24-xizmat safari haqida. Reja


Download 18 Kb.
bet2/2
Sana18.09.2023
Hajmi18 Kb.
#1680816
1   2
Bog'liq
24-mavzu o\'zbek tili

Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap; bogʻlangan qoʻshma gap; ergashgan qoʻshma gap
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Qo‘ma gaplar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrinsa-da, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“ (Oybek)
1-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Donolarning salomatlik haqidagi fikrlarini yod oling.
1. Jismoniy mashqlar bilan doimo mo‘tadil shug‘ullanib borgan kishi hech qanday davoga muhtoj bo‘lmaydi. (Ibn Sino ). 2. Odamning salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog‘langan.


(Ibn Sino). 3. Agar havoda chang va tuman bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo’lardi. (Ibn Sino). 4. Olti narsa kishi yuzini o‘zgartiradi: kutilmagan shodlik, birdan kelgan g‘am, g‘azab, uyqu, mastlik va qarilik. (Kaykovus). 5.Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon, Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon. (A.Navoiy). 7. Badan rohati sog‘liqda, aql rohati bilimda. (Fales). 8. Kasal bo‘lmagan uncha sog‘liqning qadriga yetmaydilar. (Fuller). 9. Har bir istakning tub maqsadi - sog‘ liqdir. (At-Tabariy). 10. Isitma - shifo beruvchi jarayondir. (Kullen). 11. Men hayotda ikkita baxtsizlikni bilaman: u ham bo‘lsa vijdonsizlik va bemorlikdir. (L.N.Tolstoy). 12. Bizning xatomiz shundaki, o‘z salomatligimiz haqida faqat uni yo‘qotganimizda, ya’ni mexanizm sinib, uni tuzatish kerak bo‘lgandagina qayg‘uramiz. (K. Bikov). 13. Umringni uzaytirishni istasang, taomni kamaytir. (V. Franklin).


2-mashq. O‘qing. Atamalarni aniqlab qaysi sohaga oidligini ayting.


Valuta, depozit, budjet, lizing, marketing, menejment, kredit, kelishik, kesim, huquq, prezident, istiqlol, affiks, duet, final, ring, sinonim, dealekt, tilshunoslik, adabiyot, bank, sug‘urta.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling