvisiz taʼkidlangan muvozanatni taʼminlay olmaydi. Jami talab va jami taklif o‘rtasidagi muvozanat yuzaga kelgan sharoitdagina makroiqtisodiy muvozanatga erishiladi. Jami talab va jami taklif o‘rtasidagi mutanosiblikda neʼmatlarni oldi-sotdisi, maʼlum bir muddat davomida milliy iqtisodiѐtda ishlab chiqarilgan va yakuniy isteʼmol etishga yo‘naltirilgan jamg‘arish, isteʼmol va sof eksport bilan bog‘liq jami munosabatlar yig‘indisi namoyon bo‘ladi. Bu esa tovar va xizmatlar bozori tushunchasidan xususiy bozorlar yig‘indisi (poyafzal bozori, gazlama bozori, qurilish mollari bozori, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori va b.) tushunchasini farqli ekanini bildiradi. Xususiy bozorlarda oraliq mahsulotlarning (xom ashyo, material, yoqilg'iva b.) oldi-sotdi joylari mavjud. Butun iqtisodiyot darajasida o‘zaro bog‘liqlikdagi bozorlarning (ishlab chiqarish omillari bozori, mehnat bozori, pul bozori, moliya bozori va b.) umumiy tizimida tovar va xizmatlar bozori markaziy zveno bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda jami talab va jami taklif chambarchas bog‘liqlikda uchraydi. Jami talab – bu mavjud daromadlar va narxlar darajasida talab eta olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmidir. Jami taklif – bu mavjud narxlar darajasida ishlab chiqarilgan va taklif etilgan tovar va xizmatlar umumiy miqdoridir. Jami talab – bu isteʼmol tovarlariga va xizmatlarga va investitsion tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab. Jami taklif ishlab chiqarilgan YAIM g‘a teng bo‘lib, jami talab uning isteʼmol etilgan qismidir. 2. Klassiklar jami talab va jami taklif mutanosibligini o‘zlariga xos talqin etishdi. Ular: jami taklifning o‘zgarishi unga mos jami talabni o‘zgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Set qonunida o‘z aksini topadi, yaʼni taklif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif o‘rtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning o‘rni yo‘qoladi. Tovar ishlab chiqarishning o‘sishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi. Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jamg‘arish yuzaga keladi va jamg‘arilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo‘lmaydi. Klassiklar jami talab va jami taklifga bog‘liq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu o‘rinda mehnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko‘rsatdi. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan so‘ng keynschilik nazariyasi iqtisodiѐt fanida yangi oqim sifatida yuzaga keldi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani o‘zining 1936-yilda nashrdan chiqqan “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida baѐn qilib berdi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, soha mutaxassislari orasida Keyns iqtisodiѐtga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning o‘tmishdoshlari bo‘lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler o‘zining “Ravnaq va turg‘unlik” nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamg‘arilishi bilan ѐki yetarlicha isteʼmol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari to‘g‘risida o‘z fikrlarini baѐn qildi. J.M.Klark tomonidan multiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiѐtni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda o‘tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o‘tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro‘y beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiѐtni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini eʼlon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo‘lib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni baѐn qilib berdi, bunda u o‘zigacha hukmron bo‘lgan tartiblashning mikroiqtisodiy ѐndashuvini rad etdi. Iqtisodiѐtni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o‘z ichiga oladi: birinchidan, unda o‘z-o‘zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiѐtning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jaraѐnida paydo bo‘ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiѐtni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. Keyns o‘zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo‘lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq taklif o‘z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o‘z taklifini yuzaga keltirishi g‘oyasini ilgari surdi. Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (ѐki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu mahsulot (ѐki mehnat)ni taklif qilishga bo‘lgan rag‘bati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (ѐki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab funksiyasi deb ataladi. Bu yerda shuni aytib o‘tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan so‘nggina olishlari mumkin. Kutilaѐtgan daromad va mahsulot (ѐki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab funksiyasi deb ataladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida ko‘zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilaѐtgan daromad taklif bahosidan past bo‘lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko‘zda kutilaѐtgan daromad va taklif bahosi o‘rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda bo‘ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funksiyasi bilan jami taklif funksiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funksiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. 3. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘pchilik iqtisodchilar statistik maʼlumotlar asosida narxlar va protsent stavkalarining ko‘tarilishi hamda tushishiga eʼtibor qaratishda. Keyinchalik esa u bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonlarda ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sabablarini izohlab berishga harakat qilishdi. Rus iqtisodchisi N. D. Kondratyev (1892-1938-yil) katta yuksalish asosini ishlab chiqarishga yangi texnologiya, jahon xo‘jaligiga yangi mamlakatlarning qo‘shilishi (iqtisodiy ravnaqi), oltin qazib olish hajmining o‘zgarishi, umuman, texnik taraqqiѐt, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi bilan bog‘laydi Muvozanatning tiklanishi fazasida asosiy kapitalning passiv qismi yangilanadi, o‘rta siklda esa, asosan, aktiv qismi yangilanadi. Shu bilan birga, katta sikllarning davri aniqlanadi: 1- to‘lqin 1772-1783-yillardagi depressiyadan 1812-1825-yildagi beqarorlikkacha; 2- to‘lqin 1825-1838-yillardagi depressiyadan 1866-1873-yillardagi beqarorlikkacha; 3- to‘lqin 1873-1885-yillardagi depressiyadan 1913-1929-yillardagi beqarorlikkacha; 4- to‘lqin 1929-1938-yillardagi depressiyadan 1966-1974-yillardagi beqarorlikkacha; 5- to‘lqin 1974-1982-yillardagi depressiyadan boshlangan. Bu to‘lqin, iqtisodchilarning fikricha, 2010-yillargacha davom etishi va 2010-2015-yillardan yangi 6–to‘lqin boshlanishi mumkin. Bu sikl mikroelektronika, boshqariladigan termoyadro energetikasi, gen injenerligini ishlab chiqarishga jalb etilishi bilan ajralib turadi. Download 29.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling